Sifat daraja kategoriyasi Reja


Download 92 Kb.
bet2/8
Sana18.02.2023
Hajmi92 Kb.
#1210332
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sifat daraja kotegoriyasi

Sifatning LMGlari. Darslik va qo'llanmalarda sifatning 9 ta LMG ajratiladi;
1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar. 2.Holat bildiruvchi sifatlar.
3.Shakl bildiruvchi sifatlar. 4.Rang-tus bildiruvchi sifatlar. 5.Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar. 6.Hid bildiruvchi sifatlar. 7.O'lchov bildiruvchi sifatlar. 8.O'rin bildiruvchi sifatlar. 9.Payt bildiruvchi sifatlar.
Quyida ularning har birini alohida-alohida ko'rib o'tamiz.
Xususiyat bildiruvchi sifatlar narsa/mavjudotlarning xarakter xususiyatini ifodalashda ko'p qo'llanadi: yoqimtoy, badjahl, muloyim, dilkash, yaxshi, yomon, loqayd kabi. Xarakter-xususiyat ijobiy yoki salbiy bo'lishi mumkin.
Holat bildiruvchi sifatlar narsa/mavjudotlarning holat yoki vaziyatini turg'un belgi sifatida ifodalaydi. Holat bildiruvchi sifatlar o'z o'rnida yana ichki guruhlarga bo'linadi:
l)tabiiy holat bildiruvchi sifatlar: go'zal, mo'min, o'ktam, cho 'loq, bukir.
2)jismoniy holat bildiruvchi sifatlar: bardam, baquvvat, tetik, yosh.
3)ruhiy holat bildiruvchi sifatlar: xafa, g'amgin, ma'yus, xursand, shod.
4)iqtisodiy holat bildiruvchi sifatlar: boy, badavlat, kambag'al, nochor.
5)harorat holatini bildiruvchi sifatlar: iliq, salqin, sovuq, issiq.
6)tozalik holatini bildiruvchi sifatlar: toza, ozoda, kir, musaffo, isqirt.
7)eskilik, yangilik holatini bildiruvchi sifatlar: yangi, eski, ko 'hna, juldur.
8)ho'l-quruqlik holatini bildiruvchi sifatlar: ho'l, quruq, nam, namxush.
9)tinch va notinch holatni bildiruvchi sifatlar: tinch, jim, jimjit, solan, osuda, osoyishta, bezovta.
10)etilganlik holatini bildiruvchi sifatlar: xom, pishiq, g 'o 'r, puxta.
Sliakl bildiruvchi sifatlar. Bu turdagi sifatlar narsa/predmetlarning tashqi ko'rinishlarini ifodalaydi: novcha, yassi, uzunchoq, dumaloq, yapaloq, aylana.
Rang-tus bildiruvchi sifatlar: oq, qora, qizil, pushti, sariq, zangor.
Maza-ta'm bildiruvchi sifatlar: shirin, achchiq, nordon,
taxir, sho V.

Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling