Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги
Download 0.59 Mb.
|
yakubov. xorijiy mus.adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
- Adabiyotlar. 1. Druskin M. Istoriya zarubejnoy muziki M. 1983. 2. Levik B. Istoriya zapadnoevropeyskoy muziki. Vip.4 . M 1980. Mavzu: Iogannes Brams ijodi.
Tayanch iboralar.
Instrumentovka - kuyni simfonik orkestr ijrosi uchun moslash, kuyni orkestr cholg’u sozlari ijrosi uchun tarqatish. Tarjimada "cholg’ulashtirish" degan ma’noni bildiradi. Guschilar - Chex xalqini o’rta asrlarda nemis bosqinchilariga qarshi kurashga da’vat qilgan milliy qahramon - Yan Gus izdoshlari. Sinkopa - grekcha so’z "qisqartirish" degan ma’noni bildiradi. Taktda kuchli hissa bilan kuchsiz hissaning o’rni almashganda sinkopa hosil bo’ladi. Pentatonika - grekcha so’z "besh tovush" degan ma’noni bildiradi. Oktava chegarasida besh tovushdan iborat tovush sistemasi. Nazorat savollari. 1. Dvorjak qaysi janrlarda ijod qilgan? 2. Nima uchun Dvorjak chex musiqasining klassigi hisoblanadi? 3. To’qqizinchi simfoniya haqida nima deya olasiz? Topshiriqlar. Ma’ruza matni asosida konspekt yozing. Dvorjakning to’qqizinchi simfoniyasidan asosiy mavzularni yodlang. Adabiyotlar. 1. Druskin M. Istoriya zarubejnoy muziki M. 1983. 2. Levik B. Istoriya zapadnoevropeyskoy muziki. Vip.4 . M 1980. Mavzu: Iogannes Brams ijodi. (1833-1897) Rejasi: 1. Kompozitor I. Brams ijodiga xarakteristika. 2. I.Bramsning fortepiano uchun yozilgan "Venger raqslari". Bayoni: I. Brams XIX -asrning ikkinchi yarmida yashab ijod qilgan buyuk nemis kompozitoridir. Uning mazmunan juda chuqur, mahorat borasida yetuk ijodi nemis musiqa madaniyatining eng katta yutuqlaridan biri hisoblanadi. Brams romantizm davrida yashab faoliyat olib borgan bo’lsa ham, ijodida doim klassitsizm an’analariga amal qildi va bu an’analarni asarlaridagi romantizm ruhi bilan boyitdi. Ijodiy faoliyati davomida Brams nemis xalqining musiqiy merosiga katta e’tibor bergan. "Xalq qo’shiqlari –men uchun eng oliy narsa" - degan edi kompozitor. Ko’p yillar xor dirijyori bo’lib ishlagan Brams doim xalq qo’shiqlarini to’plash, qayta ishlash va targ’ib qilish bilan shug’ullandi. Shuning uchun uning asarlarida milliylik aniq sezilib turadi. Shu bilan birga Brams boshqa xalqlar musiqasiga ham katta qiziqish bilan qaragan. Ayniqsa slavyan xalqlari va venger xalq musiqasiga xos xususiyatlarni Brams asarlarida ko’p uchratish mumkin. Vatanparvar inson bo’lgan kompozitorning quydagi so’zlari nihoyatda mashhur: "Hayotimda ikki buyuk voqea yuz berdi. Birinchisi -Germaniya birlashib yagona qudratli mamlakatga aylandi, ikkinchisi - I.S.Bax asarlari to’la nashr etildi". Bu ikki voqea musiqa san’ati va madaniyatining yanada ravnaq topishiga hizmat qilishiga Brams ishonar edi. Brams o’z asarlarida inson taqdiri, ma’naviy poklik, mardlik tuyg’ularini ifodalagan. Notinchlik va hayajon uning musiqasiga xos xususiyatidir. Lirik kayfiyat, insoniylik va samimiyat Bramsning vokal ijodiga xos. Shuningdek uning asarlarida Bax uslubiga xos bo’lgan falsafiy lirikani ham aniq sezish mumkin. Brams musiqasidagi jasurlik va matonat, qahramanona ruh uning Betxoven an’analarining davomchisi ekanligini ham ko’rsatadi. Brams boshqa kompozitorlardan farqli ravishda programmali musiqani umuman yozmagan. Aniq dastur asosida musiqa yozish ijodkorning fantaziyasini chegaralab qo’yadi, deb hisoblar edi. Qo’shiqlarini hisobga olmaganda Brams xech qachon o’z asarlari uchun adabiyotdan syujet qidirmagan. Brams juda sermahsul kompozitor bo’lib ko’p janrlarda asarlar yozgan. Faqat opera, teatr bilan bog’liq boshqa janrlar va dasturli cholg’u musiqasi janrlarida ijod qilmagan. Fortepiano ijrosi uchun yozgan asarlari ko’p. Uchta sonata, to’rtta variacion turkumlar (Gendel, Shuman, Paganini mavzulariga va venger mavzusiga yozilgan variaciyalar) kichik janrdagi balladalar, rapsodiyalar, intermecco, kaprichcho kabi asarlar nihoyatda mashhur. Ikki kishi ijrosi uchun yozilgan valslar va «Venger raqslari» ham katta e’tiborga loyiq. Bramsning simfonik orkestr ijrosi uchun yaratgan to’rtta simfoniyasi, kontsertlari, kamer – cholg’u asarlari va ansambllari, 200ga yaqin qo’shiq va romanslari doim ijro etiladigan asarlardir. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling