Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


Download 443 Kb.
bet27/111
Sana05.01.2022
Hajmi443 Kb.
#219150
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   111
Bog'liq
Якубов Б Ҳорижий мамлакатлар мусиқа

Zarbli sozlar guruhi.
Tovush chiqarish uslubi zarba berish, urib chalish bo’lgani uchun guruh shunday deb ataladi. Bu guruh sozlari kuy chala olmaydi. Ularning vazifasi ritmni ushlab turish va orkestrning ijrosini kuchaytirishdan iborat. Bu guruhning ba’zi sozlari ma’lum tovush balandligiga ega, ya’ni kerakli tovushlarni chala oladi. Bular litavralar, qo’ng’iroqlar, qo’ng’iroqchalar, chelesta va ksilofonlardir. Qolgan zarbli sozlar tovush balandligiga ega emas. Ular gumburlaydi, jaranglaydi, taraqlaydi va boshqacha qilib aytganda "chiroyli shovqin" hosil qiladi va bu bilan orkestr ijrosini boyitadi. Bu sozlar katta va kichik baraban, uchburchak, kastanetalar va tamtamdir Simfonik orkestrning xech bir guruhiga kirmaydigan, mustaqil arfa sozi bor. Arfa chertib chalinadigan torli soz bo’lib, juda qadimdan ma’lum. Arfa sozining ovoz tembri juda go’zal, nozik va engil. Ko’p hollarda orkestrda boshqa sozlarga jo’rnavoz bo’ladi.

Biz simfonik orkestrning cholg’u sozlari haqida qisqa ma’lumot berdik. Bu turli xil sozlarni birlashtirish san’ati kompozitorlardan yuksak mahorat talab qiladi. Bu ishda buzib bo’lmaydigan, yagona qoidalar yo’q. Orkestr uchun musiqa yozadigan kompozitor har bir cholg’u sozining xususiyatlarini va imkoniyatlarini chuqur bilishi shart. Bundan tashqari u bu sozlarning ansambl xususiyatlarini ham yaxshi bilishi kerak. Shuningdek u yaratgan musiqa ham go’zal bo’lishi lozim. "Musiqiy fikrning go’zalligi orkestr ijrosining go’zalligini belgilaydi", - degan edi buyuk rus kompozitori M.I.Glinka.



Download 443 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling