Щзбекистон республикаси олий ва щрта махсус таълим вазирлиги тошкент автомобил-йщллар институти


Download 168 Kb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi168 Kb.
#1176625
  1   2   3
Bog'liq
3-LABORATORIYA MASHG`ULOTI USLUBIY KO`RSATMA


3-laboratoriya ishi


Guruhdagi detallarga tokarlik ishlov berishda sozlash o’lchamini aniqlash.


Vazifalar:

  1. Detallarni bazalash va normal moslamalarga o’rnatishdagi xatoliklarni aniqlash.

  2. Oltita nazariy tayanch nuqtalarning joylanishini va quyidagi o’rnatish holatlari uchun mahkamlash kuchining yo’nalishini aniqlash:

a) val old babka 3 quloqli patroni va ketingi babka markaziga
o’rnatilganda;
b) val 3 quloqli patronga o’rnatilganda;
v) disk 3 quloqli patronga o’rnatilganda;
g) val prizmaga o’rnatilganda;
d) plita (prizma) moslamaga o’rnatilganda.


Uslubiy ko’rsatmalar

Ishlanuvchi zagotovkalarga ishlov berishda ushlanuvchi o’lcham va geometrik elementlarning o’zaro joylashishidan fazoviy og’ish xatoliklarining kelib chiqishini bosh sabablaridan biri, uni ishlov berish uchun stanokka o’rnatish noaniqligidadir.


Ishlov berishda ushlanuvchi o’lchamning aniqligi o’rnatuv yuzalarining soniga bog’liq bo’lib, qat’iy reglamentlashtirilgan, ularning etishmovchiligi yoki ortiqchaligi o’rnatuv aniqligini buzilishiga olib keladi.
Ma’lumki, qattiq jismning fazodagi holatini to’la aniqlash uchun, uni oltita erkinlik darajasidan maxrum etish kerak: koordinata o’qlari bo’ylab uchta ilgarlanma siljishlaridan va o’sha ko’rsatilgan o’qlar atrofidagi aylanma harakatlaridan. Zagotovkalarni moslamalarga yoki stanoklarga o’rnatuv jarayonlari ularni bazalash (orientirlash) va ishlov berishda zagotovkalar holatlarining o’zgarmasligini ta’minlovchi mahkamlashdan tashkil topgan. Bazalash uchun qo’llaniluvchi zagotovkalarning sirtqi tekisliklariga, chiziqlari va nuqtalariga bazalar deb ataladi.
Tayyorlash jarayonida detallarni ishonchli bazalash ularni zarur bo’lgan kuch bilan mahkamlashni (kuchli tutashuv yaratishni) talab etadi, bu esa shunday sharoitlarda bo’lishi mumkin:
1. Ishlov berish jarayonida hosil bo’luvchi kuchlar va ularning momentlaridan ortiqroq bo’lgan kuchlar va ularning momentlari bilan detal holatini buzuvchi kuchli tutashuv bajarilgan holda.
2. Кuchli tutashuv. kuchli tutashuvni buzuvchi kuchlar va ularning momentlari paydo bo’lishidan avvalroq sodir bo’lgan sharoitda.
Кuchli tutashuvda detallar deformatsiyalanish imkoniga ega bo’lib, o’rnatishga xatolik kiritadi.
Кo’rinib turibdiki, zagotovkalar to’plamini ishlash aniqligi qisqichda (tiski), patronda, markazlarda va sh.o’. moslamalarda ishlanganida bir xilda bo’lavermaydi. Masalan, zagotovkalarni sangaga o’rnatib mahkamlab qisilsa «oldinga siljish» hosil bo’lib, qisilishdan bo’shatilsa o’z asliga «qaytuv siljish» holatlari yuz beradi va boshqalar, bular esa zagotovkalarni o’z o’qi bo’ylab surilib qolishiga sababchi bo’ladi; zagotovkalarni uch quloqli markazlashuvchi patronda qisilganda ham shunga o’xshash quloqlarning bir qancha doimiy bo’lmagan radial siljitishlarda hamda patronning oldingi devorining elastik deformatsiyalanishi natijasida o’q bo’ylab, o’rnatish xatoligi o’ringa ega bo’ladi.
Zagotovkalarni mashina qisqichlarida mahkamlanganda, mahkamlash xatoligini kelib chiqishiga sabab zagotovka va qisqichlar elementlarini qisishidan hosil bo’luvchi elastik deformatsiyalaridir.
O’rnatuv xatoligi detallarni moslamaga o’rnatishda paydo bo’lib, bazalash xatoligi Eb mahkamlash xatoligi Em va moslama noaniqligidan kelib chiquvchi zagotovkaning holat xatoligi Emos larni qo’shishda hosil bo’ladi.

Eu = Eb+Em + Emos


Bu yerda: Eo – o’rnatuv xatoligi;
Ebbazalash xatoligi;
Em – mahkamlash xatoligi;
Emos – zagotovkani moslamadagi holat xatoligi.

Detalni moslamada o’rnatish sxemasi keskich asbobga nisbatan detalning bazalanish yuzalarining holatini aniqlashni ko’zda tutadi. Hususan, 1-rasmda detalni o’rnatish sxemasi ishlanuvchi yuza a-ni moslamaning o’rnatuv elementlaridan x masofada joylashishni ko’zda tutadi. Biroq, ishlanuvchi detal mahkamlanishida ayrim sabablarga ko’ra ko’zda tutilgan o’rnatish sxemasidan farq qiluvchi holatni egallashi mumkin.


Bu sabablarga quyidagilar kiradi.:
1). Ishlanuvchi detallar va moslamalarning bazalashtiriluvchi yuzalarining shakl noaniqligi;
2). Detallarni va moslamalarni mahkamlashda bazalashtiriluvchi sirtlarining yuza qatlamlarining deformatsiyalanishi;
3). Mahkamlashda detallarning surilishi (detallarning bazalashtiriluvchi yuzalarining moslama bazalovchi elementlaridan qochish).




Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling