Щзбекистон республикаси
Aerodrom va uning asosiy elementlari
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
5.3. Aerodrom va uning asosiy elementlari
Havo transportining afzalligi tez va baland ucha olishi bilan aloqani tezda amalga oshirishidir. Muayyan punktlar orasida aloqa o„rnatish uchun havo yo„llari, aeroport va yangi avialiniyani radiotexnika vositalari bilan jihozlashning o„zi kifoya qiladi. Aeroportlarni boshqa transport turlari bora olmaydigan tumanlarga qurish mumkin. Havo yo„li samolyot xizmati uchun hamma vaqt tayyor. Uni avtomobil yo„llari va temir yo„llar kabi qurish yoki suv magistrali kabi chuqurlatish va kengaytirish talab etilmaydi. Mana shuning uchun ham fuqoro aviatsiyasi transportning boshqa turlariga qaraganda juda qisqa muddatlarda yangi aloqa yo„llarini tashkil qilishga qodir 5.4-rasm. 5.4-rasm. O„zbekiston havo yo„llari aerodromlari Juda ko„p vaqt to„xtamasdan, to„g‟ri bora oladigan aloqa marshrutlari tashkil qilish - havo transportining ya‟na bir afzalligidir. Fuqoro aviatsiyasi juda qisqa va to„g‟ri havo trassalaridan foydalanib, transportning boshqa turlarida borib bo„lmaydigan har qanday punktlar oralig‟iga qo„nmasdan yuk va yo„lovchi tashib 48 bera oladi. Havo transporti yuqori manevrchanligi hamda yo„lovchi va yuk oqimlari o„zgarishiga muvofiqlanishi uning yana bir muhim afzalligidir. Havo transportning kamchiliklaridan biri transportining boshqa turlariga nisbatan yuk va yo„lovchilar tashish tannarxining bir necha marta kattaligidir. Tashish tannarxining yuqori darajada bo„lishi sabablari birinchidan, samolyot uchishi uchun kerak bo„lgan zarur yukning katta vaznliligi, ikkinchidan yuk kutarish birligiga tug‟ri keladigan dvigatel quvvatining kattaligidirki, bu o„z navbatida yonilg‟ining ko„p sarflanishiga olib keladi. Havo transportining yana bir kamchiligi uning ushishiga ob-havo sharoitining ta‟sir qilishidir. Yuqorida bayon qilingan kamchiliklar havo transportining yo„lovchilar va yuk tashishdagi katta mohiyatini sira kamsitmaydi. Uchish xavfsizligini ta‟minlashga alohida e‟tibor beriladi. Xavfsizlik muammolari ikki yo„nalish - uchish apparatlari puxtaligi va mustahkamligini oshirish va erdan turib samolyotlarni har qanday murakkab sharoitlarda boshqarib borish vositalarining aniq ishlashi bo„yicha olib boriladi. Uchish xavfsizligi ko„p hollarda harakatni boshqarish tizimlariga bog‟liqdir. Ayniqsa bu masala uchish oqimlari ko„p erlarda katta ahamiyatga ega va bunday hollarga samolyotlar to„qnashmasligi uchun ularning uchish balandliklari va intervallarini eshalonlarga bo„lish lozim. Har xil turdagi samolyotlar uchun maxsus uchish koridorlari ham belgilanadi. Ko„rsatilgan koridorlardan samolyotlar ruxsatsiz chetga chiqmasliklari kerak. Hozirgi vaqtda aeroportlarda samolyotlarni qo„ndirish va uchirish ishlarida EHM dan foydalaniladi. Murakkab sharoitlarda EHM samolyotlarning uchish traektoriyalari va boshqa zarur shartlarini hisoblab chiqib, samolyot boshqaruvchi uchuvchiga tayyor ma‟lumotlar etkazib beradi. Havo transportini rivojlantirishdagi asosiy yo„nalishlardan biri maksimal uchish tezligini oshirishdir. Uchish tezligini oshirish insoniyatning azaliy orzusidir. Hozirgi 1000 km/soat tezlik bilan uchish yuqori pog‟ona bo„lmay qoldi. Endilikda O„zbekiston Respublikasida va boshqa mamalakatlarda tovush tezligidan 49 (1200 km/soat) tez uchadigan yo„lovchi samolyotlari qatnab turibdi. Bular qatoriga TU-144 samolyoti (uchish tezligi 2500 km/soat) kiradi. Hozirgi kunda soatiga 6500 km tezlik bilan uchadigan eksperemental samolyot yaratilgan. Bunday tezlikda uchuvchi apparatlar gipertovushli samolyotlar deb ataladi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling