Щзбекистон республикаси
Avtomobil magistral yo„llarining elementlari
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2. Yo„l rejasi va uning elementlari
Avtomobil magistral yo„llarining elementlari Avtomobil magistrallari deb mahalliy transport va ro„paradan kelayotgan avtomobillar tomonidan xalaqitlarsiz, katta tezliklar bilan avtomobillarda yo„lovchi va yuklarni jadal tashish uchun mo„ljallangan yo„llarga aytiladi. Bular juda takomillashgan, biroz qimmat turadigan yo„llar bo„lib, ular turli mamlakatlar yo„l tarmog‟larining asosiy skeletini xosil qiladi va bu yo„l tarmog‟lari uzunligining ko„pi bilan 1,5...2% ini tashkil etadi. Avtomobil magistrallariga qo„yiladigan asosiy talab avtomobillarning ro„para oqimlari uchun mustaqil qatnov qismi ajratish, bir satxda kesishib o„tish joylarining yo„qligi va yo„lga kirib kelayotgan yoki undan chetga buriladigan aloxida avtomobillarning asosiy oqim harakati rejimiga ta‟sirini minimumga keltirishdir. Magistrallar bo„yicha sekinyurar transport vositalari-traktorlar, mototsikllar, velosipedlar va ot aravalarning harakatlanishi man etiladi. Yo„llar tasnifi bo„yicha avtomobil magistrallariga Ia toifali yo„llar kiradi. Avtomagistrallarda harakat tezligi 120-150 km/s beligilangan. Nazorat savollar: 1. Avtomobil yo„llarining texnik va ma‟muriy tasnifi haqida nima bilasiz? 2. Avtomagistrallarga qaysi toifadagi yo„llar kiradi? 3. Avtomagistrallarda hisobiy tezlik qancha belgilangan? 4. Avtomobil yo„llarining elementlari haqida nima bilasiz? 5. Avtomobil yo„llariga qo„yiladigan talablar nimalardan iborat? 6. Harakat miqdori va tarkibi haqida nimalarni bilasiz? 76 7. Yo„ldagi hisobiy tezlik deganda nimani tushunasiz? 8. Avtomobil yo„lini jihozlash elementlari haqida nima bilasiz? 8.2. Yo„l rejasi va uning elementlari Yo„lning rejasi - bu yo„l o„qining joyida geometrik joylashishiga yo„lning rejasi deyiladi. Yo„l o„qining gorizontal tekislikka kichiklashtirilgan masshtabdagi proektsiyasining grafik ko„rinishiga yo„l o„qi rejasi deyiladi. Avtomobil yo„llari yo„lovchi va yuklarni tashishda arzon, qulay va yuqori tezlikda xavfsiz harakatni ta‟minlashi kerak. Bunda eng qisqa yo„nalishlarni tanlab olish imkoniyati bo„lishi lozim. Bu talablarni hammasini hisobga oladigan bo„lsak, yo„l o„q chizig‟i to„g‟ri chiziqdan iborat bo„lishi kerak. Bu to„g‟ri chiziqqa havo yo„li deyiladi. Lekin joyda buning iloji bo„lmay qoladi. Agarda yo„lni to„g‟ri chiziq bo„ylab o„tkazadigan bo„lsak, quriladigan yo„l juda qimmatga tushadi. Bunday holatda yo„l o„qini siniq chiziqlar orqali o„tkazishga to„g‟ri keladi. Demak yo„l o„qi qisqa yo„nalish bo„yicha emas, balki uzoqroq aylanma yo„nalishlar bo„yicha o„tkaziladi. Bunda yo„l o„qi uzunligini havo yo„li uzunligiga nisbati biroz uzayadi, 8.4-rasm. Ushbu uzayishni uzaytirish koeffitsienti orqali quyidagicha ifodalaymiz: K uz = х.й. тр L L Bu erda: L tr yo„l o„qi uzunligi; L h.y. havo yo„li uzunligi. 8.4-rasm. Avtomobil yo„li rejasi 77 Joy xaritasida A va B nuqtalarni birlashtiruvchi eng qisqa bo„lgan chiziqga havo yo„li deyiladi. A va B nuqtalarni birlashtiruvchi siniq chiziqga yo„l o„qi deyiladi. Yo„l o„qi rejasi to„g‟ri va egri elementlardan tashkil topadi. Yo„l rejasining egri elementi o„tuvchi egri va doiraviy egri elementlaridan tashkil topadi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling