Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
Download 0.59 Mb.
|
yakubov. xorijiy mus.adabiyoti
«Karnaval»
Fortepiano ijrosi uchun yozilgan «Karnaval» turkumi Shumanning shoh asari hisoblanadi. Unda kompozitorning g’oyaviy-estetik qarashlari aks ettirilgan. «Karnaval» da o’sha davr nemis musiqa san’atidagi qoloqlik va turg’unlikka (filistyorlikka) qarshi kurash g’oyasi ifodalangan. Karnaval – turli kostyumlar va niqoblar kiyib o’tkaziladigan sayil bo’lib, Shuman shu tantanali marosimda davidsbyundlerlarning filistyorlarga qarshi kurashib g’alaba qozonishini tasvirlagan. «Karnaval» turkumi yigirma bir pesadan iborat. Bu miniatyuralar mazmuni jihatdan har xil. Musiqiy portretlar, turli sahnalar, ommaviy sayil, o’yin-kulgi, tantanali yurish – bularning hammasi ko’tarinki ruh va katta mahorat bilan tasvirlab berilgan. Har bir miniatyurada kerakli obrazni aniq va ishonarli tarzda ko’rsatib beruvchi musiqa ifoda vositalari topib ishlatilgan. Sayil davomida raqs musiqasi sadolari ostida tinglovchi ko’z o’ngida turli kostyumlar va niqoblar kiygan sayil qahramonlari gavdalanadi. Bular an’anaviy Arlekin va Pero , Pantalone va Kolombina ; «Raqs tushayotgan harflar», «Kapalaklar», va boshqalar. Davidsbyundlerlarni tasvirlashga ham kompozitor alohida e’tibor bergan. Doim birga yuruvchi Florestan va Evzebiy, Shopen, Paganini, Kiarina, Estrella obrazlari mahorat bilan ko’rsatib berilgan. Evzebiy mayin va ravon ijro etiladigan, Florestan esa shiddatli va isyonkor ruhdagi kuy bilan ifodalangan. «Shopen» nomli miniatyurani yozar ekan kompozitor Shopen fortepiano musiqasiga xos bo’lgan kuychanlikka, «Paganini» pesasida esa mahoratli skripka ijrochiligiga taqlid qilgan. Hissiyotlarga to’la «Kiarina» nomli pesada Shuman o’z rafiqasi, mashhur fortepiano ijrochisi Klara Vikni tasvirlagan. «Estrella» nomli pesada esa taniqli fortepiano ijrochisi, Shumanning hamfikr do’sti Estrella Frikken obrazi ko’rsatilgan. «Karnaval» turkumining oxirgi pesasi «Davidsbyundlerlarning filistimlyanlarga qarshi yurishi» deb nomlangan. Kompozitor filistyorlarga qarshi kurashga otlangan davidsbyundlerlarning tantanali yurishini tasvirlagan. Tantanali musiqa ularning g’alabaga bo’lgan ishonchini ifodalaydi. Filistyorlarni ko’rsatish uchun Shuman qadimgi nemis xalq raqslaridan biri – «Grosfater» mavzusidan foydalandi. Bu mavzu pastki ovoz - basda qo’pol, zerikarli tarzda yangraydi. Kompozitor tema boshlanadigan joyga istehzoli tarzda «17 asr mavzusi» deb yozib qo’ygan. Davidsbyundlerlar mavzusining g’olibona ohangda yangrashi ilg’or, progressiv qarashlarning qoloqlik ustidan g’alaba qozonishini ko’rsatadi. «Karnaval» pesalar turkumi quyidagi miniatyuralardan iborat. Kirish. Pero. Arlekin. Ulug’vor vals Evzebiy. Florestan. Tannoz ayol. So’zlashish. Kapalaklar. Raqs tushayotgan harflar. Kiarina. Shopen. Estrella. Tanib qolish. Pantalone va Kolombina. Nemischa vals. Paganini. Izhor. Sayr. Pauza. Davidsbyundlerlarning filistimlyanlarga qarshi yurishi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling