Щзбекистон республикаси


 Yo„l harakati xavfsizlig xizmati


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/71
Sana18.08.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1668171
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Bog'liq
Алоқа йўллари (1) (qqqq)

 
10.5. Yo„l harakati xavfsizlig xizmati 
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 5 dekabrdagi 539-sonli qaroriga asosan
O„zbekiston Respublikasi hududida harakat xavfsizligini ta‟minlash IIV dagi YHX 
boshqarmalariga yuklatilgan. 
YHXB ning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilangan: 
- yo„llarda harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash bo„yicha qonunlar, qoidalar, 
me‟yorlarga rioya etilishini nazorat qilish; 
- manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan 
hamkorlikda yo„llarda harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash, bu sohadagi 


120 
huquqbuzarliklarning oldini olishga oid takliflar va tadbirlarni ishlab 
chiqish; 
- yo„l-transport hodisalari sodir etilishiga, yo„llarda harakatlanish qoidalari 
buzilishiga, bu sohadagi boshqa huquqga xilof xatti-harakatlar yuz berishiga olib 
keluvchi sabablarni aniqlash, o„z vakolati doirasida ularni bartaraf etish choralarini 
ko„rish:
- yo„l-transport hodisalarining hisobini olib borish, ularning sabablarini tahlil 
qilish, boshqa davlatlardagi ma‟lumotlar bilan taqqoslash; 
- yo„llarda harakatlanish qoidalari buzilishining hisobini olib borish, bu 
sohadagi qonunchilikni qo„llash amaliyotini umumlashtirish, qonunda belgilangan 
tartibda ma‟muriy huquqbuzarliklarni ko„rib chiqishni tashkil etish va amalga 
oshirish; 
- atrof muhitni avtomototransport vositalarining zararli ta‟siridan himoya qilish 
tadbirlarini amalga oshirish, bu boradagi me‟yoriy hujjatlar talablari bajarilishini 
nazorat qilish; 
- O„zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
xavfsizlik 
xizmati 
bilan 
hamkorlikda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa qo„riqlanadigan 
shaxslar (shu jumladan, xorijiy davlat rahbarlari)ning maxsus avtomobillarini 
kuzatib borishni va ularning to„siqsiz o„tishini ta‟minlash, shuningdek, maxsus 
trassa va maxsus maqsaddagi avtomobillar holatini nazorat qilib borish; 
- avtomototransport vositalarining belgilangan tartibda, shu jumladan, 
shartnoma asosida kuzatib borilishini amalga oshirish; 
- avtokarvonda odamlarni ommaviy ravishda tashishda harakatlanish 
xavfsizligini ta‟minlash; 
- mamlakat va xalqaro miqyosdagi ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy 
tadbirlar paytida harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash; 
- avtomototransport 
vositalari 
haydovchilarini 
tayyorlaydigan 
o„quv 
tashkilotlarini ro„yxatga olish va o„quv jarayonini nazorat qilib borish. Yo„llarda 
harakatlanish qoidalari va avtomototransport vositalarini amaliy boshqarish 


121 
malakasi bo„yicha imtihon olish. Avtomototransport vositalarini boshqarish 
huquqini beruvchi guvohnomalarni berish. Bu masalalarda jahondagi ilg‟or 
tajribalarni o„rganish va hayotga tatbiq etish; 
- xorijiy davlatlar elchixonalari va konsulliklariga, xalqaro tashkilotlar 
vakolotxonalari, chet el korxona va muassasalariga qarashli avtomototransport 
vositalariga maxsus davlat raqami belgilari berish, ularning xodimlariga, boshqa 
xorijiy fuqarolarga, fuqaroligi bo„lmagan shaxslarga haydovchilik guvohnomalari 
va ularga qarashli avtomototransport vositalariga maxsus davlat raqami belgilarini 
berish; 
- og‟ir vaznli, xavfli, maxsus va katta hajmli (gabaritli) yuklarni tashishga 
ruxsat berish, ularni tashishda harakatlanish xavfsizligi talablariga rioya etilishi 
yuzasidan nazoratni amalga oshirish; 
- O„zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi, 
shuningdek, maxsus va maxfiy yuklarni ta‟minlaydigan muassasalar, idoralar va 
tashkilotlarning maxsus avtomototransport vositalariga maxsus talon berish; 
- yo„llardagi harakatlanish sharoitlarini o„rganish, ko„cha va yo„llarda 
transport hamda piyodalar qatnovi tashkil etilishini takomillashtirish choralarini 
ko„rish; 
- yo„llardagi harakatlanishni tartibga solish, shu maqsadda texnik vositalar va 
avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish; 
- avtobuslar muntazam qatnaydigan xalqaro, shaharlararo va mahalliy 
yo„nalishlarni ko„rib chiqish va ularga ruxsat berish haqidagi xulosalar tayyorlash; 
- avtomobil yo„llari, ko„chalar, yo„l inshootlari, temir yo„llardan o„tish joylari, 
shahar elektr transporti yo„li, turar joy dahalari, alohida binolar, kichik 
me‟morchilik inshootlari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko„rsatish, 
avtomobillarga yonilg‟i quyish shaxobchalarini qurish va qayta qurish loyihalarini, 
avtomototransport 
vositalarining 
konstruktsiyasi 
(tuzilishi)ni 
yo„llarda 
harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash nuqtai nazardan ko„rib chiqish va ular 


122 
yuzasidan xulosalar tayyorlash, ushbu inshootlar va avtomototransport vositalari 
ishida qatnashish; 
- daxldor vazirlik, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda yo„llar, yo„l 
inshootlari, yo„l belgilari va chiziqlari, harakatlanishni boshqarishning texnik 
vositalari, temir yo„l kesishmalarining holatini o„rganib chiqish bo„yicha har yili 
kamida 2 marta (bahorgi va kuzgi) mavsumiy ko„rik o„tkazish; 
- yo„l-transport hodisalari va to„qnashuvlar yuzasidan surishtiruv ishlarini olib 
borish; 
- yo„l-transport hodisasi yuz bergan joyda kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni 
amalga oshirish, uni sodir etgan ishtirokchilarni ushlab turish, guvohlarni aniqlash, 
yo„l-transport hodisasini hujjatlashtirish, transport va piyodalarning xavfsiz 
qatnovini tashkil etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko„rsatish va 
boshqalar; 
- olib qochilgan, o„g‟irlangan avtomototransport vositalari va yo„l-transport 
hodisasi joyidan yashiringan haydovchilarni qidirish ishini tashkil etish va amalga 
oshirishda ishtrok etish; 
- mulkchilik shaklidan qat‟iy nazar, yangidan ochilayotgan texnik xizmat 
ko„rsatish stantsiyalari va avtomobillarni tuzatish ustaxonalarini ro„yxatdan 
o„tkazish;
- mulkchilik shaklidan qat‟iy nazar, texnik xizmat ko„rsatish stantsiyalari va 
avtomobillarni tuzatish ustaxonalarida yo„llarda harakatlanish xavfsizligini 
ta‟minlash, saqlashdagi me‟yoriy hujjatlarga rioya qilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish, avtomototransport vositalari tuzatishning qonuniyligini tekshirish; 
- o„quv kabinetlarini, maktab muassasalarini harakat qoidalariga qay darajada 
o„qitilishini nazorat qilish. 
Toshkent shahar IIBB YHXB o„z faoliyatida O„zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlariga, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va 
farmoyishlariga, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 


123 
farmoyishlariga, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh 
boshqarmasi idoraviy va me‟yoriy hujjatlariga amal qiladi. 
Toshkent shahar IIBB YHXB quyidagi tarkibdan iborat: 
- tahliliy-tashkiliy bo„lim; 
- shaxsiy tarkib bilan ishlash bo„limi; 
- nazorat-profilaktika bo„limi; 
- axborot-kompyuter markazi; 
- markaziy dispetcherlik xizmati; 
- qidiruv bo„limi; 
- surishtiruv bo„limi; 
- ekspert-kriminalistik bo„linma; 
- markaziy dispetcherlik xizmati filiallari (jami 4 ta); 
- ma‟muriy amaliyot bo„limi; 
- yo„l nazorat bo„limi; 
- texnika nazorat bo„limi; 
- jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish bo„linmasi; 
- ro„yxatlash va imtihon olish bo„limi; 
- tumanlararo ro„yxatlash va imtihon olish bo„linmalari (jami 4 ta); 
- tumanlararo avtomobillarni diagnostika qilish stantsiyalari (jami 3 ta); 
- moddiy-texnika bilan ta‟minlash va xo„jalik ta‟minoti bo„limi; 
- maxsus o„rnatish-foydalanish boshqarmasi; 
- moliya-iqtisod bo„limi; 
- kotibiyat; 
- yo„l-patrul xizmati brigadasi (YPX brigadasi). 
Davlat yo„l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi matnlarda DYHXX) 
yo„l nazorati bo„lim(bo„linma)lari faoliyati transport vositalari va piyodalarning 
harakatlanish xavfsizligini ta‟minlash, yo„llarda, sun‟iy inshootlarda va temir yo„l 
kesishmalarida ularning o„tkazish imkoniyatlarini oshirishga, shu orqali yo„l-
transport hodisalarining oldini olishga qaratilgandir. 


124 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling