Щзбекистон республикаси
Ko„priklar va ularning turlari
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
9.3. Ko„priklar va ularning turlari
Kema qatnaydigan daryolar orqali ko„prikli o„tish joylarida doimiy ko„priklardan tashqari ba‟zan ikki tavaqali ko„priklar quriladi, kemalarni o„tkazib yuborish uchun bu ko„priklar bo„yicha harakat davriy ravishda qisqa vaqt to„xtatib qo„yiladi. Ikki tavaqali ko„priklar ko„pincha daryolarning dengiz yoqasidagi quyilish uchastkalarida, shaharlarda quriladi, bu erga baland dengiz kemalari kirishi mumkin, shuningdek, bu erda ko„prikdan shahar ko„chalariga tushish yo„llari qurish zarurati bo„lganligidan ba‟zan kemalar yurish sharoitlari bo„yicha ko„prikning balandligini ta‟minlab bo„lmaydi 9.4-rasm. 9.4-rasm. Doimiy ko„prik Suzadigan (qalqima) ko„priklari bo„lgan ko„prikli o„tish joylari ochiq suv oqimlari orqali yilning ancha ko„p qismi davomida yo„l bo„lib xizmat qiladi, biroq kuzgi va bahorgi shovush (muz ko„chishi) vaqtlarida va muz yupqa bo„lgan davrda 99 yo„lda harakat to„xtab qolishi bilan xarakterlanadi. Muz transport vositalarining yurib o„tishi uchun xavfsiz qalinlikka etganidan keyin muz ustidan o„tish yo„llari quriladi, ular qish davrida suzadigan ko„priklar o„rnini bosadi. Kema qatnaydigan daryolarda qalqima ko„priklar vaqti-vaqti bilan ishlamaydi va ko„prik qismlari kemalarni o„tkazish uchun chiqarib qo„yiladigan yilning issiq davrlarida ham ishlamaydi. Qalqima ko„priklar sersuv keng daryolarni kesib o„tishda quriladi, bunda yil bo„yi to„xtovsiz harakatni ta‟minlaydigan doimiy tayanchli ko„priklar qurish yo„ldagi harakat miqdori bo„yicha hali kerak bo„lmaydi. Ko„priklar uzunligi bo„yicha uchta guruhga bo„linadi. Odatda, uzunligi 25 m gacha ko„priklar kichik ko„priklar, 25 dan 100 m gacha bo„lganlari o„rtacha ko„priklar, 100 m dan uzunlari katta ko„priklar deb ataladi. Uzunligi 100 m dan kam bo„lgan, biroq prolyotlari 30m dan ortiq bo„lgan ko„priklar ham katta ko„priklar guruhiga kiradi. Ko„prikning prolyotlari (tayanch oralari) hamma vaqt bir hil qilib belgilanmaydi. Kema qatnaydigan daryolarda kemalarning yurishi turg‟un bo„lgan hollarda prolyotlarning faqat bir qismi kemalarni o„tkazish uchun moslashtiriladi, qolgan prolyotlar ancha kichik qilib qurilishi mumkin. Kichik prolyotlarning eng foydali uzunligi keraklicha iqtisodiy jihatdan asoslab tanlanadi 9.5-rasm. 9.5-rasm. Ko„prikni prolyotlarga bo„lish va kema qatnashi uchun prolyotlar ajratish 100 Katta ko„priklar va ularga kelish yo„llarini qurish qiymati yuqori va daryo orqali o„tish joyining (kechuvning) joylashuviga juda ham bog‟liq. Shuning uchun ancha katta doimiy ochiq suv oqimlarini kesib o„tiladigan joylar butun yo„lning joydagi o„rnini belgilovchi punktlar bo„lib hisoblanadi. Daryodan o„tish joyining ancha katta uzunligida yo„lning o„q chizig‟ini belgilash bunda ko„prik qurish va unga keladigan yo„llarni qurish uchun optimal joyni tanlashga bo„ysindiriladi. Katta ko„priklarning ishlash sharoiti kichik sun‟iy inshootlarning ishlash sharoitiga qaraganda murakkabroq, chunki ular suv oqimi shikastlashidek katta xavf ostida bo„ladi. Chunonchi, bunga sabab inshootlarning zo„riqib ishlash davrlarining davomiyligi turlichaligidir: kichik sun‟iy inshootlar suvni o„tkazish uchun yiliga bori yo„g‟i bir necha soat intensiv ishlaydi; katta ko„priklar haftalab, ba‟zan oylab uzoq davom etadigan toshqinlar sharoitida ishlaydi. Bundan tashqari, daryo o„zani qo„zg‟aluvchan va oson yuviladi, katta ko„priklar tagida esa sun‟iy mustahkamlagichlar qurishning amalda iloji yo„q, shuning uchun daryoni ko„prikli o„tish joyining inshootlari bilan siqib qo„yish o„zanning albatta yuvilishiga olib keladi. O„zanda ko„prik tayanchlari o„rnatilgan, ularning yuvilish xavfi bor, shu munosabat bilan katta ko„prik ostida oqim tezligining ortishi notabiiy oqim tezligiga taqqoslaganda ancha cheklab qo„yiladi. Katta ko„priklarning va kichik sun‟iy inshootlarning o„lchamlarini aniqlashda bajariladigan gidravlik hisoblashlar ancha ajralib turadi: kichik ko„priklar va quvurlar uchun asosan yuvilmaydigan o„zanda suv oqimining oqishini hisoblash bilan cheklaniladi; katta ko„priklar uchun avvalambor o„zan hisoblashlari bajariladi, ular suv oqimining harakatini ham, yuviladigan o„zanda ko„prik ostida daryo tubining pasayishi mumkinligini aniqlash maqsadida cho„kindilar oqimi harakatini ham hisobga oladi. Katta ko„priklar uchun bunday taqribiy hisoblashlarga yo„l qo„yilmaydi, chunki ancha katta xatoliklar beradigan ma‟yorlardan foydalanish qimmat turadigan inshootlarning shikastlanishiga yoki ularning yanada ko„proq qimmatlashuviga olib kelishi mumkin. Katta ko„priklarga kelayotgan suv oqimini 101 hisoblash uchun gidrologik hisoblashlarning maxsus usullaridan foydalaniladi, ular daryolarni uzoq vaqt bevosita kuzatishlar va matematik statistika usullaridan foydalanish bilan bog‟liq. O„rtacha ko„priklarni loyihalashda bevosita kuzatish ma‟lumotlari mavjudligiga qarab gidrologik hisoblashlarning aytib o„tilgan va boshqa usullari qo„llanadi 9.6, 9.7-rasm. 9.6-rasm. Zamonaviy osma ko„prik 9.7-rasm. Qadimgi g‟isht ko„prik Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling