Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
Download 0.59 Mb.
|
yakubov. xorijiy mus.adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
- Mavzu: Musiqa san’atida klassitsizm oqimi. Rejasi.
Tayanch iboralar.
1. Dramaturgiya - musiqiy sahnaviy janrlarda (opera, balet, operetta) dramatik voqeani ifodalash vositalari va usullari tizimi. 2. Elizium – qadimgi greklar tasavvurida o’liklar saltanatidagi ajoyib tabiat manzaralari. Bu bog’ va dalalarda o’lgan kishilarning ruhi sayr qilib yuradi. Nazorat savollari. 1. Nima uchun "Orfey" operasi musiqa san’ati tarixida o’ziga xos o’rin tutadi? 2. "Orfey" operasining syujeti qaerdan olingan? 3. Mualliflar opera syujetiga qanday o’zgartirish kiritganlar? Topshiriqlar. 1.Ma’ruza matni asosida konspekt yozing. 2."Orfey"operasining eng taniqli musiqiy nomerlaridan parchalar yodlang. Adabiyotlar. 1.Levik.B. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. M 1975 g. 2.Muzikalg’no-entsiklopedicheskiy slovar.M 1990g. Mavzu: Musiqa san’atida klassitsizm oqimi. Rejasi. 1. Musiqa san’atida klassitsizm oqimi. 2. «Vena klassik maktabi» - klassitsizm oqimi rivojlanishining eng yuqori cho’qqisi. 3. Sonata - simfonik turkum - klassitsizm davrida yaratilgan yangi musiqiy shakl. Bayoni. Klassitsizm 18 asrda G’arbiy Yevropa adabiyoti va san’atida grek va rim adabiyoti va san’atiga taqlid qiluvchi oqim sifatida paydo bo’ldi. "Klassitsizm" so’zi lotincha bo’lib, "namunali" degan ma’noni bildiradi. Demak, klassitsizm antik merosga norma va ideal namuna, deb karashdan iborat uslub va yunalishdir. Klassitsizm 18 asrda adabiyot va san’atning barcha turlarida rivojlandi. 18 asrda bu oqim burjua ma’rifatparvarligi bilan aloqador bo’lib, grajdanlik ideallarini, burjua-revolyutsion intilishlarni aks ettirdi. Klassitsizm falsafiy racionalizm g’oyalariga, dunyo haqidagi oqilona qonuniyatlar, go’zal va nafis tabiat haqidagi tasavvurlarga tayanib, katta ijtimoiy mazmunni, ulug’vor, qahramonona va ahloqiy ideallarni ifodalashga intildi. Obrazlarning mantiqiy, yorqin va garmonik birligiga erishdi.Musiqa san’atida klassitsizm ayniqsa keng rivojlandi. Vena klassik maktabi - musiqadagi klassitsizm rivojlanishining eng yuqori cho’qqisidir. Vena klassik maktabi deganda uch buyuk kompozitor – Gaydn, Motsart va Betxoven ijodi nazarda tutiladi. 18 asrning ikkinchi yarmida Avstriyaning poytaxti Vena shahrida musiqa san’ati juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Vena ko’p millatli shahar bo’lib, unda turli xalqlar musiqasi doim yangrab turar edi. Shu davrda bu shahar Yevropa musiqa madaniyatining markazi hisoblanar edi. Venada yashab ijod qilgan Gaydn, Motsart va Betxoven ijodida klassitsizm oqimi rivojlanishning eng yuqori cho’qqisiga etdi. Quvonch va tashvishlarga to’la hayot, insonning ichki dunyosi, xalq hayotidan olingan lavhalar va tabiat manzaralari bu kompozitorlar asarlarida o’ziga xos tarzda ko’rsatib berilgan. Gaydn, Motsart va Betxoven asarlarida doim shakl va mazmunning estetik birligini kuzatish mumkin. Bunda bosh omil doimo mazmun bo’lib, shakl uni yoritishga hizmat qiladigan vositadir. Chiroyli kuylar yaratish va garmoniyaning nihoyatda go’zal bo’lishiga erishish – Vena klassik kompozitorlariga xosdir. Klassitsizm davrida musiqa yozish uslubi o’zgarib polifoniya (ko’p ovozli) uslubi o’rniga gomofon-garmonik uslub (kuy va garmoniya) rivojlandi. Klassik kompozitorlar asosan gomofon-garmonik uslubda asarlar yozgan bo’lsalarda, ko’p ovozli uslub ular uchun asosiy ifoda vositalaridan biri bo’lib qoldi. Motsartning polifonik mahorati bunga yorqin misoldir. Gaydn tomonidan simfonik orkestrning yangi tarkibining ishlab chiqilishi nihoyatda muhim yangilik bo’ldi va bu klassik tarkib musiqa san’atining rivojlanishida katta rol o’ynadi. Klassik kompozitorlar ijodida turli kamer ansambllar trio, torli kvartet, kvintet uchun asarlar yaratildi. Yakka cholg’ulardan fortepiano uchun juda ko’p asarlar yozildi. Motsartning opera ijodi har xil turdagi opera asarlarining rivojlanishiga keng yo’l ochib berdi. Komik operalar, musiqiy dramalar, lirik operalar, ertak operalar bunga misoldir. Vena klassik maktabi kompozitorlari ijodida yuzaga kelgan muhim yangiliklardan biri – sonata-simfonik turkum va sonata shaklining yaratilishidir. Hayotiy jarayonlarning jadal sur’atlar bilan o’zgarishini aniq his qilish, bu klassik shakllarning yaratilishiga olib keldi. Yakka cholg’u sozi uchun yoziladigan sonata, simfonik orkestr uchun yoziladigan simfoniya janridagi asarlar shu shakllarda yoziladigan bo’ldi. Sonata-simfonik turkum shakli uch yoki to’rtta alohida qismlardan iborat. Uch qismli turkum quyidagi qismlardan iborat: sonatali allegro, sekin sur’atda chalinadigan qism, final. To’rt qismli turkumda sekin sur’atli qism va final o’rtasida menuet ham bo’ladi. Turkumning birinchi qismi sonatali allegro asosiy tonallikda yoziladigan bosh mavzu bilan boshlanadi. Unga butunlay boshqa obrazni ifodalovchi boshqa mavzu qarshi qo’yiladi. Uni yordamchi mavzu deyiladi. Bu ikki mavzu ko’p hollarda xarakteri bilan bir biridan farq qiladi. Yordamchi mavzu dominanta tonalligida yoziladi. Bu ikki mavzu o’rtasida bog’lovchi mavzu ham berilishi mumkin. Yordamchi mavzudan keyin yakuniy mavzu keladi. Bosh, yordamchi va yakuniy mavzular sonatali allegro shaklining birinchi bo’limi–ekspoziciyani tashkil qiladi. "Ekspoziciya" so’zi "ko’rsatish", namoyish qilish degan ma’noni beradi. Demak bu bo’limda kompozitor uchta musiqiy mavzuni namoyish qiladi. Ekspoziciya bo’limi yana bir marta takrorlanadi. Ekspoziciyadan so’ng rivojlov bo’limi boshlanadi. Bu bo’limda bosh yoki yordamchi mavzu rivojlantiriladi va qayta ishlanadi. Ba’zan ikkala mavzu ham qayta ishlanishi mumkin. Juda kam hollarda rivojlov bo’limida yangi material uchraydi. Uni epizod deyiladi. Rivojlov bo’limining asosiy xususiyati – tonallik noturg’unligidir. Qayta ishlanayotgan mavzu bir necha marta boshqa uzoq tonalliklarda beriladi. Bu noturg’unlikni hosil qiladi va rivojlov bo’limiga qizg’inlik va shiddatlilik xususiyatini beradi. Uchinchi bo’lim – reprizada ekspoziciya bo’limi takrorlanadi. "Repriza" so’zi "takrorlash", "qaytarish" degan ma’noni bildiradi. Ekspoziciya bo’limi bir oz o’zgartirilgan holda ham takrorlanishi mumkin. Ko’p hollarda repriza bo’limidan so’ng koda keladi. Uni hulosa bo’limi deb hisoblash mumkin. Bahzi hollarda kompozitorlar bosh mavzudan avval kirish mavzusini ham yozganlar. Demak, turkumning birinchi qismi sonata allegrosi shakli uch bo’limdan, ya’ni ekspoziciya, rivojlov bo’limi va repriza bo’limlaridan iborat. Turkumning ikkinchi qismi - Andante. Og’ir, vazmin, lirik, falsafiy xarakterdagi musiqa xarakteri bilan birinchi qism musiqasidan farq qiladi. Bu qism turli shakllarda yozilishi mumkin. O’rta qismi farq qiluvchi uch qismli shakl yoki variaciyalar shakli ko’proq uchraydi. Ba’zan bu qism sonata shaklida ham yoziladi. Turkumning uchinchi qismi - Menuet. Menuet - keng tarqalgan raqsdir. Bu qism murakkab uch qismli shaklda yoziladi. To’rtinchi qism - Final, turkumning yakuni, hulosasidir. Final musiqasi birinchi qism kabi tez sur’atda yoziladi. Rondo shakli, variaciyalar shakli yoki sonata allegrosi shakli ham qo’llanishi mumkin. Shunday qilib sonata-simfonik turkumning barcha qismlari musiqasi turli xarakterda bo’lsa ham asarda umumiylik, yaxlitlik xususiyati sezilib turadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling