Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
Download 440 Kb.
|
Iogann Cebastyan Bax ijodi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
- Topshiriqlar.
- Adabiyotlar.
Tayanch iboralar.
1. Syujet - frantsuzcha so’z. "Mazmun" degan ma’noni beradi. Asardagi voqea va hodisalar haqidagi bayonning borishi. 2. Dramatizm - grekcha so’zdan olingan. Jiddiylik, tanglik, keskinlik, qattiq kurash. 3. Tragediya - grekcha so’z. "Fojia" degan ma’noni beradi. Oxiri fojia bilan tugaydigan asar. 4. Premera - frantsuzcha so’z. "Birinchi" degan ma’noni bildiradi. Asarni birinchi marta namoyish qilish. Leytmotiv - musiqa asarida biror obraz, predmet, hodisa yoki tushunchani ifodalovchi, tez-tez takrorlanib turuvchi qisqa kuy. Nazorat savollari. Verdi qaysi janrda ijod qilgan? Verdining Shekspir asarlari asosida yaratgan operalarini sanab bering. Verdi operalariga qanaqa xususiyatlar xos? Verdining tanqidiy realizm ruhidagi asarlarini sanab bering. Topshiriqlar. Ma’ruza matni asosida konspekt yozing. Verdining opera yozish uslubiga xos xususiyatlarni sanab bering. "Rigoletto" operasidan musiqiy mavzularni yod oling. Adabiyotlar. 1. Solovcova L. «Verdi». M. 1966 g. 2. Ordjonikidze G. Operi Verdi po Shekspiru. M. 1976 g. 3. Druskin M. Istoriya zarubejnoy muziki. T-4. M. 1983 g. Mavzu: Jorj Bize ijodi (1838-1875) Rejasi: 1. J. Bize ijodiga xarakteristika 2. «Karmen» operasi Bayoni: Jorj Bize 19-asrning ikkinchi yarmida yashab ijod qilgan buyuk Frantsuz kompozitori va fortepiano ijrochisidir. Uning ijodi 19 asr frantsuz musiqasidagi realizmning cho’qqisi hisoblanadi. Jorj Bize 1838 yilda Parijda tug’ildi. Uning onasi unda adabiyot va san’atga, ashula o’qituvchisi bo’lgan otasi musiqaga qiziqish uyg’otdi. Besh yoshli Jorj o’zining ajoyib musiqiy qobiliyati bilan hammani hayratda qoldirdi O’n yoshga kirganda Parij konservatoriyasiga o’qishga kirdi. O’qish davrida o’zining zo’r pianinochilik iste’dodi bilan tanildi. Bize kompoziciya bilan shug’ullandi va qisqa muddat ichida bir qator ajoyib asarlar yaratdi. Uning bu asarlari mukofotlarga sazovor bo’ldi. Bize kompozitorlik mahoratini oshirish uchun Italiyaga sayohat qiladi. Uch yil u erda o’qib vataniga qaytib kelganidan so’ng kantatalar, simfoniyalar, operalar, fortepiano asarlari va romanslar kabi ajoyib asarlar yaratdi. «Karmen», «Marvarid qidiruvchilar», «Jamila» operalari Bizening eng mashhur asarlaridir. Kompozitor o’z asarlarida hayotni haqqoniy aks ettirishga intildi. Oddiy xalq, jasur, sofdil, oliyjanob kishilar Bize operalarining qahramonlaridir. Operalarda xalq turmushini aks ettiruvchi sahnalar katta o’rin egalaydi. Shuning uchun ularda xorlar va raqslar juda ko’p. Bize xalq musiqiy ijodini samimiy sevardi va o’z asarlarida xalq musiqasi namunalaridan keng foydalanardi. Bizening operalarida frantsuz, ispan, shotland va arab xalqlarining kuylari yangraydi. Jorj Bizening musiqasi o’zining kuychanligi, samimiyligi, tahsirchanligi va dilraboligi bilan jahondagi barcha tnglovchilarni xayratda qoldirdi. Musiqiy fikrning aniqligi va tushunarliligi, ifoda vositalarining yangiligi va o’ziga xosligi, musiqiy shaklning soddaligi va tugalligi Bizening barcha asarlariga xos xususiyatdir. Afsuski kompozitor hayotligida uning ijodi qadrlanmadi. Burjua jamiyatiga Bizening realistik ruhdagi asarlari yoqmadi. Yuqori jamiyat vakillari kompozitorni har xil yo’llar bilan kamsitdilar, matbuotda uning ijodini asossiz ravishda qoraladilar. Bize asarlarining ijro etilishiga to’sqinlik qilindi va Karmen" operasi Parij opera teatri repertuaridan chiqarib tashlandi. Bu ruhiy azoblarga chidolmagan kompozitor o’ttiz olti yoshida vafot etdi. Ammo tez orada Bize ijodiga bo’lgan qiziqish qaytadan boshlandi. Uning asarlari butun jahonda tan olindi. Umrbokiy asarlardan biri bo’lgan "Karmen"operasi dunyodagi barcha opera teatrlari repertuaridan munosib joy oldi. Download 440 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling