Щзбекистон республикаси


  11.3. Yo„l belgilari va ularni o„rnatishga qo„yilgan talablar


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/71
Sana18.08.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1668171
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
Алоқа йўллари (1) (qqqq)

 


128 
11.3. Yo„l belgilari va ularni o„rnatishga qo„yilgan talablar 
 
Avtomobil yo„llarida va shahar ko„chalarida yo„l belgilarini o„rnatish GOST 
23457-86, ularning o„lchamlari esa GOST 10807-78 talablariga javob berishi 
kerak. Avtomobil yo„llarida yo„l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o„rnatilishi 
kerak: ko„rsatuvchi (axborot-ko„rsatuvchi); imtiyoz; servis va tablichkalar; 
ogohlantiruvchi; buyuruvchi; ta‟qiqlovchi. 
O„rnatiladigan yo„l belgilarining umumiy soni yo„lda iloji boricha kam 
bo„lishi kerak. Har bir o„rnatilayotgan ogohlantiruvchi yoki ta‟qiqlovchi yo„l 
belgilari asoslangan bo„lishi shart va yo„l sharoiti yomonlashganligi oqibatida 
ko„rilgan majburiy chora deb tushunilishi kerak. Shuning uchun ogohlantiruvchi va 
ta‟qiqlovchi belgilar ko„pchilik hollarda vaqtincha o„rnatilib, ma‟lum yo„l sharoiti 
yaxshilangandan so„ng olib tashlanishi kerak. Shuningdek, mavsumga qarab 
o„rnatiladigan yo„l belgilarini ham vaqt o„tishi bilan tezda olib tashlash kerak. 
Yo„l belgilarini shunday o„rnatish kerakki, ularni kunning yorug‟ vaqtida 
ko„rish masofasi 150 m dan kam bo„lmasligi kerak. Haydovchiga u yoki bu 
uchastkada o„rnatilgan belgini ko„rish masofasining qiymati shu uchastkadagi 
tezlikning ikki barobariga yoki undan katta qiymatiga teng bo„lishi kerak. Bu 
holatda yangi qurilayotgan yo„llar uchun tezlik hisobiy tezlikdan 70 % olinsa, 
foydalanayotgan yo„llarda esa transport vositalarining 85 % tezligidan 
oshmaydigan tezlik qabul qilinadi. 
Ba‟zi hollarda o„rnatiladigan belgi bilan xavfli uchastka orasidagi masofa 
aniqlanishi kerak bo„lgan vaqtda u quyidagi sxemaga 11.1-rasm va formulaga 
asosan aniqlanishi mumkin. 
Agar 
2
V
=0 bo„lsa (to„liq to„xtash talab qilinsa), uchastkadagi tez yuruvchi 
avtomobillarning tezligiga qarab «
l
» formulaga asosan quyidagi 11.1-jadvalda 
ko„rsatilgan qiymatlarda o„zgaradi. 


129 
11.1-jadval 
Tez yuruvchi avtomobillarning o„rtacha tezligi 
r
o'
V
km/soat 
120 
100 
80 
60 
40 
l
 

254 
200 
147 
99 
56 
Хавфли участка
11.1-rasm. Xavfli uchastkadan oldin qo„yiladigan yo„l belgisi 
masofasini aniqlash sxemasi 
l
- belgidan xavfli uchastkagacha bo„lgan masofa (m); 
r
o'
V
- belgigacha 
avtomobillarning o„rtacha tezligi (km/soat); 
1
V
- haydovchining “
P
t
” reaktsiya 
vaqtida 
P
l
masofa o„tgandan keyingi tezligi (km/soat); 
C
l
- xavfli uchastkagacha 
sekinlashish masofasi (m);
2
V
- xavfli uchastka oldidagi tezlik (km/soat). 
)
24
,
1
0112
,
0
(
8
,
25
2
)
2
9
,
0
(
r
o'
66
,
0




ур
V
V
ур
V
V
l
Yo„l xo„jaligi xodimlari yo„l belgilarini muntazam ravishda tozalab
turishlari va ko„rish uchun xalal berayotgan daraxt butalarini kesib turishlari kerak. 
Ketma-ket joylashtirilgan yo„l belgilari aholi yashamaydigan yo„l uchastkalarida 
50 m va aholi yashaydigan joylarda esa 25 m dan kam bo„lmagan masofada 
o„rnatilishi lozim 11.2-rasm. Bunga chorrahalarda o„rnatiladigan yo„l belgilari 
kirmaydi. 
t

V
o„r
 
V
o„r
 
V

V

l
 
l

l

l

xavfli uchastka 


130 
11.2-rasm. Aholi yashamaydigan joylarda yo„l belgilarini rejada
joylashtirish 
Ko„ndalang kesimda yo„l belgilarini joylashtirishda quyidagilarga ahamiyat 
berish kerak. Yo„lning bitta ko„ndalang kesimida uchtadan ortiq yo„l belgisini 
o„rnatishga ruxsat etilmaydi. Bunda qo„shimcha axborot beruvchi va qaytaruvchi 
belgilar hisobga olinmaydi. Bunday hollarda belgilarni gorizontal (bu ko„proq 
qulay bo„ladi) yoki vertikal o„rnatish kerak.
Yo„l belgilari yo„lning o„ng tomonida qatnov va yo„l yoqasi qismidan 
tashqarida (maxsus holatlardan boshqa) o„rnatiladi. 
Yo„l belgilarini turlariga qarab ishlatilish joylari 11.2-jadvalda keltirilgan. 
11.2-jadval
Belgilarning 
o„lcham
turlari 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling