Sifat. Sifat darajalari. Sifat yasalishi
Download 157.5 Kb.
|
Sifat. Sifat darajalari. Sifat yasalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifat yasalishi.
Tub va yasama sifatlar. Turkiy tillardagi sifatlar tuzilish jihatidan tub yoki yasama bo‘ladi.
Tub sifatlar: aq, katta, uzun, qara, yaš, keŋ, ağır. Bunday sifatlar u qadar ko‘p emas: qara: turk. kara, qum. qara, no‘g. qara, qoz. qara, qirg‘. qara, ozarb. gara, tat.qara, chuv. xura; aq - oq: turk. ak, qum. aq, no‘g‘. ak, qoz. aq, qirg‘. aq, q-qalp. aq, tat. aq, boshq. aq; yani //yäŋi: no‘g‘. uap, qum. šao, q.-qalp. jana, qoz. jana, uyg‘. šei. -la, -le, -sar,- ser,- i, -xi affikslari nisbiy sifatlarni yasaydi: virasla “ruscha”, šavašla “chuvashcha” va h.k. Hosil qilingan barcha sifatlar ravish o‘rnida ham qo‘llanishi mumkin. Sifat yasalishi. Turkiy tillarda sifat yasalishi affiksatsiya, so‘z qo‘shilishi va adyektivatsiya orqali amalga oshiriladi. Turkiy tillarda sifatlarning qo‘llanishi, ma’lum ma’noda, cheklangan. Bunga sabab otning sifat vazifasida kelishidir: tat. q'sh, '^as “qush uyasi (ini)”, telki mex “tulki mo‘ynasi”, kümüš sağat “kumush soat” kabi. Yasama sifatlar so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi. Masalan, tatar tilida kyoš so‘ziga -li qo‘shimchasini qo‘shish orqali kyošli “kuchli” sifati yasaladi. “Janjal, urush” ma’nolarini anglatuvchi suğš so‘ziga -šan qo‘shimchasini qo‘shish orqali suğššan “urishqoq”, “janjalkash” sifati hosil qilinadi. Turkiy tillarda sifat yasovchi qo‘shimchalar quyidagicha: -lı, -li: qum. tuzlu “tuzli”, no‘g‘. qımli “qumli”, tarlı “astarli”, qaraim. qajğılı “qayg‘uli”, turkm. baqılı “boqimli”. Qozoq tilida -tı varianti qo‘llanadi: tasti “toshli”. -q/-ğ, -ığ / -iğ,-g/-k. Bu affiks qadimgi turkiy til davrida keng tarqalgan: ajığ “yovuz”, jılığ “iliq”; qoz.suyıq “sovuq”, beiik “buyuk”. Bu qo‘shimcha tuva, xakas, shor tillarida saqlanib qolgan: tuv. arığ “toza”, čılığ “iliq”, ızıg “issiq”, sook “sovuq”, xak. xatığ “qattiq”, ajığ “achchiq”, čılığ “iliq”, shor. kadığ “qattiq”. Uyg‘ur va o‘zbek tillarida so‘z oxiridagi ğ tovushi q ga almashgan: qattıq “qattiq”. Bu fonetik o‘zgarish boshqa turkiy tillarda ham kuzatiladi: qirg‘. ısıq<ısığ “issiq”, ozarb. jılıq < jılığ “iliq”. -ğ fonemasining q ga o‘tishi qadimgi sifat shakllarida ham kuzatiladi: - l, - lığ, - lık, -k, -dan; xak. xatğ “qatiq”; tuv. izğ “issiq”; qirg‘. isq, chuv. časq “issiq”. Bu qadimgi shakllar Sibir tillarida ko‘proq saqlangan. Bir qator turkiy tillarda yasama sifatlar oxiridagi undosh tushib qoladi: no‘g‘. qatıq “qattiq”, turk. katı “qattiq”, sarı “sariq” olt. qatu, tat. esse “issiq”, jılı “issiq”, qum. ıssı “issiq”, jılı “iliq”; q.-qalp. ıssı “issiq”; qoz. sari “sariq”. Qaraim tilida oxiridagi ğ lab-lab w holatida saqlangan: aruw “toza” (arığ so‘zidan). -lığ //-lig affiksi ham qadimgi turkiy tilda keng qo‘llangan: adalığ “xavfli”, azığlığ “oziqli”, buzluğ “muzli”. Tuva, xakas, shor va tofalar (karagas) tillarida uchraydi: tuv. dağlığ “tog‘li”, xarlığ “qorli”, xak. čilliğ “shamolli”, tofa. mallığ “molli”, quštug “kuchli”, mistig “shoxli”. Uyg‘ur tilida mazkur qo‘shimcha tarkibidagi ğ tovushi q va k tovushlariga o‘tgan: qarliq “qorli”, tašliq “toshli”, tağliq “tog‘li”. -lığ //-liğ qo‘shimchasi qirg‘iz tilida -lu, -li; -tu, -ti ko‘rinishiga o‘tgan: taštu “toshli”, toqoylu “o‘rmonli”. Oltoy tilida u tovushining cho‘ziqligi saqlangan: qarlu “qorli”, tu:lu “tog‘li”. -čı //-či: shor. urušču “urushqoq”, olt., shor. qatqıčı “kulgili”. Download 157.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling