Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 0.56 Mb.
bet9/75
Sana31.01.2024
Hajmi0.56 Mb.
#1830518
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
Bog'liq
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Xoral prelyudiyalari.

Bax ijodiy yuli davomida yaratgan 150 dan ortiq xoral prelyudiyalari kompozitor organ ijodining muhim bir tomonidir. Xoral prelyudiyalarining ko’pchiligi qisqa asarlar bo’lib musiqa asosan lirik xarakterda. Lirik obrazlarni ko’rsatishga ko’proq e’tibor bergan holda kompozitor quvnoq kayfiyatdagi prelyudiyalarni ham yozgan. Xoral - nemis xalq kuylari asosida yaratilgan diniy qo’shiqlar bo’lib to’rt ovozda kuylanar edi. Protestant xorallari bunga misoldir. Xalq qo’shiq va kuylari asosida yozilgan xorallarning cherkovda ijro etilishi xalq kuylaridagi go’zallik va yorqinlik xususiyatlarini pasaytirdi. Bax o’z xoral prelyudiyalari bilan bu kuylarga avvalgi go’zallik va ifodalilik sifatlarini qaytardi.




Tayanch iboralar:

1. Tokkata - italyancha so’z "zarb", "zarba" degan ma’noni beradi. Asosan, klavishli cholg’u sozlari uchun yoziladigan, ijrosi katta mahorat talab qiladigan pesa.




Nazorat savollari.

1. Organ cholg’u sozining tuzilishi qanaqa?


2. Baxning qaysi organ asarlarini bilasiz?
3. Xoral nima?


Topshiriqlar.

1. Berilgan mavzu bo’yicha konspekt yozing.


2. Tokkata va fuga (re minor) asaridagi asosiy musiqiy mavzularni chalishni o’rganing.


Adabiyotlar.

1. I.Proxorova. Muzikalnaya literatura zarubejnix stran.M.1985.


2. G.Xubov."Bax".M.1970.


Mavzu: I.S. Baxning vokal ijodi


Rejasi:



  1. I.S.Baxning vokal asarlariga xarakteristika.

  2. Si minor messasi.



Bayoni:

I. S. Baxning cholg’u musiqasi bilan bir qatorda vokal ijodi ham muhim va salmoqli bo’lib, katta e’tiborga loyiq. Vokal musiqasi deganda kuylash uchun yaratilgan asarlar tushuniladi. Bunday asar ijrochilar tarkibiga ko’ra yakka, ansambl yoki xor asarlari bo’lishi mumkin. Bax butun ijodiy yo’li davomida vokal asarlar yozgan. Lekin bu soxaga asosiy e’tiborni ijodining uchinchi davri - Leyptsig davrida qaratgan. Xor, orkestr va yakkaxon qo’shiqchilar ijrosi uchun yozilgan kantatalar, passionlar va messalar Bax vokal ijodining asosiy janrlaridir. Bu asarlarning ko’pchiligi diniy mavzularda yozilgan. Kompozitor cherkov sozandasi bo’lib ishlagani uchun juda ko’p hollarda diniy asarlar yozishiga to’g’ri kelgan. Ular doim ibodat paytida cherkovda ijro etilgan. Bax ijodida dunyoviy mazmundagi vokal asarlar ham bor. "Dehqoncha kantata", "Kofe kantatasi" va boshqa asarlar bunga misoldir.


Kantata vokal musiqaning asosiy janrlaridan biri bo’lib, bir necha qismdan iborat bo’ladi. Agar mazmun diniy bo’lsa, tekst sifatida diniy duolar ishlatilgan. Agar mazmun diniy bo’lmasa, unda shoirlar she’rlaridan foydalanilgan. Bax 300 dan ortiq kantatalar yozgan.
Passionlar juda katta, monumental asarlar bo’lib ularda Injilda ko’rsatilgan voqealar - Isoning so’nggi kunlari, qamoqqa olinishi, azoblari va qatl etilishi tasvirlangan. "Passion" so’zi lotincha bo’lib, tarjimada "azoblar" degan ma’noni bildiradi. Bu juda katta asarlarni uchta xor (uchinchisi bolalar xori), ikkita orkestr, ikkita organ, yakkaxon qo’shiqchilar va cholg’uchilar ijro etadi. Bax ijodiy yo’li davomida 4 ta passion yaratgan.
Messa ham passionlar kabi juda katta asar bo’lib katolik cherkovida kunduzgi ibodat paytida ijro etilgan. Messalar xristian dinining lotin tilidagi duolari asosida yozilgan. Bu duolarga musiqa bastalangan. Qoidaga ko’ra messalar juda katta olti qismdan iborat bo’lgan. Bu katta qismlar nomlari duolarning birinchi so’zlaridan kelib chiqqan. Masalan messalardagi qismlar nomi quydagicha bo’lgan:

  1. "Kirie eleyson" (Xudo kechir gunohimizni)

  2. "Gloriya" (Shukrlar bo’lsin)

  3. "Kredo" (Ishonaman)

  4. "Sanktus" (Muqaddas)

  5. "Benediktus" (Xudo yarlaqagan)

  6. "Agnus dey" (Muqaddas Agnus).


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling