Sifatlarning yasalishi Reja


Download 104.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana28.12.2022
Hajmi104.99 Kb.
#1018025
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu amaliy

2. Belgining kamlik shakli asosan rang bildiruvchi sifatlarda mavjud bo'lib, bunda 
belgining odatdagidan kamligi ifodalanadi. Belgining kamligi morfologik usul bilan 
hosil 
bo'ladi. 
Belgining kamligi rang bildiruvchi sifatlarga -sh, -ish, -mtir, -imtir, 
g'imtir qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi: ko'kish, ko'kimtir, 
sarg'imtir. 
3. 
Belgining noaniqlik shakli sifatlarning juftlashishi asosidavujudga keladi. 
Ayrim tovush o'zgarishi asosida juftlashgan sifatlar noaniq belgini hosil 
qiladi: g'adir -budir, chala-chula. 
4. 
Belgining ko'pligi sifatlarni takrorlash orqali ham hosilbo'ladi: uzun-uzun, 
katta-katta, og'ir - og'ir. 
Sifatlarda -gina (-kina- qina) qo'shimchasini qo'shish orqali ham sifatlarning 
modal shakli hosil bo'ladi: yaxshigina uy, o'g'rigina bola ("Mening o'g'rigina 
bolam" G'.G'.) Guzardagi samovarda g'aribgina bo'lib o'tirgan ekan.(S.A.) 
Sifatlarning otlashishi. Sifatlarning gapda ot bajaradigan vazifani bajarib
otning so'rog'ini olib kelishi sifatlarning otlashishi deyiladi. Otlashgan sifatlar 
o'zining asl mohiyatini, yani predmet belgisini ifodalash xususiyatini yo'qotadi. 


Otlashgan sifatlar gapda ega: Yaxshi yeydi oshini, yomon yeydi boshini. 
(Maqol.); qaratqichli aniqlovchi: kechalari uxlamay, shu yolg'izimning umrini uzun 
qil, deb yig'lab chiqadi. (S.A.); to'ldiruvchi: yaxshini yaxshi deydilar. (Maqol.) 
vazifalarida 
keladi. 
Sifatlar tuzilishiga ko'ra sodda: yaxshi, keng, chiroyli, bilimli, zukko; 
qo'shma: rahmdil, shifobaxsh, oqko'ngil, sofdil, shirinso'z, ochsariq; juft: 
katta-kichik, oq-qora, uzoq-yaqin, bo'ladi. 

Download 104.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling