Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 440 Kb.
bet64/75
Sana21.04.2023
Hajmi440 Kb.
#1372281
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75
Bog'liq
Iogann Cebastyan Bax ijodi.

Tayanch iboralar.


1. Realizm - san’atning voqelikni haqqoniy, ob’ektiv aks ettirishdan iborat vazifasini anglatadigan tushuncha.


2. Novella - hikoyaning bir turi.
3. Rechitativ - nutqqa yaqin bo’lgan vokal musiqa, kuylashning bir turi.
4. Xabanera - Kuba xalq qo’shig’i va raqsi.
5 .Segidilya – ispan xalq qo’shig’i va raqsi.
6 .Toreador – Ispaniyadagi xalq tomoshasi – buqalar jangida qatnashuvchi kishi.
Nazorat savollari.

1. Bize qanday asarlar yozgan?


2. Bize musiqasi nima uchun mashhur?
3. "Karmen" operasi kimning asari asosida yozilgan?


Topshiriqlar.

1. Ma’ruza matni asosida konspekt yozing.


2. "Karmen" operasidan eng mashhur musiqiy mavzularni yodlang.


Adabiyotlar.

1. Bruk M. «Bize». M. 1969 g.


2. Druskin M. Istoriya zarubejnoy muziki. vipusk 4. M1983 g.


Mavzu: Edvard Grig ijodi
(1843-1907).


Rejasi:



  1. E. Grig ijodiga xarakteristika.

  2. «Per Gyunt» nomli simfonik syuita.



Bayoni:

Edvard Grig XIX-asrda yashab ijod qilgan buyuk norvegiyalik kompozitor, Norvegiya musiqasining klassigidir. U o’z ijodiy yutuqlari bilan Norvegiya musiqa madanyatini boshqa Yevropa mamlakatlarining ilg’or musiqa madaniyatlari bilan bir qatorga qo’ydi. Grig ijodining mazmuni Norvegiya xalqining hayoti, turmushining turli tomonlari va qadrdon ona tabiatining obrazlari bilan uzviy bog’liq. Kompozitor asarlarida samimiyat bilan butun jahonga o’z xalqining turmushi, o’ylari, quvonchi va qayg’usi haqida so’zlab berdi.


Grig ijodi Norvegiya milliy musiqasi bilan chambarchas bog’liq. Xalq musiqasining o’ziga xos xususiyatlari Grigning yorqin, o’ziga xos uslubini belgiladi. «Men Norvegiya ruhining bitmas-tuganmas sarchashmasi bo’lgan xalq kuylaridan juda ko’p narsa o’rgandim va bu xazinadan milliy san’at yaratishga harakat qildim»,-degan edi kompozitor. Bu san’atni yaratgan Grig Norvegiya klassik musiqasining asoschisi, uning asarlari esa jahon musiqa madaniyatining durdonalariga aylandi.
Grig ijodi juda katta va serqirradir. U turli xil janrlarda asarlar yozgan. Fortepiano kontserti va Ballada, skripka va fortepiano uchun uchta sonata, violonchel va fortepiano uchun sonata, kvartet kabi asarlar kompozitorning yirik shaklli asarlar yaratishga qiziqqanligini ko’rsatadi. Shu bilan birga Grig kichik shaklli asarlar - cholg’u miniatyuralari yaratishga ham alohida e’tibor bergan. «She’riy manzaralar», «Albomdan varaqlar», «Lirik pesalar» nomli turkumlari bunga misoldir. Bu fortepiano miniatyuralari bilan bir qatorda yaratilgan vokal miniatyuralari - qo’shiq va romanslar soni 125 ta. Grigning simfonik orkestr uchun yozgan «Per Gyunt» va «Xolberg davridan» nomli syuitalari kompozitorning shoh asarlari hisoblanadi. Xalq qo’shiq va raqslarini qayta ishlab ular asosida pesalar yaratish – Grig ijodining muhim tomonlaridan biridir. «Norvegiya raqslari» va «Simfonik pesalar» nomli pesalar to’plami bunday ijodning namunasidir.
Grig asarlarining mavzusi ham xilma-xildir. Xalq hayoti manzaralari va ona tabiat manzaralari, xalq fontastika obrazlari, inson va uning boy ichki dunyosi kompozitor ijodining doimiy mavzularidir. Grig asarlari qaysi mavzuda yozilganligidan qat’iy nazar chuqur lirik ruh bilan sug’orilgan. Grig asarlarida musiqiy obrazlar aniq ifodalangan. Shuning uchun asarlardagi programmalilik xususiyatining ahamiyati katta. Norvegiya qo’shiq va raqslari Grig ijodiga asos bo’lgan. Ularning lad, intonacion va ritmik xususiyatlari kompozitor asarlarida tadbiq qilingan.



Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling