Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Mavzu: Mendelsonning simfonik ijodi


Download 0.59 Mb.
bet46/75
Sana16.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1494349
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
yakubov. xorijiy mus.adabiyoti

Mavzu: Mendelsonning simfonik ijodi.

Reja:

1. Mendelsonning simfonik ijodiga xarakteristika.
2. «Italyancha simfoniya» va uvertyuralar.

Bayoni:



F.Mendelsonning simfonik orkestr ijrosi uchun yozgan asarlari katta etiborga loyiq. Ularning ayrimlari musiqa sanatining klassik namunalari hisoblanadi. Mendelson yaratgan beshta simfoniya orsida «Italyancha» va «Shotlandcha» simfoniyalar nihoyatda mashhur.
«Italyancha simfoniya» 1833 - yilda yozilgan. Bu asarda kompozitorning Italiyaga qilgan sayohatidan olgan taassurotlari aks ettirilgan. Juda ko’p romantik ijrdkorlarni Italiya «Uyg’onish davri muzeyi» sifatida o’ziga jalb qilgan. Mendelson esa Italiyada eng avvalo xalq musiqiy ijodidan katta taassurot oldi. Shuning uchun simfoniya musiqasida italyan musiqiy folklorining iliq, yorqin va jozibali xususiyatlari sezilib turadi. Simfoniyaning birinchi qismida quvnoq italyan xalq raqslari aks ettirilgan. Ikkinchi qismning hazin, mungli xarakterdagi musiqasi nemis xor qo’shiqchilik sanati ananalari ruhida yozilgan. Uchinchi qism—menuetning yoqimli ohanglari rohatbaxsh sifatlari bilan Motsart musiqasini eslatadi. Simfoniya finali juda tez ijro etiladigan Italyan xalq raqsi — saltarello ruhida yozilgan.
«Italyancha simfoniya» Betxovendan keyingi davrda yaratilgan simfoniyalar orasida ajoyib kuylari, go’zal garmoniyasi, kllasik shaklning aniqligi bilan ajralib turadi. Musiqani orkestr ijrosi uchun moslash bobidagi Mendelsonning noyob istedodi simfoniyaga alohida go’zallik va nafosat bag’ishlagan.
«Italncha simfoniya» Lya minor tonalligida, 1830-1842 yillar yillar davomida yaratilgan. Bu asarda ham kompozitorning Shotlandiya mamlakatiga qilgan sayohatidan olgan taassurotlari aks ettirilgan. Simfoniya musiqasi jiddiy, vazmin, g’amgin, lirik xarakteri bilan «Italyancha simfoniyadan» farq qiladi. Shotlandiyaning shimoliy tabiati, sirli ertak va afsonalari, o’ziga xos tarixi va xalqining hayoti kompozitorga shunday tasir qilgan.
Mendelson simfonik orkestr uchun yaratgan oltita uvertyura ham katta etiborga loyiq. Uvertyura janri uzoq tarixga ega bo’lib asosan opera yoki dramatik spektakl boshida ijro etilar edi. Mendelson uvertyurani programmali (dasturli) simfonik musiqaning mustaqil janriga aylantirdi. Uning Shekspir komediyasi asosida yozilgan «Yoz kechasidagi uyqu» nomli asari birinchi dasturli uvertyuradir. Uni Mendelson 1826-yilda, o’n etti yoshida yaritgan va bu asar o’sha davrdvyoq katta shuhrat qozongan. Uvertyura musiqasida yoshlikka xos beg’uborlik va jo’shqinlik, nafosat va nazokat sezilib turadi. Kuylarning go’zal va bejirimligi, orkestr ijrosining tiniq va ravshanligi, yani kompozitorning cholg’ulashtirish bobidagi mahorati musiqaga bu sifatlarni berdi. Ko’p yillar o’tgach 1841-yilda Mendelson «Yoz kechasidagi uyqu» nomli teatr spektakli uchun musiqa yozdi va o’spirinlik chog’ida yaratgan uvertyurasining musiqasini yangi asarga asos qilib oldi. Spektakl uchun yozilgan musiqa besh nomerdan iborat bo’ldi:
1. Uvertyura.
2. Skerco.
3. Intermecco.
4. Noktyurn.
5. Nikoh to’yi marshi.
«Yoz kechasidagi uyqu» asari Mendelsonni bir qismli, programmali kontsert uvertyurasi janrining asoschisi, deb hisoblashga asos beradi. Mendelsonning boshqa uvertyuralariga ham biron adabiy asar yoki tabiat manzaralaridan olingan taassurotlar mavzu bo’lib hizmat qilgan. Tabiatning go’zal manzaralari aks ettirilgan «Fingal g’ori», «Sokin dengiz va baxtli sayohat», «Go’zal Meluzina» nomli uvertyuralar mustaqil kontsert asarlaridir. Viktor Gyugo asari asosida yozilgan «Ryui-Blaz» va Jan Rasin asari asosida yaratilgan «Ataliya» nomli uvertyuralarni Mendelson teatr spektakllari uchun yozgan.
Mendelson yaratgan uvertyuralar XIX asr simfonik musiqasidagi yangi janr — bir qismli simfonik poema janrining Ferents List ijodida dunyoga kelishiga zamin yaratdi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling