Щзбекистон республикаси олий ва щрта


І. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


Download 106.5 Kb.
bet2/8
Sana15.03.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1270606
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
111ND YO‘L HARAKATI QOIDALARI VA XAVFSIZ HARAKATLANISH ASOSLARI

І. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 28 oktyabr kuni Toshkent shahriga tashrifi davomida va faollar bilan o’tkazilgan uchrashuvida berilgan topshiriqlarining bayonini 12-bandiga muvofiq Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti tomonidan bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fan dasturlari hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda yangidan ko’rib chiqildi.


Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash hozirgi davrning eng asosiy ijtimoiy- iqtisodiy muammolaridan biridir. Avtomobillashtirish ko’rsatkichlari ortib borayotgan hozirgi davrda yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashga «Haydovchi-avtomobil-yo’l-piyoda-muhit» tizimidagi barcha bo’laklarning ishonchliligini oshirish bilangina erishish mumkin. Bu o’rinda inson omillari muhim ahamiyatga ega, chunki, ko’pgina yo’l-transport hodisalari haydovchining yoki piyodaning yo’l qo’ygan xatolari natajasida sodir etilmoqda.
Yuqorida keltirilgan bakalavriatura yo’nalishlari talabalari yo’l harakati qoidalarini, O’zbekiston Respublikasining yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi Qonunini, harakat xavfsizligiga tegishli me’yoriy hujjatlarni bilishlari va ularning talablariga rioya qilishlari kerak.
"Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari" fani qo’shimcha fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3 kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. Bu fan “Transport vositalari tuzilishi”, “Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi”, “Yuk tashishni tashkil etish”, “Yo’lovchilarni tashishni tashkil etish” kabi umumkasbiy fanlar va ixtisoslik fanlari bilan o’zaro bog’lik hamda uslubiy jihatdan uzviydir.
Fanning ishlab chiqarishdagi roli
O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi YHXB boshqarmasi, adliya vazirligi, avtotransport korxonalarida, O’zbekistan Respublikasi Transport vazirligi tarkibidagi barcha tashkilotlar va ularning viloyatlardagi bo’limlarida harakat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha me’yoriy hujjatlar va yo’riqnomalar ishlab chiqish, sodir etilgan yo’l-transport xodisalarining sabablarini aniqlash, ularning oldini olish bo’yicha ishlarni olib borishda ushbu fan juda muhim o’rinni egallaydi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalar "Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari" fanini o’zlashtirishi uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish va amaliy mashg’ulotlar real yo’l ko’cha sharoitlarida o’tkazish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtarishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan, internet manbalaridan, Avtotest ma’ruzalaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg’or, interfaol pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.



Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling