Щзбекистон республикаси
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OPMS-203, EP-1 hamda SPMS
2.2.Temir yo„l tarmoqlari
Bugungi kunda Respublikada temir yo„llarning foydalanuvdagi uzunligi 3645 km ni tashkil qiladi. Shundan 3009 km bir izli, 636 km ikki izli temir yo„llar hisoblanadi. O„zbekistonda temir yo„llar rels oralig‟i 1520 mm ni tashkil qiladi. Bu ko„rsatkich boshqa mamlakatlarda 1600, 1667 va 1676 mm ni tashkil qiladi. Temir yo„l transportining asosiy texnik jixozlariga doimiy qurilmalar va harakat tarkiblari kiradi. Temir yo„l harakat tarkibiga lokomotivlar, motorli vagonli harakat tarkibi va vagonlar kiradi. Lokomotivlarga: elektrovozlar, teplovozlar, gazotrubovozlar, paravozlar kiradi. “O„zbekiston temir yo„llari” DAK mutaxassislari tomonidan “Toshkent- Samarqand” yo„nalishida “Afrosiyob” tez yurar lakomativi yuqori tezligini, sifatli va xavfsiz harakatlanishini ta‟minlash maqsadida yuk poezdlari harakatlanishi uchun qurib bitkazilgan bir yo„lli “Yangier – Dashtobod” uchastkasi foydalanishga topshirildi. Qolaversa, 60 kilometrlik “Dashtobod – Jizzax” uchastkasi bo„ylab yangi yo„lning qurilishi va elektrlashtirish ishlari ham jadallik bilan davom ettirilmoqda 2.1-rasm. Qurilish ishlarini kompaniyaning Yo„l xo„jaligi boshqarmasi tasarrufidagi OPMS-203, EP-1 hamda SPMS kabi korxonalarning og‟ir texnikalari va yo„lsozlari ikki smenada ish olib borishmoqda. Uchastka bo„ylab tuproq ko„tarma ishlari tugatilib, panjarali relslar yotqizildi. Relslar atrofi zarur shag‟al mahsulotlari bilan to„ldirildi. Uchastka oralig‟ida 4 ta raz‟ezd, 5 ta yo„lni kesib o„tish joylari bunyod etildi. Ayni paytda temir yo„lning bir qismida panjarali relslar to„liq yotqizib bo„lindi. Po„lat izlarni yotqizish ishlari Yo„l xo„jaligi boshqarmasining zamonaviy transport vositalari yordamida amalga oshirilmoqda. Zarur mahsulotlardan iborat temir-beton qurilmalar, shpallar, ko„priklar va boshqa materillar mahalliy korxonalarda tayyorlanib, qurilish ob‟ektlariga etkazilyapti. Yangi temir yo„l ob‟ektining qurilishi respublikamiz temir yo„llarini takomillashtirish, yo„lovchi va yuk tashish ishlarini bajarishda qulayliklarni yo„lga 21 qo„yish, belgilangan manzilga tez va ishonchli etib borishlarini ta‟minlash, harakat xavfsizligi hamda sarf-xarajatlarni kamaytirish asnosida iqtisodiy tejamkorlikni yuzaga keltiradi. 2.1-rasm. O„zbekiston Respublikasi Temir Yo„llari xaritasi Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling