Sifat ko‘rsatkichi


Download 72.28 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1177248
1   2   3
Bog'liq
Tikuv materialshunasligi 11m

2. Ishonchlilik korsatkichi. Belgilangan oraliqda material vaqt davomida o‘z xossalarini saqlab qolishi bo‘lib, uni normal ishlatilishini ta’minlaydi. Bu guruh ko‘rsatkichlari birinchi guruh kabi to‘rtta guruhlarga bo‘linadi: a) eñtetik ko‘rsatkich (rang va oqlikning chidamligi, g‘ijimlanmasligi va boshqalar); b) gigiyenik ko‘rsatkich (o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligining
o‘zgarishi va boshqalar); d) o‘lchamli ko‘rsatkich (shaklan chidamligi, turli ta’sirlarga kirishishi va boshqalar); e) texnik ko‘rsatkich (normal ishlatilish muddati, ko‘pga chidamliligi, ko‘p marotabalik deformatsiyadagi chidamliligi, yemiruvchi turli omillarga chidamliligi, mustahkamligining o‘zgarishi, elastikligi,
chokining mustahkamligi va boshqalar).
3. Nuqsonli korsatkichi. Sifatning negativ ko‘rsatkichi bo‘lib, ishlatilmagan materiallarda yangi nuqsonlarning hosil bo‘lishini xarakterlaydi. Negativ sifat ko‘rsatkichi to‘qimachilik materiallarining navini baholashda ishlatilish davrida hosil bo‘ladigan nuqsonlari keng qo‘llaniladi.


4. Texnologik korsatkich. To‘qimachilik materiallarining qayta ishlanishi uchun yaroqliligini aniqlaydi. Bu polotnaning qalinligi, eni, bikrligi, burmabopligi, friksion xossalari, cho‘ziluvchanligi, elastikligi va boshqalardir.


5. Texnik-iqtisodiy korsatkichi. Bu guruhdagi ko‘rsatkichda to‘qimachilik materiallarining narxi bilan belgilanadi (material sig‘imi, polotno eni va boshqalar). Ba’zi bir sinflanishda ergonomik sifat ko‘rsatkichlar guruhi maxsus ajratiladi. GOST 16035-70 standarti bo‘yicha bu guruh buyumning gigiyenik, antropometrik, fiziologik, psixologik va psixofiziologik sifat ko‘rsatkichlarini
birlashtiradi. Buning barchasi inson faoliyatida boshqa buyumlar bilan o‘zaro ta’siri samarasidir, masalan, «insonbuyum-atrof-muhit» tizimidagi ishlab chiqarish samaradorligi, ishonchliligi, komfoptligini belgilaydi.
Ba’zida ishonchlilik ko‘rsatkichi sifat ko‘rsatkichlarini qo‘shmasdan alohida ko‘rib chiqiladi. Natijada, bu ko‘rsatkichlarning barchasi materialning yemirilish kinetikasi egri chizig‘ini aniq illyustrasiyalar bilan bezab ko‘rsatadi (10-rasm).
Ko‘pgina materiallar uchun bu egri chiziq empirik formula ko‘rinishida quyidagicha yoziladi: y=yo-axb
bu yerda:
y – x — soatda ishlatilgandan
keyingi pozitiv sifat ko’rsatkichi.
y0 — ishlatilmagan materialning boshlang‘ich sifat ko‘rsatkich
darajasi;
a — materialning boshlang‘ich ishonchsizligi;
b — ishonchsizlik ko‘rsatkich.
2-rasm. Materialning yemirilishidagi egri chiziq kinetikasi.

Ishonchsizlikning kompleks ko‘rsatkichi materialning normal ishlatilish muddati bo‘lib, (1) formuladan kelib chiqadi:



bu yerda: ymin — materialni normal sharoitda ishlatilishida pozitiv sifat ko‘rsatkichning minimal ruxsat etilgan ko‘rsatkichi qiymati.


(2) formuladan ko‘rinib turibdiki, ishonchlilikning kompleks ko‘rsatkichi xmin sifat ko‘rsatkichi y0 ga, hamda a, b va ymin materialning ishonchsizlik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘lchashlarning barcha ko‘rsatkichlari D. F. Simonenko ishida keltirilgan.


Kompleks sifat ko‘rsatkichlar birinchi navbatda nomenklaturali jadval asosida, shu bilan birgalikda bu ko‘rsatkichlarning sinflanishida belgilanadi. Oxirgi holatda, kompleks ko‘rsatkichlarni tanlab, ahamiyatli guruh ko‘rsatkichlari tartibga keltiriladi va bir xil ahamiyatli ko‘rsatkichlar qavs ichiga olib yoziladi. Masalan, kundalik kiyadigan erkaklarning kostumlari uchun ishlatiladigan
gazlamalar quyidagi tartib guruhi va guruhchalarga bo‘linadi:
2 g – (1a, 3, 2a, 2v) – (1b, 2b) – 5. Bu guruh va
guruhchalarni quyidagi ko‘rsatkichlarga ajratish mumkin:
normal ishlatilish muddati, chokining mustahkamligi -o‘rilish shakli,bo‘yoqning chidamliligi, g‘ijimlanmasligi, shakliy chidamligi, kirishish-gigroskopiklik, havo o‘tkazuvchanligi va ishlatilish davridagi ishonchliligi — material
sig‘imi va eni.Sifat ko‘rsatkichlarini qo‘shimcha tanlashdan keyin, ularning ahamiyatliligi baholanadi, uning uchun ekspert uslubi qo‘llaniladi.

Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling