Sifatida Reja: Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi
Sotsial – demografik munosabatlar
Download 84.41 Kb.
|
Sotsiologiya tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fan va ta’lim sotsiologiyasi.
Sotsial – demografik munosabatlar
Sotsiologiyada jamiyat ijtimoiy tarkibiy tuzilishining ijtimoiy-demografik munosabatlari ham muhim o‘rin tutadi. Bu munosabatlar, asosan, aholining jinsiy tuzilishi, yoshi, oilaviy va genetik jihatlarini o‘z ichiga oladi. Har qanday davlat ijtimoiy siyosatining tarkibiga demografik siyosat ham kiradi. Demografik munosabatlarga mamlakat aholisining barcha qatlamlari mansub. Ijtimoiy-demografik tarkibga statistik jihatdan o‘rganiladigan aholi o‘rtasida tug‘ilish, o‘lim, nikoh, oilaviy qo‘ydi-chiqdilar, shahar va qishloq aholisining migrasiyasi, hududiy migrasiya kabilar kiradi. O‘zbekiston ijtimoiy-demografik jihatdan nihoyatda murakkab tuzilishga egadir. Tub aholining 51 foizi xotin-qizlar, 9,6 mln. nafari 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardan iborat. Farg‘ona vodiysi aholisining zichligi juda katta. Andijonda har bir kvadrat kilometr maydonga 485 nafar odam tug‘ri keladi. Bunday demografik holat jamiyat hayotining boshqa barcha sohalarida ham turli muammolarni keltirib chiqarishi tabiiy. Aholining yosh jihatdan tarkibiy tuzilishini o‘rganish mamlakatning nafahat mehnat va ishlab chiqarish potensialini aniqlashga, balki uning rivojlanish dinamikasini ham aniqlashga xizmat qiladi. Bu jihatdan O‘zbekiston ba’zi Ovrupo va Yaponiya mamlakatlariga nisbatan «yosh» mamlakat hisoblanadi. Aholi tarkibiiing jinsiy tuzilishini o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. Bu, mamlakat ishlab chiqarishini tashkil etish, ayollar uchun qulay mehnat turlarini tashkil qilish va ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xotin-qizlar ijtimoiy ahvolining o‘ziga xos xususiyatlari ularning mehnat bilan bandligi, mehnat turi, oilaviy, turmush sharoiti va, shu kabilarda ko‘rinadi. Ularni og‘ir jismoniy mehnatdan xalos etish masalasi hozirda eng muhim masalalardandir. Sobiq sovet davrida o‘zbek xotin-qizlari qishloq xo‘jaligida ayovsiz ekspluatasiya qilindi. Natijada ularning salomatligi keskin yomonlashdi. Kasalmand, nimjon onalardan hech qachon sog‘lom farzand dunyoga kelmaydi. O‘zbek yoshlarining har uchtadan bittasi, hatto harbiy xizmatga qodir bo‘lmay qolgan edi. Prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan ilgari surilayotgan «Sog‘lom avlod davlat dasturi» uchun kurashish millat kelajagini ta’minlashning eng muhim masalasidir. Fan va ta’lim sotsiologiyasi. Jamiyat fanlarning rivojlanishi va ularning ijtimoiy ahamiyati ortib borishida uchta muhim bosqich farq qiladi: 1.Fanlar jamiyat ishlab chiqarishga oid amaliy-ijtimoiy talabalar va ehtiyojlarga javob berish asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bu bosqichda astranomiya, geometriya, matematika va mehanika kabi fanlar sust rivojlanadi. VII-XII asrlarda arab Sharqi va O‘rta Osiyoda fanlar eng taraqqiy etgan o‘lkalardan biriga aylandi. 2. XIV asr oxiri va XV asrlarda O‘rta Osiyotemuriylar imperiyasi davrida hamda XVII asr oxirlaridan boshlab Yevropada kapilizmning tez rivojlanishi bilan boshlanadi. 3. XX asr boshlaridan boshlandi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylana bordi. Fan- texnika inqilobi sodar bo‘lishiga olib keldi. XX asr oxiriga kelib esa fanlarda an’anviy (klassik) tafakkur uslubi o‘rniga noan’anaviy boshlandi. Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “Fan- jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch, vositadir”. Fanlar predmetiga ko‘ra: 1.tabiatshunoslik (tabiatni bilish o‘zlashtirish, o‘zgartishish qonunlarini o‘rganadi). 2. jamiyatshunoslik (ijtimoiy munosabatlarni, inson mavqei, iqtisodiy va ma’naviy hayotini o‘rganadi). 3. texnika fanlar (inson tomonidan ixtiro qilingan mashina, mexanizlar, ular tuzilishi, qurilishi, faoliyati qonunlarini o‘rganadi)ga bo‘linadi. Fanlar Yana 2 turga bo‘linadi. 1.Fundamental fanlar (tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuri taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini nazariy jihatdan o‘rganuvchi fandir). 2. Amaliy fanlar (ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, erishilgan har bir natijasi ishlab chiqarishga bevosita tadbiq etilib boradigan fanlardir). Fundamental fanlar Amaliy fanlardan oldinroq harakatda bo‘lib. Ularga nazariy imkon yaratadi. Amaliy va fundamental fanlar borliqning turli sohalari qonuniyatlarini ishlab chiqarishga joriy etib, ixtimoiy- amaliy masalarni g‘al qilishga tadbiq etadi. O‘zbekiston Respublikasi FA olimlari ko‘proq fundamental fanlar sohasida ilmiy izlanishlar olib borsalar, Amaliy tadqiqot fanlari bilan esa ko‘proq respublika oliy o‘quv yurti ilmiy potensialiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchi olimlar shug‘ullanadilar. Respublikadagi iqtidorli olimlarning kata qismi oliy o‘quv yurtlarida ishlaydilar. Oliy maktab ilmiy bo‘limlarida respublika ilmiy potensialining 60 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Ular xalq xo‘jaligiga mutafassislar tayyorlash bilan birga ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borishadi. “Bizning fundamental fanlar bilan shug‘ulanadigan 40 ga yaqin ilmiy-tadqiqot muassasalarimiz bor”21, degan edi Islom Karimov. 1995 yil 3 aprelda Vazirlar Maxkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlaydi. Bu Nizomga muvofiq O‘zFA haqiqiy a’zoligiga yoshi 65 dan oshmagan muxbir a’zolaridan va fan doktorlaridansaylandi. O‘zFA muxbir a’zoligiga esa 60 oshmagan fan doktorlari saylandi. O‘aqiqiy a’zolar va muxbir a’zolari 70 yoshga to‘lganda O‘zFA haqiqiy a’zosini saylash uchun ko‘shimcha o‘rinlar ochiladi. 1997 yilda O‘zbekistonda 62 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan 17 universitet faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, xozirda 65 ta oliy o‘quv yurtidan 20 tasi universitetlar, FA, QXA, 120 dan ziyod ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular orasida 160 dan ziyod akademik va muxbir a’zo (akademiklar 80 nafar, FA muxbir a’zolari 87), 2200 dan ortiq fan doktorlari, 14 ming 600 dan ko‘proq fan nomzodlari bor. Ilgari davlatimizda 600 ga yaqin 103 taga, mutaxassislar esa 285 taga keltirildi. Aslida har qanday fanning xarakter belgilari, bu: fan xalqqa xizmat qiladi, keng xalq ommasi ishtrokida rivojlanadi; fanga davlat rahbarlik qiladi; fan ilmiy metodologiya: falsafa bilan qurollangan; fan olimlari o‘zaro yordam, jamoa rejasi asosida ishlashadi. Fanlar klassifikasiyasiga ko‘ra sotsiologiya strukturasida ikki yo‘nalish bor: fundamental yo‘nalish; Amaliy yo‘nalish. Tadqiqot sohasida esa: 1) nazariy tadqiqot. 2) empirik tadqiqotlarga bo‘linadi. Tuzildish sohasi bo‘yicha: 1) Maxsus fanlar sohasi. 2) Tarmoq sohalari mavjud. Bo‘lar bir-birlari bilan juda murakkab o‘zaro dialektik aloqadadirlar. Ayrim hollarda bir-biriga qo‘shilib ketadi, ba’zida bir-birlarni inkor qiladi. Fundamenial sotsiologiya boshqa elementlaridan o‘zi hal qilayotgan muammolar darajasi, ko‘lami, ahamiyati bilan farq qiladi. Fundamental sotsiologiya abstraksiyaning (mavhumlik) oliy darajasi muammolari bilan shug‘ullanib, sotsial olimning taraqqiyoti va borlig‘i uchun zarur bo‘lgan umumiy qonun va qonuniyatlari izlash bilan faoliyat ko‘rsatadi. Fundamental sotsiologiya ko‘plab maktab va yo‘nalishga ega. Fanning asosini ijodiy ishlashning 3 ta asosiy aspekti mavjud: Ontologik (yunon. Borliq haqidagi ta’limot, qarashlar, narsalarning yashirin mohiyatlari haqidagi metofizik tasavvurlarga asoslanadi) – sotsiologiya ob’ektini, uning faoliyat ko‘rsatish shakillarini o‘rganadi. Realizm – bu sog‘lom fikrli ontologiyadir. Realistik yo‘nalish asosi: real, aktual va empiriklikdir. Fundamental sotsiologiya faqat nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan keng ma’noda ishlab chiqadi. Fundamental sotsiologiyaning maqsadi – bu sotsial olamning to‘liq tasvirini yaratishdir va bu sotsial olamning taraqqiyot manbai g‘amda shakillarini aniqlashdir. Yoki fundamental sotsiologiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Fan-texnika taraqqiyotining muhim qismi bulgan fundamental fan ilmiy rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasida uzviy aloqa bog‘lash, fanning ishlab chiqarish kuchiga aylanishini ta’minlash, fundamental g‘oyalar tajribaga, ishlab chiqarishga qaratilishi lozim. Fan inson muammosi, uning yer biosferasi bilan uzviy aloqasi va o‘zaro harakat qilish tomoniga rivojlantirish. Inson omilini chuqur tadqiq qilib, fan-texnika taraqqiyotini gumanizasiyalash va ekologiyazasiyalash muammolarini o‘rganish. Fan tarmoqlari: akademiya, tarmoq va oliy o‘quv yurtlari bo‘limlaridan qulay foydalanish. Download 84.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling