Sifat turkumi tahlili
Download 103 Kb.
|
sifat 2
SON TURKUMI TAHLILI
1. Ma`nosiga ko`ra turi 2. Sanoq sonning turlari 3. Sanoq so`zlar bilan kelgan-kelmaganligi. 4. Otlashganligi 5. Gapdagi vazifasi. 6. Tuzilishiga ko`ra turi. Namuna: Ikkita-son, dona son, otlashmagan, gapda aniqlovchi vazifasida kelgan, sodda. Bir-biriga- son, miqdor son, otlashmagan, gapda to`ldiruvchi vazifasida kelgan, juft. 57-mashq. Gaplarni o`qing. Sonlarni topib, turini aniqlang. Tohir ikkita belbog`ni bir-biriga bog`lab, ko`prikning tagiga osilib tushdi.(P.Q.) 1. Boya ikkitasini bir-biriga ulagan choyshabni chamalab ko`rdi. Kaltalik qilmasmikin, deb oyladi. (S.A.) 2. Umarali yigirma uch yigirma besh yoshlarda, baland bo`yli oqishdan kelgan, kelishgan yigit. (O.) 3. Shunda ikkinchi yigit qarshisidan chopib chiqib uni tutib oldi.(P.Q.) 4. Faqir bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to`rt piyola choy ichdi.(P.Q.) 5. Balki siz ham qachon bo`lsa-da, hozir menda bo`lgan hayajonning mingdan birini boshdan kechirgandirsiz. (A.Q.) 6. Bir ish ko`ngildagidek ado etilsa, ikkinchisini bajarish ancha yengillashadi.(Sh.R.) 7. Uning rejasi oddiy: bir o`q bilan ikki quyonni urmoq edi. (T.Mal.) 8. Uch yil avval Asadbek ikki o`g`lini xorijga o`qish uchun yuborish harakatiga tushganida quvongan edi. (T.Mal.) 9. Beruniydek yetmishdan osharmidim? Yoki Alisher Navoiydek oltmishga kirarmidim? Biroq mana, qirq yetti yoshimda umrimning oxiri korinib qoldi. (P.Q.) 58 mashq. O'qing. Sanoq so'zlar bilan qollangan sonlarni aniqlab, sanoq so'zlarning ma'nosini izohlang. 1. Bir arava un, guruch, bir arava o'tin, o'nta qo'y oldik. (P.Q.). 2. Odamlar yuzyuz gektarlab molga yem bo'ladigan ekin eksalar, bizda bir gektar ham yo'q. (SH.R.). 3. O'n nafar ko'z yo'l ko'rsatib turgan besh nafar qo'l o'zini baravariga tovaqqa urdi. (M.I.). 4. Shundan keyingina taxminan o'n besh sotixcha keladigan yalanglikka chiqishdi.(S.A.) 5.U taxminan mashinadan yigirma qadamlarcha uzoqlashgan edi, orqasidan Azizbek degan ovoz keldi. (S.A.). 6.Shahnishin pastida uning o'n chog'li sultonlari cho'kkalab o'ltirishibdi. (P.Q.). 6. Suratlardagi odmiroq to'n va eski do'ppi kiygan qirq yashar kishining ko'zlarini tuzukroq ko'rib bo'lmasdi... (M.Do'st.). 7. Besh soatlik yo'lni uch kun bosibmiza! (M.Do'st). 8. Ular oldida yaxshi kiyintirilgan uch yashar bola tik turardi. (M.). 9. O'z so'zli o'zbekning va'dasi bitta, Ming karra ming tonna paxta jobajo. (G'.G'.). 10. Yigirma besh chog'li soldat qo'llarida miltiq, yonlarida qilich bilan hokim amriga tayyor bo'ldi. (M.M.). 11. Qo'riqxona taxminan o'n besh gektar joyni egallagan. (S.A.). Download 103 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling