Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 0.56 Mb.
bet4/75
Sana31.01.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1830518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Tayanch iboralar:



  1. Opera – tarjimada «ish», «mehnat» degan ma’noni beradi. Yirik sahnaviy musiqiy asar.

  2. Dekoraciya – sahnada tasvirlanayotgan voqea-hodisa o’rni va sharoitini aks ettiruvchi rasm, arxitektura inshootlari, bezaklar majmui.

  3. Libretto – opera asarining so’z teksti. Opera mazmunining qisqa bayoni.

  4. Tragediya – fojia, dramaning bir turi. Ko’pincha qahramonning halokati bilan tugaydigan fojiali asar.



Nazorat uchun savollar:



  1. Opera asari qaysi san’at turlari qo’shilishidan hosil bo’ladi?

  2. Opera asarida qanday nomerlar bor?

  3. Uvertyura nima?

  4. Ilk opera qayerda yaratigan?

Topshiriqlar:



  1. Berilgan ma’ruza asosida konspekt tayyorlang.

  2. Mustaqil ravishda operaning O’zbekistonda rivojlanishi haqida ma’lumot to’plang.

Adabiyotlar.



  1. V.Galackaya. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. M.1978

  2. K.Rozenshild. Istoriya zapadnoevropeyskoy muziki. M.1965.

Mavzu: Iogann Cebastyan Bax ijodi.
(1685-1750)


Reja:



  1. I.S.Bax-XVIII asrning buyuk kompozitori, klavesin va organ ijrochisi.

  2. I.S.Bax ijodiga xarakteristika.



Bayoni:
Iogann Sebastyan Bax – XVIII asrda yashab ijod qilgan buyuk nemis kompozitoridir. U vafot etganiga 250 yildan ortdi, ammo uning ijodiga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Afsuski hayoti davomida uning ijodiga e’tibor berilmadi. Saroyda va cherkovda organ ijrochisi, xor rahbari bo’lib ishlashga majbur bo’lgan kompozitordan yuqori jamiyat kishilari doim norozi bo’lgan. Ularga Bax asarlaridagi jiddiylik va chuqur ma’no yoqmasdi. Shuning uchun Baxni zerikarli kompozitor deb hisoblashgan. Cherkov hodimlariga esa Bax musiqasiga xos bo’lgan quvnoqlik va insoniylik yoqmasdi. Chunki ularning fikricha musiqa dahshatli va vahimali bo’lib kishilarga doim oxir zamonni eslatib turishi kerak edi.
Bax ijodiga bo’lgan qiziqish u vafot etganidan yuz yil o’tganidan so’ng boshlandi. Germaniyada uning mukammal asarlari to’plami nashr etildi. Butun dunyodagi sozandalar Bax asarlarini ijro eta boshladilar va bu asarlarning go’zalligiga va yetukligiga tan berdilar. Bax kompozitor bo’lishidan tashqari o’z davrining eng buyuk klavesin va organ ijrochisi ham edi. Germaniyaning bir necha shaharlarida u cherkovlarda organ ijrochisi bo’lib ishlagan. Bax doim ijod bilan shug’ullangan. Uning ijod yillarini uch davrga bo’lish mumkin. Shu davrlarda kompozitor o’zining ajoyib, yetuk va sermazmun asarlarini yaratgan.
1-davr: Veymar davri. Bu shaharda kompozitor 1708-1717-yillarda yashagan. Saroy sozandasi va shahar organi ijrochisi bo’lib ishlagan. Bu davrda kompozitor o’zining eng mashhur organ asarlarini yozgan. Ular chuqur ma’noli, mahorat bobida yetuk asarlardir.
2-davr: Kyoten davri. 1717-1723-yillarda Bax kichik Kyoten shahrida yashagan va shahzoda saroyida klavesin ijrochisi va orkestr rahbari bo’lib ishlagan. Shahzoda saroyida organ sozi yo’q edi, shuning uchun kompozitor bu davrda klavesin va orkestr uchun asarlar yozgan. Bax klavesin asarlari – organ asarlari bilan bir qatorda kompozitor ijodining ikkinchi cho’qqisi hisoblanadi.
3-davr: Leyptsig davri. Bu shaharda kompozitor 1723-yildan umrining oxirigacha yashagan. Shahardagi Muqaddas Foma ibodatxonasida xor rahbari va organ ijrochisi bo’lib ishladi. Bu davrda kompozitor o’zining yetuk vokal-simfonik asarlarini yaratdi va bu asarlar Bax ijodining uchinchi cho’qqisi hisoblanadi.
Baxning juda ko’p asarlari polifoniya uslubida yaratilgan. "Polifoniya" – grekcha so’z bo’lib, "ko’p ovozlilik" degan ma’noni bildiradi. Bu uslubda yaratilgan asarlarda har bir ovoz mustaqil bo’lib ovozlar soni uch, to’rt, beshta bo’lishi mumkin. Har bir ovoz ifodali bo’lib nihoyatda kuychandir.
Baxning ajoyib ko’p ovozli uslubi haqida rus kompozitori va tanqidchisi A.N.Serov shunday degan: "Bax ajoyib kuylar yaratish bobida eng buyuk kompozitordir. U faqat bir ovozni emas, balki bir necha ovozni birdaniga kuylatadi".
Bax ijodida ayniqsa fuga janri keng rivojlandi. "Fuga" so’zi lotin tilidan tarjima qilinganda "yugurish" degan ma’noni bildiradi. Musiqada fuga juda murakkab ko’p ovozli asardir. Fuga asosini musiqiy tema tashkil qiladi. Obrazli qilib aytganda bu tema urug’ bo’lib undan butun bir asar unib chiqadi. Fuga ovozlarning birida temaning berilishi bilan boshlanadi. Keyin tema boshqa ovozlarda o’tadi, ya’ni tema bir ovozda tugab ikkinchi ovozda boshlanadi, ovozdan-ovozga o’tib "yugurib" yuradi. Bax ijodida ikki va uch tema asosida yozilgan murakkab fugalar ham uchraydi.
Ko’p ovozli musiqa Bax yashagan davrdan ancha burun paydo bo’lgan. Italiya va Germaniyada bu uslubda musiqa asarlari yaratishning buyuk ustalari etishib chiqqan. Lekin aynan Bax ijodida ko’p ovozli uslub rivojlanish cho’qqisiga etdi. Shu bilan birga uning ijodida o’sha davr uchun yangi bo’lgan -"gomofoniya" uslubiga xos xususiyatlar seziladi. Ko’p ovozli uslub - polifoniyadan farqli ravishda gomofoniya uslubida bitta ovoz asosiy bo’lib, qolgan ovozlar unga bo’ysunadi, ya’ni jo’r bo’ladi.

Bax ijodi musiqa san’ati tarixidagi eng noyob, eng buyuk hodisalardan biridir. Uning yetuk, umrboqiy asarlari qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarga to’la. Ular abadiy, zavol bilmas umumbashariy va umuminsoniy tuyg’ularni badiiy go’zal va falsafiy teran aks ettirilganligi bilan ajralib turadi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling