Щзбекистон республикаси
Yo„l ko„ndalang kesimi va uning elementlari
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo„l qatnov qismi, yo„l cheti va ularning bajaradigan vazifalari
8.4. Yo„l ko„ndalang kesimi va uning elementlari Yo„l ko„ndalang kesimi deb, yo„l o„qiga perpendikulyar ravishda vertikal tekislik bilan berilgan kesim natijasida hosil bo„lgan tasvirga aytiladi. Yo„l ko„ndalang kesimida qatnov qismi bo„ylab tuproqli tasma – yo„l yoqasi quriladi. Qatnov qismi va yo„l yoqasi quriladigan er tasmasiga yo„l poyi deyiladi. Yo„l poyi yon atrofdagi erlardan yo„l yon bag‟ri va undan keyin quriladigan ariqchalar bilan ajralib turadi. Ariqchalar ustki yuza suvlarini qochirishga xizmat qiladi. Avtomobil yo„lining muhim elementlaridan biri qatnov qismi hisoblanadi va u xavfsiz transport harakatini o„rnatilgan tezlikda amalga oshirish imkoniyatini beradi. Yo„l ko„ndalang kesimi elementlari yo„l toifalari bo„yicha quyidagi 8.9-rasmda keltirilgan. 8.9-rasm. Avtomobil yo„llari andozaviy ko„ndalang kesimlari 87 (o„lchamlar metrda berilgan): a - I toifali yo„l; b - II toifali yo„l; v - III toifali yo„l; g - IV toifali yo„l; d - V toifali yo„l; 1 – yo„l yoqasi; 2 - yo„l qatnov qismi; 3-ajratuvchi tasma; Yo„l qatnov qismi, yo„l cheti va ularning bajaradigan vazifalari Yo„l sirtining avtomobillar harakatlanadigan qismidagi tasmasi - qatnov qismi deyiladi. Bu tasma tosh materiallar bilan mustahkamlanib yo„l to„shamasini hosil qiladi. Uning yuqori qismi qoplama deb ataladi. Yo„l cheti mustaxkamlangan tasmasi avtomobillar bexosdan qatnov qismidan chiqib ketgan hollarda ularni xavfsizligini ta‟minlashga qaratilgan, shu bilan birga qoplama chetki qismi mustaxkamligini o„zgartirmasdan saqlaydi. Birinchi toifali yo„llarda har qaysi yo„nalishda harakatlanish uchun mustaqil qatnov qismlari bo„ladi. Ular o„rtasida xavfsizlikni ta‟minlash maqsadida ajratish tasmasi qoldirilib, ularga avtomobillarning kirishi taqiqlanadi. Qatnov qismidan yon tomonda yo„l yoqasi joylashgan. Yo„l yoqasidan avtomobillarning vaqtincha turishi va ta‟mirlash vaqtida yo„l-qurilish materiallarini saqlash uchun foydalaniladi. Yo„lning qatnov qismini o„rab turadigan yo„l yoqasining borligi avtomobillarning xavfsiz harakatlanishini ta‟minlaydi. Qatnov qismi va yo„l yoqasi joydan yaxshi tekislangan qiya tekisliklar yonbag‟irlar bilan ajratiladi. O„ymalarda va yon ariqchalarda tashqi va ichki yonbag‟ir bo„ladi. Yo„l yoqasi va ko„tarma yonbag‟irining tutashuv chiziqlari yo„l qirg‟og‟ini hosil qiladi. Yo„l qirg‟oqlari orasidagi masofa shartli ravishda yo„l poyining kengligi deb ataladi. Yo„l yonbag‟rining tikligi yotqizish koeffitsienti bilan tavsiflanadi. Bu koeffitsient yonbag‟ir balandligining uning gorizontal proektsiyasiga - yotqizilishiga nisbatidan topiladi. Haydovchi har qancha to„g‟ri chiziq bo„ylab harakatlanishga intilmasin, avtomobil tebranib sinusoida bo„yicha harakatlanadi. Bu tebranish tezlik qancha oshsa shuncha sezilarli bo„ladi. Avtomobillar uchun harakat tasmasi eni 88 avtomobillar enidan, yonboshdagi yo„lakchadan va g‟ildirak bilan yo„l qoplamasining qirg‟og‟igacha bo„lgan masofalardan tashkil topadi. Bu haydovchining mahoratiga va ustaligiga bog‟liq. Ikki tasmali avtomobil yo„llarida qatnov qismi kengligini quyidagi 8.10-rasm asosida mazkur formula yordamida aniqlash mumkin: V = b + c + 2y + x; Bu erda: b-avtomobil kengligi, m. c-avtomobil g‟ildiraklari oraliq masofasi, m. y-avtomobil chetki g‟ildiragi bilan yo„l qoplamasi qirg‟og‟igacha bo„lgan masofa, m. x-qarama-qarshi harakatlanayotgan avtomobillar orasidagi xafvsizlik masofasi, m. X va Y lar uchun quyidagi empirik formulalar tavsiya qilingan: X = 0,3 + 0,1 2 1 V V ; Y= V 0075 , 0 1 , 0 Bu erda x va y lar m da, V- tezlik km/soat. Quvib o„tishda harakat bir tomonga bo„lgani uchun: X = 0,3 + 0,075 2 1 V V ; tavsiya etiladi. 8.10-rasm. Yo„l qatnov qismini aniqlash chizmasi 89 Qatnov qismining kengligini asoslashda mavjud holat ko„proq nazarda tutiladi: qarama qarshi harakatlanayotgan avtomobillardan biri uncha katta kenglikga ega bo„lmagan lekin yuqori tezlikda harakatlanuvchi engil avtomobil, ikkinchisi kengligi katta bo„lgan lekin past tezlikda harakatlanuvchi yuk avtomobili. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling