Щзбекистон республикаси
yo„l to„shamasi to„g‟risida tushuncha
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
yo„l to„shamasi to„g‟risida tushuncha
8.1. Avtomobil yo„llarining tasnifi Tayanch so„zlari: avtomobil yo‘li, yo‘llar tasnifi, yo‘l tarmog’i, avtomobil yo‘llariga qo‘yilgan talablar, harakat miqdori, hisobiy tezlik, jihozlash, yo‘l elementlari. Avtomobil yo„llari SHNQ 2.05.02-2007 “Avtomobil yo„llari” ga asosan xalq xo„jaligidagi ma‟muriy ahamiyati va vazifasiga ko„ra hamda texnik toifasiga ko„ra tasnifga ega. Ma‟muriy ahamiyati ko„ra avtomobil yo„llari quyidagilarga bo„linadi: 1. Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo„llari; 2. Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo„llari; 3. Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo„llari. Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo„llari, bu Respublikalar markazlarini o„zaro bog‟lovchi, shuningdek yirik sanoat markazlari va yirik madaniyat markazlarini bog‟lovchi, qo„shni davlatlar bilan transport va sayohat uchun bo„ladigan aloqalarni ta‟minlovchi yo„llardir. Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo„llari, bu yo„llar Respublika markazlarini aholi 100 mingdan 500 minggacha bo„lgan shaharlar bilan bog‟laydi. Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo„llari, viloyatlar markazlarini, tuman markazlarini, aholisi 10 mingdan 50 minggacha bo„lgan qishloq va shaharlar bilan umum davlat va respublika ahamiyatidagi yo„llar bilan, o„zaro tuman markazlarini, aholi yashaydigan punktlar, qishloq kengashlari joylashgan erlarni, jamoa xo„jaliklari idoralarini bog‟laydi. Avtomobil yo„llari vazifasiga ko„ra quyidagilarga bo„linadi: 1. Shahar va poytaxtlarni bog‟lovchi magistrallar; 2. I va II sinf aeroportlariga shaxobcha yo„llari; 67 3. Yirik shaharlarni aylanib o„tuvchi xalqa magistarllari; 4. Yirik shaharlarga kirib kelish yo„llari; 5. Ommaviy dam olish joylariga va tarixiy obida hamda yodgorliklarga shaxobcha yo„llari; 6. Shaharlar atrofidagi aylanma va xalqa yo„llari; 7. Shaharlarga kirish yo„llari; 8. III va IV sinf aeroportlariga shaxobcha yo„llari; 9. Magistral yo„llar; 10. Mahalliy yo„llar. Avtomobil yo„llari kelajakdagi harakat miqdoriga qarab quyidagi toifalarga bo„linadi 8.1-jadval. 8.1-jadval Yo„llarning iqtisodiy ahamiyati Yo„l toifasi Kelajakdagi hisobiy harakat miqdori, dona/sut Transport birligida avt/sut Engil avtomobilga keltirilgan dona/sut Xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo„llar Ia (avtomagistral) 7000 dan yuqori 14000 dan yuqori Ib (tezyurar yo„l) 7000 dan yuqori 14000 dan yuqori II 3000-7000 6000 - 14000 III 1000-3000 2000 - 6000 Mahalliy ahamiyatdagi yo„llar IV 100-1000 200 - 2000 V 100 dan kam 200 gacha Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling