Щзбекистон республикаси
“Buyuk ipak yo„li” ning hozirgi o„rni
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
1.4. “Buyuk ipak yo„li” ning hozirgi o„rni
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan transport yo„laklarini rivojlantirishga katta e‟tibor qaratilmoqda. Bu borada Evropa xamjamiyatining TASIS dasturi asosida tuzilgan TRASEKA loyihasini O„zbekistonda qo„llab quvvatlanishi bunga misol bo„ladi. Keyingi yillarda Buyuk Ipak Yo„lini tiklash, masalasida Respublikamizda bir qator ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.04.2009 yildagi PQ-1103 sonli “2009-2014 yillarda O„zbek milliy magistrallarini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish chora- tadbirlari to„g‟risida”gi qaroriga muvofiq respublikada milliy magistrallarni barpo qilinishi, E40 Evropa avtomagistrallari tarmog‟iga ulanadigan avtomobil magistrallarini qurilishi, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 6.03.2015 yildagi PQ-2313 sonli “2015-2019 yillarda muhandislik kommunikasiya va yo„l transport infratuzilmani rivojlantirish va madernizatsiya qilish dasturi to„g„risida” gi qarorlar bunga misol bo„ladi. Quyidagi 1.3-rasmda respublika hududidagi aloqa yo„llari keltirilgan bo„lib, bunda Andijon, Farg‟ona, Qo„qon, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urgench, Nukus, Qo„ng‟irot shaharlarini bog‟lovchi, Samarqand, Qarshi, G‟uzor 15 va Termiz shaharlarini bog‟lovchi avtomobil yo„llari “Buyuk ipak yo„li”ning hozirgi o„rnini tashkil qiladi. 1.3-rasm. O„zbekiston Respublikasi aloqa yo„llari xaritasi 1.5. Tranzit harakat yo„nalishlari O„zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi rivojlanish ko„rsatkichlari eng yuqori bulgan va Buyuk Ipak Yo„lida joylashgan mamlakat hisoblanadi. Qadimda ham, xorijiy mamlakatlar savdo karvonlari yurtimiz orqali o„tib, Osiyo va Evropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlarini amalga oshirgan. Bugungi kunda ham xorijiy yuk tashuvchi avtotransportlar Respublikamiz hududidan yuk olib o„tib, dunyo bozorlariga chiqmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 yanvar 11-sonli qaroriga asosan quyidagi 13 ta yo„nalishdagi avtomobil yo„llari xorijiy avtotransport vositalarining tranzit yuklarini Respublika hududidan olib o„tishini ta‟minlaydi. Bu quyidagi yo„nalishlardir: - "Turkmaniston chegarasi-Olot-G‟isht ko„prik-Qozog‟iston chegarasi"; - "Turkmaniston chegarasi-Olot-Bekobod-Tojikiston chegarasi"; 16 - "Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Olot-Turkmaniston chegarasi"; - "Afg‟oniston chegarasi - Xayraton - G‟isht ko„prik - Qozog‟iston chegarasi"; - "Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Bekobod-Tojikiston chegarasi"; - "Qozog‟iston chegarasi - G‟isht ko„prik-Bekobod-Tojikiston chegarasi"; - "Afg‟oniston chegarasi-Xayraton-Uzun-Tojikiston chegarasi"; - "Qozog‟iston chegarasi-G‟isht ko„prik-Uzun-Tojikiston chegarasi"; - "Tojikiston chegarasi-Bekobod-Uzun-Tojikiston chegarasi"; - "Tojikiston chegarasi - Andarxon posti (Farg‟ona vil.) - Andijon - Qirgiziston chegarasi"; - "Afg‟oniston chegarasi - Xayraton - Samarqand - Tojikiston chegarasi"; - "Turkmaniston chegarasi-Olot-Samarqand-Tojikiston chegarasi"; - "Turkmaniston chegarasi - Nukus shahri - Buxoro shahri - Turkmaniston chegarasi". Bu yo„nalishlar xalqaro axamiyatga ega bo„lgan M-37, M-39, M-41, A-337, A-373, A-376, A-377, A-378, A-380 va Respublika ahamiyatidagi 4R1, 4R20, 4R45, 4R103 avtomobil yo„llari asosida hosil bo„ladi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling