Sifat ko‘rsatkichi


Download 72.28 Kb.
bet3/3
Sana08.02.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1177248
1   2   3
Bog'liq
Tikuv materialshunasligi 11m

Iplarning sinflanishi. Yigirish usuliga qarab, paxta ip apparat, taroqli va karda ipga; jun
ip — apparat, taroqli, yarim taroqli; ipak ip — tabiiy ipakdan yigirilgan taroqli, tabiiy ipakdan yigirilgan apparat; zig‘ir ip — quruq yigirilgan va ho‘llab yigirilgan, quruq yigirilgan tarandi va ho‘llab yigirilgan tarandi iplarga bo‘linadi. Tolalarning tarkibiga qarab, ip bir xil tolalardan tashkil topgan bir jinsli hamda, turli tolalardan tashkil topgan aralash xillarga bo‘linadi.
Pardozi va bo‘yalishiga qarab, ip xom, oqartirilgan, bo‘yalgan, merserizatsiyalangan, melanj (rangli tolalar aralashmasidan yigirilgan) va hokazo xillarga bo‘linadi.
Tuzilishiga qarab, ip yakka, pishitilgan, eshilgan va shakldor xillarga ajratiladi. Yakka ip yigirish jarayonida buralgan ayrim tolalardan iborat. Yakka ipning burami bo‘shatilganda ayrim tolalarga ajralib ketadi. Pishitilgan ip ikki yoki undan ko‘p iplardan burab tayyorlanadi.
Bunday kalava ipning burami bo‘shatilganda ayrim iplarga ajraladi. Eshilgan ip ikki va undan ko‘p iplardan buramasdan tayyorlanadi.
Shakldor ip ma’lum tashqi ko‘rinishi tugunchali, halqasimon, to‘lqinsimon, pilikli va hokazo bo‘ladi. Shakldor ip turli uzunlikdagi iplarni qo‘shib burash yo‘li bilan olinadi.Pilla iplarini yopishtirib xom ipak olinadi. Bir necha xom ipakni qo‘shib yopishtirish yo‘li bilan pishitilgan tabiiy ipak tayyorlanadi. Pishitishning oddiy yoki murakkab xillari bor. Oddiy pishitish usulida bo‘sh pishitilgan ipak-arqoq, pishik pishitilgan ipak-muslim va juda pishiq pishitilgan
ipak-krep olinadi. Murakkab pishitish usulida tanda olinadi. Kimyoviy elementar tolalarni pishitib, sun’iy va sintetik kompleks iplar olinadi.


Iplarning xossalari. Iplarning GOSTda belgilangan xossalari, yo‘g‘onligi, pishitilganligi, pishiqligi, cho‘ziluvchanligi, tekisligidir. Iplarning yo‘g‘onligi (ingichkaligi) yoki chiziqli zichligi, xuddi tolalarnikiga o‘xshab, diametrining mikronlardagi o‘lchami, teks qiymati yoki metrik nomeri bilan ifodalaniladi. Teks tizimida ipning yo‘g‘onligi 1000 m ipga to‘g‘ri keladigan
grammlardagi og‘irligi bilan aniqlanadi. Teksning raqamli qiymati qancha katta bo‘lsa, ip shuncha yo‘g‘on bo‘ladi. Nomer — og‘irlik birligiga qancha uzunlikdagi ip to‘g‘ri
kelishini, ya’ni grammdagi metrlar yoki kg dagi km lar qiymatini ko‘rsatadi. Ipning nomeri qancha katta bo‘lsa, u shuncha ingichka bo‘ladi, chunki og‘irlik birligiga shuncha
uzun ip to‘g‘ri keladi. Iplarning tekslardagi yo‘g‘onligi yoki nomerini topish
uchun tarozidan tortganda ipning uzunligini va og‘irligini bilish kerak. Ipning chiziqli zichligi quyidagi formula yordamida topiladi:
Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling