Sianli eritmalardan oltinni sorbsiya usulida ajratish
Koʻmirni regeneratsiyalash
Download 0.68 Mb.
|
Koʻmirni regeneratsiyalash
Toʻyingan koʻmirni yoqib kul olish va keyinchalik eritib xomaki metall olish usuli yoki nodir metallarni turli erituvchilar ishtirokida elyuirlash (desorbsiyalash) usulida ajratib olish mumkin. Soʻnggi usul sorbentni regeneratsiyalash imkonini beradi. Desorbent sifatida qaynoq sian eritmasi, suyuq ammiak, natriy sulfidining suvli eritmalari yoki ishqorlar ishlatilishi mumkin. Amaliyotda nodir metallarni desorbsiyalash uchun odatda qaynoq sianidli eritmalar qoʻllanilib, ular 0,1-0,2% NaCN va 1-2% NaOH holda ishlatiladi. Jarayon dinamik sharoitda 3-4 ta vertikal kolonnalarda olib boriladi (33chizma). Erituvchi eritma birinchi kolonnaga eritma harakati boʻylab beriladi, oltinga toʻyingan eritma oxirgi kolonnadan chiqadi. Har bir kolonnada eritma pastdan yuqoriga qarab harakatlanadi. Sorbent aeroliftlar yordamida davriy ravishda ma’lum miqdorda bir kolonnadan ikkinchi kolonnaga eritma oqimiga qarama-qarshi holatda uzatiladi. Birinchi kolonnadan toʻyingan koʻmir olinadi, oxirgi kolonnaga esa tozalangan faollangan koʻmir yuklanadi. Jarayon 85950C da olib boriladi. Jarayonning kamchiligi desorbsiyalash tezligining pastligi, u 2-3 kun davom etadi. Jarayon tezligini haroratni oshirish (120-1300Cgacha) hisobiga oshirish mumkin. Bu holatda jarayon 8 soat davom etib, buning uchun yuqori bosimda ishlovchi (400-500kPa) maxsus dastgohlar talab qilinadi. Shuningdek sianidli eritmalar ishtirokida desorbsiyalashni eritmaga 1020% (hajmda) etil spirt qoʻshib amalga oshirish mumkin. Bu usulda jarayonning davomiyligini 10-15 soatgacha qisqartirish mumkin, ammo bunda texnika xavfsizligi qoidalariga jiddiy rioya qilish talab qilinadi, chunki atrof muhitga oson yonuvchan va zaharli etil spirti bug’lari hosil boʻlish xavfi oshadi. Nodir metallarni desorbsiyalash vaqtida Shuningdek qoʻshimcha metallar (mis, temir va boshqalar) ham desorbsiyalanadi. Ularning ma’lum qismi, asosan kalsiy va organik birikmalar koʻmirning faolligini pasaytirib, unda qolib ketadi. Kalsiy koʻmir g’ovaklarida karbonat shaklida boʻladi. Bu birikmalardan koʻmirni tozalash uchun ular suyultirilgan nitrat va sulfat kislotalarda qayta ishlanadi. Koʻmirdagi organik birikmalar esa termik ishlov berish, ya’ni 6008000Cda 0,5-1 soat davomida, havosiz sharoitda, aylanma quvurli pechda qizdirish natijasida yoʻqotiladi. Sovitishdan soʻng olingan koʻmir elanadi va regeneratsiyalangan koʻmirlar sorbsiya jarayoniga qaytariladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling