Щзбекистон республикаси


 Ko„priklar, yo„lo„tkazgichlar va estakadalarning elementlari


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/71
Sana18.08.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1668171
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71
Bog'liq
Алоқа йўллари (1) (qqqq)

9.4. Ko„priklar, yo„lo„tkazgichlar va estakadalarning elementlari 
Piyodalar, temir yo„l va avtomobil yo„llari ko„priklari bo„ladi. Bir qator 
hollarda ko„priklar avtomobil va temir yo„l transportlarini uyg‟unlashgan holda 
o„tkazishga quriladi. Bunda ikkala transport turlari harakati bir yoki har xil satxda 
ta‟minlanadi, piyodalar uchun trotuarlar quriladi. Ko„priklar ishlash sharoitiga 
ko„ra suvdan yuqorida, ochiluvchi, suv ustida bo„lishi mumkin. Ko„priklar harakati 
ustidan, bunda qatnov qismi oraliq qurilma ustida joylashgan, harakati ostidan
bunda qatnov qismi oraliq qurilma ostida joylashgan, harakati o„rtadan, bunda 
qatnov qismi oraliq qurilma balandligi chegarasida joylashgan bo„ladi. Ko„priklar 
bir va ko„p oraliq qurilmaliga bo„linadi. Bir oraliq qurilmali ko„priklarda 
tayanchlar bo„lmaydi, ko„p oraliq qurilmali ko„priklarda ular bir qancha bo„lishi 
mumkin. Tayanchlar orasidagi masofalar yig‟indisi ko„prik oralig‟i deyiladi. 


102 
Ko„prik qurilish balandligi deb yo„l ustki yuzasidan oraliq qurilmaning eng pastki 
qismigacha bo„lgan masofaga aytiladi.
Ko„priklar tuzilishiga ko„ra balkali, arkali, ramali va osma turlarga bo„linadi. 
Ko„priklar materialiga ko„ra temirbeton, metall, beton va yog‟ochdan bo„lishi 
mumkin. Bazida ular aralash holatda ham ishlatilishi mumkin. Ko„prik kengligi 
(gabariti) G harfi va ko„prik chegarasida qatnov qismi kengligini metrda 
bildiruvchi son bilan belgilanadi. Ko„priklar va suv o„tkazuvchi quvurlarni 
hisoblashda yuqoridan tushadigan yuklarni transport vositalari g‟ildirakli yuklari 
ko„rinishidagi N-30 va NK-80 yuklariga hisoblanadi 9.8-rasm.
9.8-rasm. Katta temirbeton ko„prik 
Avtomobil yo„lini suv to„siqlar bilan kesishishidagi inshootlar kompleksiga 
ko„prikli o„tish deyiladi. Ko„prikli o„tishga ko„prik, suv bosmaydigan ko„tarmadan 
tutashma kiradi. Ko„prikli o„tish suv qo„yilishi mumkin bo„lgan daryo vodiysi 
bo„yicha joylashtiriladi. Ko„prikli o„tish joylarida daryoning o„zani va qayirlari 
bo„ladi. O„zan bu daryoning doimo suv oqadigan qismi hisoblanadi. Avtomobil 
yo„llari o„zaro yoki temir yo„llar bilan kesishganda yo„lo„tkazgichlar quriladi. 
Yo„lni ma‟lum balandlikdan o„tkazish va uning ostidan o„tish yoki boshqa 
maqsadlar uchun oraliq masofa qoldirib qurilgan uzun yo„lo„tkazgichlarga 
estakadalar deyiladi 9.9-rasm. 


103 
9.9-rasm. Avtomobil yo„llarini yo„lo„tkazgich asosida har satxdagi 
kesishishi

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling