Sifatida Reja: Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi
Iqtisodiy va taqsimot munosabatlari
Download 84.41 Kb.
|
Sotsiologiya tarixi
Iqtisodiy va taqsimot munosabatlari
Jamiyat ijtimoiy tarkibida har bir shaxs qaysi ijtimoiy guruhga va undagi hududiy, tarmoq (soha) va ijtimoiy mavqe yo‘nalishiga mansubligi bilan xarakterlanadi. Bulardan tashqari yana, shaxs jinsi, yosh jihati, ommaviy ahvoli, ijtimoiy kelib chiqishi, milliy mansubligi, ma’lumoti, ilmiy darajasi kabi me’zonrlar bilan ham o‘rganiladi.hozirgi bozor munosabatlariga o‘tish davrining iqtisodiy qiyinchiliklari ijtimoiy guruh va ayrim shaxslar qanchalik moddiy imkoniyatga egaligi, jamg‘arma mablag‘i miqdori kabi tomonlarni o‘rganishni ham talab etadi. Hozirda ijtimoiy munosabatlarda jamiyatimiz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan asoslar yaratilmoqda. Xususiy mulkchilikka asoslangan ko‘p ukladli, dunyo sari ochiq yuz tutgan iqtisodiyot paydo bo‘layotir. Shuning uchun ham yangi iqtisodiy va taqsimot munosabatlari sotsiologiyasini ishlab chiqish Sotsiologiya fanining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirda mehnatning mazmunini chuqur va har jihatdan o‘zgartirmay turib, jamiyatimiz ijtimoiy tarkibida sifat o‘zgarishiga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun, eng avvalo, mehnatga yangicha munosabatni tarkib toptirish, yangi texnologiyani yaratish, fanni yanada taraqqiy ettirish, munosib malakali kadrlar tayyorlash, maorifni tubdan yangilash kabi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar amalga oshirilmog‘i lozim. Iqtisodiyot sotsiologiyasi ishlab chiqarish va mehnat jarayonini, taqsimot munosabatlari, moddiy ta’minot, aholining moddiy turmush darajasi va shu kabi jamiyatning iqtisodiy rivojlanish sohasidagi qonuniyatlarni o‘rganadi. Jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, eng avvalo, uning iqtisodiy asoslari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ijtimoiy hayotdagi boshqa sohalarning rivojlanish darajasi ham shunga mos ravishda taraqqiy qilib boradi. Masalan, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevrupo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi va aholining turmush darajasi madaniyati, xizmat ko‘rsatish sohalarining taraqqiyotini belgilab beradi. Iqtisodiy munosabatlarni o‘rganishda asosiy e’tibor: mehnatning ijtimoiy muammolari, mehnat faoliyati va taqsimot munosabatlariga qaratiladi. Jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan moddiy boyliklar ular o‘rtasida qanday tarzda va qay miqdorda taqsimlanishidagi farq ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi farqni keltirib chiqaradi. Xususiy mulkning qonuniy deb e’lon qilinishi bilan jamiyatimiz ijtimoiy tarkibidagi tekischilik asta-sekin o‘z o‘rnini ijtimoiy mavqei jihatidan va yetishtirilayotgan moddiy ne’matlarning taqsimoti jihatidan farq qiluvchi ijtimoiy guruh va tabaqalarga bo‘linishi ortib bormoqda. Respublikaning asta-sekin bozor munosabatlariga o‘tib borish davrida Prezident I. A. Karimov tomonidan belgilangan besh tamoyilga asoslangan tarzda siyosat yurgizilmoqda. Bularning birinchisi – iqtisodiyotning siyosatdan ustun bo‘lishi, uni har qanday mafkuraviy tazyiqlardan ozod qilish lozimligi. Ikkinchisi – iqtisodiyotni boshqarishda, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida, yangi tuzum barpo etilayotganda davlat boshqaruv tizimini qo‘ldan chiqarmasligi, ya’ni davlat asosiy islohotchi bo‘lmog‘i lozimligidir. Uchinchisi – qonunlarga barcha baravar rioya etishini ta’minlash, ya’ni qonun ustivorligi. To‘rtinchisi – kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Beshinchisi – bozor iqtisodiyotiga shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ymay, bosqichma-bosqich o‘tish zarurligi. Taqsimot munosabatlari sotsiologiya predmetiga taalluqli bo‘lib, uning tarkibiga ishlab chiqarish qurollari taqsimoti, jamiyat a’zolarining ishlab chiqarishning turli tarmoqlari bo‘yicha joylashuvi va jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlar, ishlab chiqarish qurollari va iste’mol mollari kiradi. Mohiyat e’tibori bilan taqsimot munosabatlari mavjud ishlab chiqarish munosabatlari xarakteriga mos keladi. Download 84.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling