Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
To’qqizinchi simfoniya "Yangi Olamdan"
Download 440 Kb.
|
Iogann Cebastyan Bax ijodi.
To’qqizinchi simfoniya "Yangi Olamdan".
Bu simfoniyani Dvorjak "beshinchi simfoniya" deb hisoblar edi. Chunki dastlabki to’rtta simfoniyasi kompozitorni qoniqtirmas, ularni sifatsiz asarlar deb hisoblagan va beshinchi simfoniyani birinchi deb raqamlagan. Shuning uchun to’qqizinchi simfoniya bahzan beshinchi deb ham yuritiladi. 1892 yilda Dvorjak AQShga ishga taklif qilingan va uch yil davomida Ng’yu-York konservatoriyasiga direktorlik va Ng’yu-York filarmoniyasi orkestriga dirijyorlik qilgan. U AQSh musiqiy tahlimi tizimini butunlay qayta ko’rib chiqqan va dirijyor sifatida jo’da ko’p kontsertlar berib AQSh musiqa madaniyatining rivojlanishiga juda katta hissa qo’shgan. To’qqizinchi simfoniya 1893 yilda yozilgan va kompozitor bu asarni "Yangi Olamdan" deb atagan. To’qqizinchi simfoniyada Dvorjakning AQSh tabiati, shehriyati va xalqlari musiqasidan olgan taassurotlari aks ettirilgan. Kompozitor amerikalik xindilar va negr xalqlari hayotini diqqat bilan o’rgandi. Amerikalik shoir Genri Longfelloning "Gayavata haqida qo’shiq" nomli poemasini o’qib chiqdi. Unda turli xindi qabilalarining afsonalari haqida mahlumotlar berilgan edi. Dvorjak qora tanli xalqlar musiqasiga katta etibor berdi. Ayniqsa spirichuels nomli qo’shiqlar unda katta taasurot qoldirdi. "Agar Amerikani ko’rmaganimda bu simfoniyani xech qachon yozolmasdim",-degan edi kompozitor. Ammo bu simfoniya ham, Amerikada yaratilgan boshqa asarlar ham Amerika musiqa madaniyatiga tegishli emas. Kompozitorning: "Qayerda ijod qilmayin, Amerika yoki Angliyadami, men faqat chex musiqasini yaratganman", - degan so’zlari buni tasdiqlaydi. Haqiqatdan ham simfoniya musiqasida amerika xalqlari musiqiy folklariga xos xususiyatlar sezilsada, chex milliy ruhi, chex intonaciyalari va ritmlari asosiy o’rinni egallagan. Vatan haqida o’ylar, uni sog’inish, jo’shqin his-tuyg’ular, shiddatli kurash, qahramonona chaqiriq simfoniyaning qisqacha mazmunini ifodalaydi. Simfoniya mi minor tonalligida yozilgan bo’lib to’rt qismdan iborat. Birinchi qism anhanaviy sonata allegrosi shaklida yozilgan. Fojiali xarakterdagi kirish mavzusi bilan simfoniya boshlanadi. Tez chalinadigan bosh mavzuda ikki obraz tasvirlangan. Biri valtornalar ijrosidagi kurashga chaqiruvchi obraz -simfoniya leytmotivi hisoblanadi. Ikkinchi obraz xalq raqsini ifodalaydi. Uni klarnet va fagotlar ijro etadi. Yordamchi mavzu ham chex xalq raqsi – polkani eslatadi. Unda xalq cholg’u sozlari ijrosiga xos xususiyatlarni sezish mumkin. Yakuniy mavzu juda chiroyli kuy asosida yozilgan. Undagi sinkopalar va pentatonikaga xos xususiyat negr xalq qo’shiqlari-spirichuelslarni eslatadi. Rivojlov bo’limi dramatik xarakterga ega. Orttirilgan intervallar, keskin garmoniyalar, turli xarakterdagi mavzularning qarama-qarshi qo’yilishi dramatizmni kuchaytiradi. Simfoniyaning ikkinchi qismi musiqasi amerikalik shoir Genri Longfelloning "Gayavata haqida qo’shiq" nomli poemasi ta’sirida yozilgan. Kompozitor bu qismni dastlab "Afsona" deb atamoqchi bo’lgan. Juda chiroyli asosiy mavzuda slavyan qo’shiqlari va negr saprichuelslariga xos xususiyatlar uyg’unlashib ketgan. Bu qismda kompozitor o’ziga qadrdon Chexiya tabiati manzarasini ham mahorat bilan tasvirlagan. Uchinchi qism Skerco musiqasida ham Dvorjak chex xalqining hayoti, bayramlari va tabiat manzaralarini ifodalab bergan. Simfoniyaning to’rtinchi qismi-final birinchi qism musiqasi kabi sonata allegrosi shaklida yozilgan. Bosh mavzu dadil, shijoatli xarakterda bo’lib o’rta asrlarda vatan ozodligi uchun kurashgan guschilarning jangovar qo’shiqlarini eslatadi. Yordamchi mavzu o’ychan, lirik kayfiyatda. Bu mavzu butun simfoniyadagi eng go’zal qo’shiq ruhidagi mavzudir. Yakuniy mavzu yana tinglovchiga chex xalq raqslarini eslatadi. Rivojlov bo’limida bosh mavzu qayta ishlanadi va turli variantlarda takrorlanadi. Shuningdek birinchi qismning bosh mavzusi va ikkinchi qismning asosiy mavzusi ham takrorlanadi. Dvorjakning "Yangi Olamdan" deb ataluvchi to’qqizinchi simfoniyasi uning eng mukammal, sifatli va mashhur asaridir. Musiqaning dramatik xususiyati jihatidan bu simfoniya I.Bramsning To’rtinchi, P.I.Chaykovskiyning Beshinchi va Oltinchi simfoniyalariga yaqin turadi. Ammo bu asarlarni solishtirganda Dvorjak simfoniyasida qahramonlik va vatanparvarlik mavzusi kengroq aks ettirilganligini ko’rish mumkin. Download 440 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling