Щзбекистон республикаси


 Yo„l ko„ndalang kesimi va uning elementlari


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/71
Sana18.08.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1668171
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71
Bog'liq
Алоқа йўллари (1) (qqqq)

 
8.4. Yo„l ko„ndalang kesimi va uning elementlari 
 
Yo„l ko„ndalang kesimi deb, yo„l o„qiga perpendikulyar ravishda vertikal 
tekislik bilan berilgan kesim natijasida hosil bo„lgan tasvirga aytiladi. Yo„l 
ko„ndalang kesimida qatnov qismi bo„ylab tuproqli tasma – yo„l yoqasi quriladi. 
Qatnov qismi va yo„l yoqasi quriladigan er tasmasiga yo„l poyi deyiladi. Yo„l poyi 
yon atrofdagi erlardan yo„l yon bag‟ri va undan keyin quriladigan ariqchalar bilan 
ajralib turadi. Ariqchalar ustki yuza suvlarini qochirishga xizmat qiladi. Avtomobil 
yo„lining muhim elementlaridan biri qatnov qismi hisoblanadi va u xavfsiz 
transport harakatini o„rnatilgan tezlikda amalga oshirish imkoniyatini beradi. 
Yo„l ko„ndalang kesimi elementlari yo„l toifalari bo„yicha quyidagi
8.9-rasmda keltirilgan.
8.9-rasm. Avtomobil yo„llari andozaviy ko„ndalang kesimlari


87 
(o„lchamlar metrda berilgan): 
a - I toifali yo„l; b - II toifali yo„l; v - III toifali yo„l; g - IV toifali yo„l; d - V 
toifali yo„l; 1 – yo„l yoqasi; 2 - yo„l qatnov qismi; 3-ajratuvchi tasma; 
Yo„l qatnov qismi, yo„l cheti va ularning bajaradigan vazifalari 
 
Yo„l sirtining avtomobillar harakatlanadigan qismidagi tasmasi - qatnov 
qismi deyiladi. Bu tasma tosh materiallar bilan mustahkamlanib yo„l to„shamasini 
hosil qiladi. Uning yuqori qismi qoplama deb ataladi. Yo„l cheti mustaxkamlangan 
tasmasi avtomobillar bexosdan qatnov qismidan chiqib ketgan hollarda ularni 
xavfsizligini ta‟minlashga qaratilgan, shu bilan birga qoplama chetki qismi 
mustaxkamligini o„zgartirmasdan saqlaydi.
Birinchi toifali yo„llarda har qaysi yo„nalishda harakatlanish uchun mustaqil 
qatnov qismlari bo„ladi. Ular o„rtasida xavfsizlikni ta‟minlash maqsadida ajratish 
tasmasi qoldirilib, ularga avtomobillarning kirishi taqiqlanadi. Qatnov qismidan 
yon tomonda yo„l yoqasi joylashgan. Yo„l yoqasidan avtomobillarning vaqtincha 
turishi va ta‟mirlash vaqtida yo„l-qurilish materiallarini saqlash uchun 
foydalaniladi. Yo„lning qatnov qismini o„rab turadigan yo„l yoqasining borligi 
avtomobillarning xavfsiz harakatlanishini ta‟minlaydi.
Qatnov qismi va yo„l yoqasi joydan yaxshi tekislangan qiya tekisliklar
yonbag‟irlar bilan ajratiladi. O„ymalarda va yon ariqchalarda tashqi va ichki 
yonbag‟ir bo„ladi. Yo„l yoqasi va ko„tarma yonbag‟irining tutashuv chiziqlari yo„l 
qirg‟og‟ini hosil qiladi. Yo„l qirg‟oqlari orasidagi masofa shartli ravishda yo„l 
poyining kengligi deb ataladi. Yo„l yonbag‟rining tikligi yotqizish koeffitsienti 
bilan tavsiflanadi. Bu koeffitsient yonbag‟ir balandligining uning gorizontal 
proektsiyasiga - yotqizilishiga nisbatidan topiladi. 
Haydovchi har qancha to„g‟ri chiziq bo„ylab harakatlanishga intilmasin, 
avtomobil tebranib sinusoida bo„yicha harakatlanadi. Bu tebranish tezlik qancha 
oshsa shuncha sezilarli bo„ladi. Avtomobillar uchun harakat tasmasi eni 


88 
avtomobillar enidan, yonboshdagi yo„lakchadan va g‟ildirak bilan yo„l 
qoplamasining qirg‟og‟igacha bo„lgan masofalardan tashkil topadi. Bu 
haydovchining mahoratiga va ustaligiga bog‟liq. Ikki tasmali avtomobil yo„llarida 
qatnov qismi kengligini quyidagi 8.10-rasm asosida mazkur formula yordamida 
aniqlash mumkin:
V = b + c + 2y + x; 
Bu erda: b-avtomobil kengligi, m. c-avtomobil g‟ildiraklari oraliq masofasi, 
m. y-avtomobil chetki g‟ildiragi bilan yo„l qoplamasi qirg‟og‟igacha bo„lgan 
masofa, m. x-qarama-qarshi harakatlanayotgan avtomobillar orasidagi xafvsizlik 
masofasi, m. 
X va Y lar uchun quyidagi empirik formulalar tavsiya qilingan: 
X = 0,3 + 0,1
2
1
V
V

;
Y= 
V
0075
,
0
1
,
0

Bu erda x va y lar m da, V- tezlik km/soat. Quvib o„tishda harakat bir 
tomonga bo„lgani uchun:
X = 0,3 + 0,075
2
1
V
V

; tavsiya etiladi.
8.10-rasm. Yo„l qatnov qismini aniqlash chizmasi 


89 
Qatnov qismining kengligini asoslashda mavjud holat ko„proq nazarda 
tutiladi: qarama qarshi harakatlanayotgan avtomobillardan biri uncha katta 
kenglikga ega bo„lmagan lekin yuqori tezlikda harakatlanuvchi engil avtomobil, 
ikkinchisi kengligi katta bo„lgan lekin past tezlikda harakatlanuvchi yuk 
avtomobili.

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling