Щзбекистон республикаси


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/71
Sana18.08.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1668171
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
Алоқа йўллари (1) (qqqq)

 
6.2. Kon yo„llari 
 
Kon yo„llari sanoat korxonalari konlarida, ochiq yoki yopiq turdagi 
karerlarida quriladi va foydalaniladi. Kon yo„llaridan maxsus konlarda ishlovchi 
texnikalar harakatlanadi. O„zbekistonda Navoiy, Angren, Olmaliq tog‟ 
metallurgiya kombinatlarida kon yo„llaridan foydalaniladi.
Sanoat korxonalari kon yo„llari ikki xil ko„ndalang kesimda loyihalanadi:suv 
qochirish tizimi yopiq tarzda – bordyur bilan, ochiq holatda - yo„l yoqasi bilan. 
Maydon ichidagi avtomobil yo„llari ko„ndalang kesimlari qurilish bosh rejasiga 
binoan belgilanadi, bunda alohida ravishda vertikal rejalashtirish va suv qochirish 
tizimlari qabul qilinadi.
Yo„l ko„ndalang kesimini turini tanlashda qatnov qismidan qor va yomg‟ir 
suvlarini tozalash sharoitidan kelib chiqib tanlanadi.
Kon yo„llari ko„ndalang kesimlari asosiy turlari, ular supachada 
joylashganda quyidagi ko„rinishda bo„ladi 6.2-rasm.


52 
6.2-rasm. Kon yo„llari yo„l poyi tuzilmasi 
a - qoya va sizuvchi gruntlarda; b - gilli gruntlarda; 1 - ariqcha orti taxti; 2 - 
lotok; 3 - yo„l yoqasi; 4 - ariqcha; 5 - mustaxkamlangan lotok; 6 - tuproq vali;
7 - o„piriladigan prizma; 8 – yo„l cheti qattiq qoplamasi; h
z
– gilli gruntni sizuvchi 
gruntga almashtirish qatlami qalinligi; i
k
- korыta tubi qiyaligi; H - tuproq vali 
balandligi; b - qatnov qismi kengligi.
 
6.3. Arqon yo„llar 
 
Osma arqon - yo„llari sanoatning ko„p sohasida ishlatiladi. Ayrim hollarda 
ular 20 km gacha bo„lgan masofada sochiluvchan materiallar (qum, shag‟al, ruda) 
tashishda, ayniqsa tog‟lik joylarda avtomobil va temir yo„l transporti bilan 
raqobatlashadi. 
Arqon yo„llar – yuk va yo„lovchilarni tashishda qo„llaniladigan, vagon, 
vagonchalar, kabinalar yoki kresellarni harakatga keltirish uchun qurilgan osma 
troslarda harakatni yuzaga keltiruvchi, tayanch yoki ko„tarma-tayanchli yo„llar 
bo„lib, bunda vagon yoki kabinalar erga tegmasdan osma holatda qo„zg‟aladi.
Yo„lovchi tashuvchi arqon yo„llarning o„tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 
2000 kishiga, yuk arqon yo„llariniki esa soatiga 1000 tn gacha etishi mumkin.


53 
Eng uzun arqon yo„llari Shvetsiyada bo„lib, uning uzunligi 96 km ga etadi. 
Dunyodagi eng uzun sanoat arqon yo„li Moande (Gabon)da bo„lib, uzunligi 76 km. 
Ushbu arqon yo„li 1959-1962 yillarda qurilgan.
O„zbekistonda arqon yo„li “Sharg‟un” shaxtasida qurilgan bo„lib, uzunligi 
21 km. Turizm maqsadidagi arqon yo„li “Chimyon” dam olish pansioanatida 
qurilgan 6.3-rasm.
6.3-rasm. Arqon yo„llari

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling