“сиёсий ва ҳУҚУҚий таълимотлар тарихи” фанининг предмети, методи ва аҳамияти
Download 356.31 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
SIYOSIY HUQUQIY SOXADAGI HALQARO REYTINGLAR VA ULARGA O'ZBEISTONNING INTEGRATSIYALASHUVIReja:
predmeti, o`rganish uslublari va 1. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining ahamiyati. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi davlat va huquq haqidagi nazariy bilimlarning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixini o`rganuvchi ham tarixiy , ham nazariy ixtisoslikka mansub fandir. Siyosiy huquqiy ta`limotlar tarixi fanining predmeti bo`lib,jamiyatdagi nazariy ta`limotlardan tashqarii siyosiy va huquqiy voqelikni o`zida aks etuvchi turli tasavvurlar, his- tuyg`ular,e`tiqodlar, kayfiyatlar, fikrlar ham mavjud. Bular turli asarlarda, davlat va jamoat arboblarining fikrlarida va mulohazalarida ifodalangan.Ular maxsus nazariya darajasida bo`lmasada , jamiyatdagi turli ijtimoiy-siyosiy harakatlarning manfaatlarini , siyosiy dasturlarini aniqlash va yoritish imkonini beradi.Fanning predmeti bularning barchasini qamrab oladi. Mazkur o`kuv fanining o`qitishdan maqsad bo`lajak huquq sohasi mutaxassislarini umumjaxon miqyosidagi siyosiy va huquqiy ta`limotlarning paydo bo`lishi xamda rivojlanish qonuniyatlarini o`rgatish, ularning tafakkuri tarixiy sinovlardan o`tgan ibratli siyosiy va huquqiy fikrlar bilan boyitish, turli siyosiy va huquqiy g`oyalar, fikrlar, nazariyalar moxiyatini anglab olish malakasini shakllantirishdir. «Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi» fanini o`rganishda ijtimoiy fanlarni o`rganishda qo`llaniladigan uslublardan foydalaniladi. Falsafiy va maxsus-huquqiy, formal mantiiqiy, dialektik, sistematik, qiyosiy- tarixiylik uslublari alohida o`rin tutadi. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fani yuristlarning zamon talabiga mos dunyoqarashini shakllantirib, huquq sohasidagi ilmlarini yanada mustaxkamlashga yordam beradi. Xozirgi davrda davlat va huquq haqida chukur ilmiy tasavvurga ega bo`lish zamonaviy dunyoviy tafakkurning teranlashuviga va O`zbekistonning jaxon xamjamiyatida insonparvar demokratik huquqiy davlat sifatida o`z qonuniy o`rnini egallashiga xizmat qiladi. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixining ahamiyati shundaki, u bo`lajak huquqshunoslarni umumjahon miqyosidagi ta`limotlarning paydo bo`lish va rivojlanish qonuniyatlari bilan malakasini tanishtirish bilan birga,ularda bu ta`limotlarning mohiyatini anglab olish shakllantiradi. 2. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining vazifalari va unga qo`yilgan talablar Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining birinchi vazifasi - huquq sohasi bo`yicha bulajak mutaxassislarga siyosiy va huquqiy ta`limotlarning rivojlanishi jarayonida ruy berayotgan evolyutsiyasi haqida bilim berish. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining ikkinchi vazifasi - davlat va huquq haqidagi nazariyalarni xayotga tadbiq qilish uchun talabalarni nazariy bilimlar bilan qurollantirish. Siyosiy va huquqiy talimotlar tarixi fanining uchinchi muxim vazifasi - talabalarda bugungi kunda mavjud qonunlarni siyosiy va huquqiy okimlar, nazariyalarining moxiyatini anglash va tushuntirib bera olish malakasini shakllantirishdir. “Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi” fanining vazifalari quyidagilar: - huquq sohasi bo`yicha bo`lajak mutaxassislarga siyosiy-huquqiy ta`limotlarning rivojlanishi jarayonida ro`y berayotgan evolyutsiyasi haqida bilim berish; davlat va huquq haqidagi nazariyalarni hayotga tatbiq etish uchun nazariy bilimlar bilan qurollantirish; bugungi kundagi qonunlarni, mavjud siyosiy-huquqiy g`oyalarni, qarashlarning mohiyatini anglash va tushuntirib bera olish malakasini shakllantirishdan iborat. “Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi” fani davlat va huquq nazariyasi bilan o`zaro bog`liqlikda tarixiy fan sifatida davlat, huquq, siyosat va qonunchilik haqidagi nazariy bilimlarning shakllanish va rivojlanishining tarixiy qonuniyatlarini o`rganadi. Talablar siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fani bo`yicha quyidagilardan iborat.
kerak.
3. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi fanining boshqa umumnazariy fanlari bilan aloqadorligi. Mazkur fan o`quv rejasidagi Davlat va huquq nazariyasi, Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi, Rim huquqi, O`zbekiston davlati va huquqi, Siyosatshunoslik fanlari bilan chambarchas bog`liqdir. Davlat va huquq nazariyasining murakkab jixatilarini egallash uchun siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixini mukammal bilishi kerak. Davlat va huquqning kelib chiqish, rivojlanish qonuniyatlarini biz bu xodisalar to`g`risidagi nazariy bilimlar manbalari orqali o`rganamiz. Shu bois davlat va huquq nazariyasini o`rganish siyosiy va huquqiy ta`limotlar tarixi bilan doimiy aloqada bo`lishi kerak. Xorijiy mamlakatlar davlat va huquq tarixi fani bilan siyosi yva huquqiy ta`limotlar tarixi fani chambarchas aloqador. Chunki xorijiy mamlakatlarning davlat va huquqi tarixi manbalarida
turli xil davridagi davlat va huquq haqidagi nazariy bilimlarni bilib olish mumkin. O`z navbatida siyosiy va huquqiy ta`limotldari tarixi uz usullari va vositalari bilan xorijiy mamlakatlar davlat xamda huquqi manbalarining xususiyatlari ilg`or yoxud salbiy jixatlari o`rganiladi. O`zbekiston davlat va huquq tarixini o`rganishda xam siyosiy huquqiy ta`limotlar tarixi fanidan olingan bilimlar muxim axamiyat kasb etadi. Siyosatshunoslik fani bilan bu fan mustaxkam aloqada bo`ladi. Siyosat haqidagi fan sifatida siyosatshunoslik fani siyosiy huquqiy ta`limotlar tarixi fanining ilmiy natijalariga tayanadi. Siyosiy huquqiy xodisalar haqidagi tarixiy-nazariy bilimlar kelajakda siyosiy va huquqiy institutlarning rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish imkonini beradi. Siyosiy huquqiy ta`limotlar tarixi barcha ijtimoiy fanlar, xususan, huquqshunoslik fanlaridan mustaxkam aloqada bo`lib, umumiy maqsadga xizmat qiladi. Siyosiy-huquqiy ta`limotlarni o`rganishga xar tomonlama xolisona yondashish, manbalar asosida davlat va huquq haqidagi ta`limotlarni o`rganishga e`tibor talab qilinadi. Muximi siyosiy g`oyalar ta`limotlar jamiyatning moddiy xayotigina emas, ma`naviy xayotiga xam bog`liq xolda o`rganilishi zarur. Siyosiy va huquqiy ta`limotlar o`zini keltirib chiqargan moddiy va ma`naviy asoslarga xam ta`sir etishini xisobga olish kerak. Siyosiy huquqiy ta`limotlar tarixi fanining rivojlanishiga katta xissa qo`shgan. Xalq og`zaki ijodi namunalaridagi dastlabki yozma manbalarida davlat, huquq, ozodlik, adolat, tinchlik to`g`risidagi fikrlarni o`rganishga xam e`tiborni karatish kerak. Adabiyotlar1. Adilxodjayeva S.M. Liberalizm: evolyutsiya idey ot proshlogo do nastoyahego. Monografiya. –T.: TDYUI, 2002. –120 s. Boboyev H.B. Siyosiy huquqiy ta’limotlar tarixi. –T.: TDYUI, 2003. –205 Boboyev H.B. O‘zbek davlatchiligi tarixi. –T.: “Fan”, 2004. – 294 b. Islamov Z. Obhestvo. Gosudarstvo. Pravo. –T.: Adolat, 2001. 695 b. Islomov Z.M. Davlat va huquq: umumnazariy masalalar. (Davlat nazariyasi). –T.: Adolat, 2000. – 272 b. Islomov Z.M. Huquq tushunchasi, mohiyati, ijtimoiy vazifasi. –T.: TDYUI, 2004. –138 b. Islomov Z.M.Fukarolik jamiyati: kecha, bugun, erta. –T.: TDYUI, 2003. –87 b. Istoriya politicheskix i pravovo‘x ucheniy. Pod redaksiyey Leysta. Uchebnik dlya VUZov –M.: Norma, 2001. –680 s. Muxamedov X.M. Islom va davlat nazariyasi muammolari. –T.: Adolat, 1998. –39b. Muxitdinova F.A. “Siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi” o‘quv qo‘llanma. –T.: TDYUI, 2003. –230 b. www.ziyonet.uz Download 356.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling