Щзбекистон республикаси
Temir yo„llarning ko„ndalang kesimi
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
2.3. Temir yo„llarning ko„ndalang kesimi Temir yo„l - yo„l poyiga chaqiq tosh, shag‟al, yoki qum yotqizilgan bo„lib, uning ustiga temir beton va unga pulat relslar o„rnatiladi, yoki yog‟och shpallar va unga maxsus maxkamlovchi elementlar bilan po„lat relslar maxkamlangan qurilma o„rnatiladi 2.2-rasm. Dunyodagi turli mamlakatlarda temir yo„llar xar xil iz oralig‟iga ega: me‟yoriy, keng, o„rtacha, tor (1656-1520-1000-900). Evropada me‟yoriy turdagi iz oralig‟i 1435 mm ni tashkil qiladi. MDH davlatlarida va Finlandiyada iz oralig‟i temir yo„ldan foydalanish texnik qoidalariga asosan 1520 mm teng. Stefenson iz oralig‟ini Evropa mamlakatlari, Kanada, AQSH, Meksika, Turkiya, Eron va 22 Shimoliy Afrika mamlakatlari qo„llaganlar. Harakat xavfsizligi talbalariga binoan temir yo„ldagi ko„prik va tunnellarni, yuk va yo„lovchi platformalarini qurishda ularning temir yo„l izlariga yaqinlashish oraliqlariga alohida talab quyiladi. 2.2-rasm. Temir yo„l poyining ko„ndalang kesimi. 1 - yo„l poyi (er tushamasi), 2 - balpasst prizma, 3 – shpal, 4 - pulat rels. Temir yo„llar tarkibidagi yuk va yo„lovchi bekatlari GOST talabiga binoan harakatlanuvchi tarkiblarning gabarit hajmlari balandligi (ortilgan yuklarni hisobga olganda) 4280-5300 mm va eni 3150-3600 mm dan oshmasligi belgilangan. Asosiy temir yo„llardagi qurilmalar balandligi 6400 mm dan va eni 4960 mm dan kam bo„lmasligi kerak. Zamonaviy magistral temir yo„ldagi sun‟iy inshootlar va har bir pogonometr izlarga to„g‟ri keluvchi maksimal og‟irlik 80 N va qo„sh g‟ildirakli yuk vagonlari o„qiga tushuvchi maksimal og‟irlik 820 N, lokomotivlar xar bir o„qi uchun esa 230 N dan oshmasligi kerak. O„zbekistonda chet eldan keltirilgan maxsus “Vagon g‟ildiraklarini alohida holda sinovdan o„tkazish” uskunasi mutaxassislar tomonidan o„rnatildi. Mazkur qurilma yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar uchun moslashtirilgan bo„lib, g‟ildiraklarni oson va tez sinovdan o„tkazish imkonini beradi. Kompaniya mablag‟larini iqtisod qilish va o„z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, mazkur poezdlar uchun “PATENTES TALGO, S.L.” kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Afrosiyob” lokomotivi telejkalarini sinovdan o„tkazish qurilmasi Andijon mexanika zavodida tayyorlandi. Sex uchun mo„ljallangan barcha texnik nazoratdan o„tkazish qurilmalari olib kelinib o„rnatildi va to„la quvvat bilan 23 ishlamoqda. Ayni damda Ukrainadan olib kelingan “Afrosiyob” poezdlari ustini yuvish uskunasi o„rnatilib, ishga tushirish ishlari olib borilayapti. “Afrosiyob” elektropoezdlari yuqori tezlikda harakatlangani bois ularning texnik va texnologik sozligi alohida ahamiyatga ega. Shu bois har kuni mazkur poezdlar reysga chiqishdan avval to„liq nazoratdan o„tkaziladi. Ispaniyalik mutaxassislar bilan birgalikda “O„zbekiston” lokomotiv deposi muhandis-texnik xodimlari ham bu boradagi amaliy ko„nikmalarini oshirib borishyapti. Shu o„rinda aytib o„tish joizki, yuqori tezlikdagi poezdlarga xizmat ko„rsatuvchi 6 nafar muhandis ispan mutaxassislari bilan amaliy mashg‟ulotlarda muntazam qatnashib, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o„tib, “Afrosiyob” poezdida faoliyat olib bormoqda. Mazkur poezdlarning mavjud elektropoezdlaridan bir qator afzalliklari bo„lib, poezd konstruktsiyasining engilligi evaziga kam energiya sarflanadi. Yuqori tezlanish, shuningdek, yuqori ishonchlilik, g‟ildiraklarni relsga nisbatan kam emirilishi, texnik xizmat ko„rsatishda xarajatlarni kamayishiga va ortiqcha sarf-xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ayni damda sexda ispan mutaxassislari bilan birga 20 nafar xodim xizmat qilib, poezdlar harakatini tashkil etishda muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Yo„lovchi tashishlarning komfortabelligini oshirish va ularni jahon standartlari darajasiga keltirish maqsadida 2004 yil 15 yanvarda "Uzjeldorpass" OAJ yuqori komfortabelli tezyurar yo„lovchi poezdi marshrutini tashkil qildi. Registon Elektropoezdi oltita vagondan iborat bo„lib, yuqori tezlikda (avtomobil transportidan tezroq) yuradi, bu qisqa muddat ichida yo„lovchilarni Toshkentdan Samarqandga va Samarqandan Toshkentga etkazish imkonini beradi. Vagonlar qulay o„rindiqlar, ajratilgan kupelar bilan jihozlangan. Har bir kupeda oltitadan yumshoq o„rindiq bor. 2.3-rasmda Registon Elektropoezdining komfortabel vagonlari tasvirlangan. 24 2.3-rasm. Registon elektropoezdi. Vagon konstruktsiyasi yoritilganligi, ergonomikasi, mikroiqlimi, shovqini va vibratsiyasi bo„yicha sanitar me‟yor talablariga, yong‟in xavfsizligi talablariga to„liq javob beradi. Konstruktsiya germetikligi va silliqligining ortishi bir xil turdagi vagonlar sostavida yuqori tezlikda harakatlanishda havo qarshiligining kamayishini ta‟minlaydi. Yon devorlari va pol zanglamas po„lat listidan yasalgan bo„lib, bu kuzov tarasining massasini kamaytirish va ta‟mirlash-tiklash ishlarisiz xizmat muddatini oshirish imkonini beradi. Turbokompressorli (2400aylana/min) havoni sovutish qurilmasi mikroprotsessorli qurilma yordamida yilning issiq davrida havo haroratini +24 o C atrofida avtomat tarzda boshqarish imkonini beradi. Derazalarning yangi konstruktsiyasi, yangi issiqlik izolyatsiyasining qo„llanishi tovush yutilishini yanada yuqoriroq darajasini ta‟minlaydi va issiqlik o„tkazish koeffitsientini kamaytirish imkonini beradi, bu esa o„z navbatida elektroenergiyani tejash va komfortabellikni oshirshni ko„zda tutadi. Buzilmasdan ishlaydigan, ekologik toza berk tualet tizimlari ulardan harakatlanish vaqtida va bekatda turgan vaqtda foydalanish imkonini beradi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling