Щзбекистон республикаси олий ва
AMALIYOT MAQSADI, VAZIFASI, MAZMUNI VA HISOBOT TUZISH
Download 165 Kb.
|
Малакавий битирув олди амалиёт 3 4 курслар учун услубий 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. AMALIYOT MAZMUNI
- 3.3 AMALIYOT HISOBOTIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR.
3. AMALIYOT MAQSADI, VAZIFASI, MAZMUNI VA HISOBOT TUZISH
3.1. AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFASI. Bitiruv oldi va malakaviy amaliyotining asosiy maqsadi talabalarini loyiha bo‘limlari va qurilish brigadalari tarkibiga, yuqori malakali ishchilar yoki korxona tomonidan tayinlangan uchastka boshlig‘i rahbarligi ostida, nazariy bilimlarni amaliy ishda o‘zlashtirish ko‘zda tutiladi. Amaliyot vazifasiga ko‘ra quyidagilar kiradi: - talabalar institutda olgan bilimlarni amaliyot o‘tkazilayotgan loyiha va qurilish tashkilotidagi qo‘llanilayotgan ilg‘or qurilish jarayonlari texnologiyasi bilan bog‘lab mustahkamlash; asosiy loyiha va qurilish mexanizmlari ishini o‘rganish, xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishish; talabalar qurilishda ishchilar ish unumdorligini oshirish uchun ishlab chiqarishning ilg‘or usullarini tadbiq etishda va qurilish hamda qurilish tannarxni pasaytirib, sifatini oshirish ishlarida faol qatnashishlari kerak; amaliyot yakunida talabalar umum qurilish ishlarini chuqur egallagan bo‘lishi kerak. 3.2. AMALIYOT MAZMUNI Talabalar malakaviy amaliyoti talabalarga amaliyot o‘tkazadigan loyiha va qurilish korxonalar ishlarini chuqur o‘rganish asosida, institutda olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash hamda ishlab chiqarish yangiliklarini, ilg‘or ish usullarini o‘rganish kabi vazifalarni qo‘llash. Malakaviy amaliyoti jaryonida talabalar tashkilot ishlari bilan tanishadilar, hamda tashkiliy tarbiyaviy ishlarda ishtirok etadilar. Amaliyot ishlab chiqarish qismi loyiha va qurilish jarayonlarini bajarilish texnologiyasini o‘rganishni ko‘zda tutadilar. Talabalar amaliyot boshlanishida qurilayotgan binoning ish chizmasi asosida, me’moriy reja va tuzilmalar yechimini qabul qilingan material va tuzilmalarni ishlab chiqarish loyihasi va unda qabul qilingan qurilish mexanizmlarini, qurilish jaryonlarini bajarilishi va ketma-ketligini o‘rganib chiqadi. Talabalari ishlab chiqarish loyihasini o‘rganishda bino va inshootlarni qisimlarga bo‘linishiga, qurilish mashina va mexanizmlarini ishlash sxemasiga, qurilish materiallari smetalari bilan tanishish , ko‘cha- yo‘llar va tarmoqlari joylashishiga, obodonlashtirish fragmentiga alohida ahamiyat berishlari lozim. Qurilish obyektida bajariladigan texnologik jarayonlarni o‘rganish talabalarni ishlab chiqarish loyihasida ishlangan texnologik xarita va ish jarayonlarni harakatlari bilan tanishtiradi. Talabalar ishlab chiqarish qabul qilinishini me’moriy va instruktiv xujjatlari, hamda «Birlik me’yorlari va qiymatlari» bilan tanishib chiqish majburiy hisoblanadi. Nazariy darslarni institut va korxona tomonidan tayinlangan rahbarlar o‘tkazadilar. Ular talabalar uchun qurilish jarayonlarni bajarish texnologiyasi ishni tashkil qilish ilg‘or usullari, qurilishda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi, loyiha va qurilish ishlab chiqarish holati va kelajagi va boshqalar to‘g‘risida ma’ruza va seminarlar tashkil qiladilar. Ma’ruza va seminarlarni iloji boricha qurilish ishlab chiqarishd ilg‘or usullari qo‘llanilishi bilan bog‘iq bo‘lish kinofilpmlar bilan olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. bu ma’ruza va seminarlar dasturi institutda o‘qitilgan nazariy kurs bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Malakaviy amaliyoti talabalarni ushbu davr davomida tanisha olmagan qurilish tuzilmalari va ishlab chiqarish usullari bilan tanishtiradi. Iloji boricha bu sayoxatdan olingan tasurotlarni qog‘ozga chizma holida ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 3.3 AMALIYOT HISOBOTIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. Har bir talaba Ko‘rilayotgan binoning va ishchi chizmalardan, ishlab chiqarish loyihasidan, loyihadagi alohida ish jarayoniga tuzilgan texnologik xujjatalardan foydalangan holda amaliyot bo‘yicha hisobot tuziladi. Talabalarga hisobot tuzish uchun amaliyot davomida yozib berilgan kundalik va ish daftari ishchi dastur vazifasini o‘taydi. Talabalar kundalik davftariga xar kuni nima bilan shug‘ullanganliklari, hisobotga esa inshoot tuzilmaviy yechimi, qurilish ishlari bajarish usullari va uslublari, qo‘llanilgan ish qurollari va moslamalar, hamda bajarilgan ishlar sifatida qo‘yilgan texnik talablar yozib boriladi. Amaliyot davomida qurilayotgan bino va inshootlar tuzilmalari chizmasi, eskizlar va texnik rasmlari bajariladi. Hisobotning 1-bobida (kirish) obyekt nomi va uning ahamiyati ko‘rsatiladi. Ob’yektning asosiy tavsifnomalari: qurilish hajmlari, qurilish maydoni, qavatlar soni, agar sanoat binosi bo‘lsa, proletlar soni va o‘lchamlari, yashash va jamoat binolari bo‘lsa, yashash va yordamchi xonalar maydoni, hamda qurilish tannarxi ko‘rsatib o‘tiladi. Bu bobda yana qurilish ishlari olib borilayotgan korxona va yordamchi korxonalar ko‘rsatilib, qurilish borishi holati to‘g‘risida mahlumot beriladi. Hisobotning 2- bobida «Hajmiy-rejaviy va tuzilmaviy yechimi» yozib ko‘rsatiladi. Bu bobda bino va inshootlar me’moriy-tuzilmalar yechimi yoziladi, qavatlar rejasi, asosiy tuzilmaviy elementlar (poydevorlar, devor, qavat yopma, tom yopma, pardevor va zinapoya) chizmasi ko‘rsatib o‘tiladi. Qurilish maydonida ishlatilgan materillar, yarim tayyor mahsulotlar, detallar haqida mahlumot beradi. Hisobotning 3-bobida, «Ishlab chiqarish usullari», talabalar o‘zlari bajargan ishlardan 1-2 turlarini ilmiy taxlil qilib, batafsil yozib ko‘rsatadilar. Talaba o‘z hisobotida biror alohida olingan qurilish jarayonini ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishi, mashina va mexanizmlar sxemasi, ish joylari, shu ishni bajarish uchun kerak bo‘lgan ish qurollari va moslamlarini batafsil yozib ko‘rsatadi. Hisobotning 4-bobida, Qurilish obyektida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha quriladigan choralar ko‘rsatiladi. Alohida ehtibor, talabalar o‘zlari bajargan qurilish jarayonlarida xavfsizlik texnikasi qoidalarini saqlanganligi qaratiladi. Agar amaliyot davomida xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgan xollar bo‘lsa, buzilish hollarini sabablarini taxlil qilib ko‘rsatilishi kerak. Hisobot oxirida talabalar amaliyot davomida olgan o‘z tahsurotlarini va amaliyot natijasidagi o‘z yutuqlarini, hamda yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini yozadi. Amaliyot natijasidagi tanqidiy mulohazalarni, takliflarni va chiqargan xulosalari talabalarning maxsus tayyorgarligini ko‘rsatadi. Hisobot matni 15-20 bet xajmda to‘liq bajarilgan eksiz va chizmalar bilan mustahkamlangan bo‘lishi kerak. Hisobot (210x297 mm) o‘lchamidagi A4 formali qog‘ozning bir tomoniga aniq va tushunarli yoziladi. Chizmalar va eskizlar qalam bilan millimetrli qog‘ozga tushiriladi va hisobot kerakli joyga tikiladi. Hisobot titul varag‘i 1-ilovadagidek, mundarijasi 2-ilovadagidek, amaliyot davomida bajariladigan ishning kalendar rejasi 3- ilovadagidek bajariladi. Har bir talaba amaliyot rahbari tomonidan berilgan shaxsiy topshiriqni bajaradi. SHaxsiy topshiriq sifatida talabaning mustaqil ishlarda bajarayotgan ishi, ilmiy ishi yoki biror qurilish ishini bajarishni batafsil tafsiloti kerakli chizmalar bilan yoritiladi. Download 165 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling