Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус таoлим вазирлиги


Download 0.95 Mb.
bet97/99
Sana02.06.2024
Hajmi0.95 Mb.
#1837923
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
Умумий пс-я факультетлараро

E’tibor qiling!
O’quvchilar hosil qilgan ko’nikma va malakalarni uch turga bo’lish mumkin: ta’lim, unumli mehnat va sport sohasiga doir ko’nikma va malakalar.
Maktabdagi o’qishning hamma bosqichlarida har bir predmetni o’zlashtirish bilan birga, bir qator o’quv va malakalarni egallash ham talab etiladi.
O’qish protsessida o’quvchilar dastavval yozish, o’qish va xisoblash ko’nimasi hamda malkasi xosil qilishlari kerak bo’ladi.
Bu ko’nikma va malakalar dastalabki ya’ni boshlanich ko’nikma va malakalar xisoblanadi. Keyinchalik, ana shular asosida orfografiya va matematika sohasida murakkab ko’nikma va malakalar xosil qilinadi.
E’tibor qiling!
Ta’limning ko’nikma va malakalar xosil qilishda o’quvchilarning aqliy faoliyatlari ayniqsa katta o’rin tutadi.
Bunday ko’nikma va malakalar xosil qilish protsessida o’quvchilar juda ko’p narsalarni kuzatishlari, o’ylab ko’rishlari, eslarida olib qolishlari va tasavvur etishlari lozim bo’ladi.
Juda ko’p ta’limiy ko’nikmalarda ayniqsa orfografiya va matematika sohasidagi ko’nikmalarda qilinadigan ish, asosan, aqlli mehnatga ega bo’ladi. Lekin bir qator ta’limiy ko’nikma va malakalarda (masalan, yozish, chizmachilik, rasm kabilarda) muskul harakatlari ham asosiy rol o’ynaydi.
Ta’limiy ko’nikma va malakalarning tarkib topishi zo’r diqqat, iroda talab etadi.
O’quvchilarning ayrim hollarda orfografiya jixatidan savod-sizligiga (grammatika qoidalariga doir bilimlari bo’lsa ham) xatolarni tuzatish uchun etarli diqqat qilmasliklari sabab bo’ladi. Ta’limiy ko’nikma va malakalarda avtomatlashish xech qachon to’la bo’lmaydi va to’la bo’lishi ham lozim emas.
Bunday ko’nikma va malakalarda avtomatlashish, ko’pincha, faqat qilinadigan ishning sodda elementlariga qaratilgan bo’ladi.
Mehnat va o’qitish protsessida ko’nikma hamda malakalar bilan birga odatlar ham katta o’rin egallaydi.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling