Щзбекистон республикаси
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
38 4.2. Portlar Daryo porti deb kemalar suv yo„li orqali osonlikcha qirg‟oq yoniga keladigan va temir yo„l va avtomobil yo„li kelishiga mo„ljallanib inshootlar bilan jihozlangan punktga aytiladi. Portlarda asosan yuk ortish va tushirish, yo„lovchilar chiqarish va tushirish ishlari bilan birga kemalarga texnika xizmati ham ko„rsatiladi. Portlarda yuk ortish va tushirish jarayonlarini bajarish uchun zarur uskuna, mashina va boshqa jihozlar, port kranlari, ombor xo„jaliklari va yo„lovchilarga servis xizmati ko„rsatuvchi vokzal majmuailari bo„lishi kerak. Dengiz portlari odatda dengiz va ummon qirg‟oqlari va daryolarning dengizga quyilish erlariga joylashtirilgan bo„lib, katta transport tugunlarining tarkibiga kiradi. Portlar dengiz transportining asosiy ishlab chiqarish korxonalaridan bo„lib, ko„p hollarda uning samaradorligini belgilaydi. Dengiz portlari umum foydalanish, maxsus va aralash portlarga bo„linadi. Umum foydalanish portlari yo„lovchilar va yuk tashuvchi kemalarni hamda boshqa kemalarni ham qabul qiladi. Maxsus portlar yuklarning muayyan guruhlarini qabul qilishga mo„ljallangan bo„ladi. Masalan, ko„mir, ma‟dan, don, neft, ŝement, baliq va x.k. O„zbekistonda Termiz daryo porti mavjud 4.1-rasm. 4.1-rasm. Termiz daryo porti 39 4.3. Kema qatnaydigan daryolarda quriladigan ko„priklarga qo„yiladigan talablar Daryo yo„llari o„z navbatida daryolarga quriladigan ko„priklarga quyidagi talablarni qo„yadi. Kema qatnaydigan daryolardan ko„priklarning ko„prik osti o„lchamlari (gabaritlar) suv yo„li darajasiga qarab GOST 26775da belgilangan. Suv satxidan o„lchanadigan ko„prik osti o„lchami, hisobiy kema yurish suv satxidan (H.K.S.) hisoblanadi, kafolatlangan kema yurish chuqurligi kema yurish satxining eng past satxidan hisoblanadi. Ochib qo„yilmaydigan ko„priklarda kami bilan 2 ta kema o„tishga mo„ljallangan 2 ta prolyot loyihalanadi 4.2-jadval. Kemalar tavsifi. Daryo kemalari. - Bajarish vazifalari bo„yicha - yuk tashuvchi, yo„lovchi tashuvchi, aralash yuk va yo„lovchilar tashuvchi kemalar; - suvdan foydalanish bo„yicha - suvga botib suzuvchi, suv osti qanotli, parrakli va havo yastig‟i printsipida suzuvchi kemalar; - harakati bo„yicha - o„zi suzar, ya‟ni o„z kuch dvigateli bor (teploxod, paroxod, dizel-elektroxod, shatak kemalar) va o„zi suza olmaydigan barjalar. 4.2-jadval. Suv yo„li darajasi Suv yo„li kema yurish chuqurligi, m Ko„prik osti o„lchaminin g balandligi, m Ko„prik osti o„lchamining kengligi, m Kafolat langan O„rtacha navigatsion Ochilmaydigan prolyotlar uchun Ochiladigan proletlar uchun asosiy yonidagi 1 2 3 4 5 6 7 I 3,2 ortiq 3,4 ortiq 16,0 140 120 60 II 2,5-3,2 2,9-3,4 14,5 140 100 60 III 1,9-2,5 2,3-2,9 13,0 120 80 50 IV 1,5-1,9 1,7-2,3 11,5 120 80 40 V 1,1-1,5 1,3-1,7 10,0 100 60 30 VI 0,7-1,1 0,9-1,3 7,5 60 40 - VII 0,5-0,7 0,6-0,9 5,0 40 30 - 40 Bundan tashqari kemalar yana tashiydigan yuklari bo„yicha quriq buyumlar tashuvchi, universal va maxsus yuklar tashuvchi kemalarga bo„linadi. Kemalar harakatiga suvning ko„rsatadigan qarshiligi quriqlikdagi ishlovchi temir yo„l va avtomobil transportlari harakatidagi qarshilikka nisbatan ancha kamligi sababli ular har bir tonna yukni teng masofaga tashish uchun kam quvvat va kam yoqilg‟i sarfi talab qiladi. Kemalarning yuk ko„tara olish qobiliyati temir yo„l vagonlari yuk kutara olish qobiliyatiga nisbatan bir necha marta, avtomobillarga nisbatan bir necha o„n marta kattadir. Ayrim yuklarni daryo kemalarida tashish tannarxi temir yo„l transportidagiga nisbatan 2-3 marta va avtomobil transportidagiga nisbatan 20-30 marta kamdir. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling