“Sifatlarda affiksatsiya usulida so‘z yasalishi asarlarda


Tadqiqot vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi


Download 159.93 Kb.
bet4/14
Sana03.11.2023
Hajmi159.93 Kb.
#1742220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Fayziyeva Azizaxonning

Tadqiqot vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:

  1. Muammoni nazariy va amaliy jihatdan oʻrganish.

  2. Integratsiyaning mohiyatini yoritish, oʻzbek tilini oʻrganishda integratsiyadan foydalanishning ahamiyatini ta’kidlash;

  3. Sifatning ma’no turlarini oʻrganishda integratsiyalashga pedagogikpsixologik yondashuviga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

  4. Sifatning ma’no turlarini psixologiya, adabiyot, lingvokulturologiya sohalari tushunchalari asosida oʻrganishga doir materiallarni umumlashtirish

  5. Integrasiyaning oʻzbek tili ta’limidagi ahamiyatini yoritish asosida sotsial soʻrovnoma oʻtkazish va mutaxasislar fikrini oʻrganish Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Sifatning ma’no turlarini oʻrganish darslarini integratsiyalashgan pedagogikpsixologik yondashuv masalasi dolzarb pedagogik muammo ekanligi nazariy jihatdan asoslandi.Sifatning ma’no guruhlarini oʻrganish darslarini integratsiyalashga pedagogik-psixologik yondashuv mazmuni qiyosiy integratsiya asosida takomillashtirildi.Sifatning ma’no turlarini oʻrganish darslarini integratsiyalashga pedagogik psixologik yondashuvining shakl va usullari aniqlandi.
Sifatning ma’no turlarini oʻrganish darslarini integratsiyalashga pedagogikpsixologik yondashuviga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari. Ishda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning hamda Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning nutqlari va asarlari, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy taraqqiyotini belgilovchi davlat hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunlari, oʻzbek maktablarida ona tili ta’limi Konsepsiyasi, “Ona tili” DTSi, taniqli psixolog, filolog, pedagog va metodist olimlarning ona tili ta’limining mazmunini yangilash, uni sifatning ma’no turlarini oʻrganishda integrativ yondashuv toʻgʻrisidagi ilmiymetodik fikrlari metodologik asos boʻlib xizmat qildi. Ishda tavsiflash, analiz va sintez, mantiqiylik kabi metodlar asosida tahlillar olib borildi.

Download 159.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling