Щзбекистон республикаси
Vertikal egrilar va ularni radiuslarini belgilash
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
Vertikal egrilar va ularni radiuslarini belgilash Bo„ylama kesimning nishabligi o„zgarganda hosil bo„ladigan siniq joylar harakatlanish uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Yo„ldagi qabariq joylar yo„lning oldinda joylashgan qismini ko„rintirmay qo„yadi, egrilik radiusi nisbatan kichik bo„lgan siniq joylarda esa katta tezlikda yurilganida avtomobilning oldingi o„qi engillashib, uni boshqarish mumkin bo„lmay qoladi. Botiq siniq joylarda harakat yo„nalishi to„satdan o„zgarganligi sababli yo„lovchilarni bezovta 84 qiladigan va avtomobil osmasini zo„riqtiradigan turtki hosil bo„ladi. Shuning uchun bo„ylama kesimning siniq joylari tutashtiruvchi vertikal egriliklar kiritish yo„li bilan ravonlashtiriladi. Bo„ylama kesimning ravonlashtirilgan siniq joylari punktir chiziq bilan ko„rsatiladi. Qavslar ichidagi raqamlar vertikal egriliklar yo„qligida mavjud bo„lgan ishchi belgilarni, qavssiz raqamlar esa haqiqiy belgilarni ifodalaydi. Bo„ylama kesimning grafik tasviri asosiy loyiha hujjatlaridan biri bo„lib, bu hujjatlar asosida yo„l quriladi. Yo„l bo„ylama kesimida botiq va qabariq egriliklar kuzatiladi va ularni loyihalashda egrilik radiusini 8.6-jadvalda keltirilgan me‟yorlarga asosan loyihalaymiz. Bunda botiq egrilik uzunligi 100 m dan qabariq egrilik uzunligi 300 m dan kam bo„lmasligi kerak. Yo„lni ko„tarma va o„ymada ifodalanishi Yo„l bo„ylama kesimini loyihalashda er satxi chizig‟iga nisbatan loyiha chizig‟ini joylashishiga qarab yo„l ko„tarmada va o„ymada o„tadi. Agarda loyiha chizig‟i er chizig‟iga nisbatan balandda o„tsa yo„l ko„tarmada, aksincha loyiha chizig‟i er chizig‟iga nisbatan pastda o„tsa yo„l o„ymada ifodalanadi 8.8-rasm. 8.8-rasm. Yo„l poyining ishchi belgisi: a - o„ymada; b - ko„tarmada. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling