Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Simfoniya №40 (sol minor)


Download 443 Kb.
bet43/111
Sana05.01.2022
Hajmi443 Kb.
#219150
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111
Bog'liq
Якубов Б Ҳорижий мамлакатлар мусиқа

Simfoniya №40 (sol minor)
40-raqam ostida kelib sol minor tonalligida yozilgan simfoniya Motsartning eng mashhur asarlaridan biridir. Musiqaning go’zalligi, haqqoniyligi va keng ixlosmandlar ommasiga tushunarli bo’lganligi sababli bu simfoniya umrboqiy asarlar qatoridan o’rin olgan.

Simfoniya to’rt qismdan iborat. Birinchi qism sonata allegrosi shaklida yozilgan. Ekspozitsiya bosh mavzu ijrosidan boshlanadi. Bu juda go’zal, lirik xarakterdagi, bir oz xomush kayfiyatdagi musiqa hayajonlanib so’zlayotgan inson nutqini eslatadi. Skripkalar ijrosi musiqaga kuychanlik, iliqlik va mayinlik xususiyatlarini beradi.

Si bemol major tonalligida yozilgan yordamchi mavzu ham yumshoq, lirik xarakterda yozilgan. Keyinchalik rivojlanib bu mavzu baland tovushda va qat’iy ohangda yangraydi. Xuddi shunday xarakterdagi yakuniy mavzu bilan ekspoziciya bo’limi nihoyasiga etadi.

Rivojlov bo’limida bosh mavzu rivojlantirilgan va qayta ishlangan. Bosh mavzu kuychanlik xususiyatini yo’qotadi. Tovush kuchi tobora ortib borib musiqa hayajonli, qat’iy va dahshatli xarakterda yangraydi.

Repriza bo’limida ekspoziciya bo’limi materiali bir oz o’zgartirilib takrorlanadi.

Simfoniyaning ikkinchi qismi - Andante ham sonata shaklida yozilgan. Bosh va yordamchi mavzular o’rtasida deyarli farq yo’q. Ikkisi ham sokin, lirik xarakterdagi kuylardir. Butun qism musiqasi ham shunday kayfiyatda yozilgan.

Simfoniyaning uchinchi qismi - Menuet. Menuet o’zi raqs. Ammo musiqa raqs xarakterida emas, dramatik, qat’iy xarakterda. Faqat menuetning o’rta qismi-trioda bu jozibali raqsga xos xususiyatlarni uchratish mumkin.

So’nggi to’rtinchi qism – Final musiqasi qoidagi ko’ra sonata allegrosi shaklida yozilgan. Musiqa xarakteri jihatdan birinchi qism musiqasini eslatadi. Bu ikki qismning tuzilishini solishtirganda ham bir kator o’xshashliklarni aniqlash mumkin.

Motsartning 40-simfoniyasi - kompozitor yuksak mahorat bilan insonning ichki kechinmalari va ruhiy olamini tasvirlab bergan asardir.


Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling