26
7.3. Transport vositalarining ekologik xavfsizligini aniqlash.
Ishning maqsadi. Transport vositalarining ekologik
xavfsizligini baholashni
o’rganish.
Topshiriq. 1. Transport vositalarning ekologik
xavfsizligini aniqlashda
qo’llaniladigan asbos va uskunalar bilan tanishish.
2. Chiqindi gazlar va qurumning konsentratsiyasini aniqash.
Ishni bajarish joyi. Toshkent sh. IIBB YHXBga qarashli Diagnostika markazi.
Ishlatiladigan asbob uskunalar: Gazni tahlil qiluvchi va tutunni o’lchash asbobi.
Uslubiy ko’rsatmalar
Transport
vositalarining
atrof-muhitga
undan
foydalanish
davrida
chiqadigan har xil zaharli chiqindilar: is gazi (SO), uglevodlar (SNx), azot
oksidlari (NOx),
qattiq zarrachalar, oltingugurt oksidlari (SOx)
miqdorini
aniqlanadi.
Yuqoridagi chiqindi gazlardan eng zaharlisi karbyuratorli
dvigatel uchun is
gazi (SO) va dizelli dvigatellar uchun esa «qurum» miqdori qisoblanadi. Ularning
miqdorini quyidagicha aniqlanadi. SO ning miqdorini aniqlashda asosan infraqizil
spektroskopiya (IKS) usulidan foydalaniladi. Bu usul 4,7
mkm uzunlikdagi
infraqizil nurlanishlarni selektiv yutishga asoslanga bo’lib o’lchash
asbobining
nomi «Gazni tahlil qiluvchi» deb ataladi.
Dizel dvigatellardagi tutunning konsentratsiyasini
aniqlashda chiqindi
gazlarni filtrdan o’tkazib, so’ng uning qoralik darajasini optik usulda o’lchash,
yoki chiqindi gazlarning optik tavsiflarini aniqlash usullaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: