Sifatlarning yasalishi Reja


Download 104.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana28.12.2022
Hajmi104.99 Kb.
#1018025
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu amaliy

Sifat darajalari 
Predmetdagi belgini boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga nisbatlab 
farqlash hodisasi sifat darajalari deyiladi. Sifat darajalari predmetdagi bir xil belgini 
bir-biriga chog'ishtirish, solishtirish asosida yuzaga keladi. Sifatlarda uch xil daraja 
mavjud: 
oddiy 
daraja, 
qiyosiy 
daraja, 
orttirma 
daraja. 
Predmet belgisi boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga qiyoslanmasa oddiy 
daraja deyiladi: katta, uzun, keng, epchil.Predmet belgisini boshqa predmetdagi 
shunday belgiga qiyoslanishidan qiyosiy va orttirma daraja sifatlari vujudga keladi. 
Qiyosiy daraja. Predmet belgisini boshqa predmetdagi shunday belgidan ortiq yoki 
kamligini bildiradigan daraja qiyosiy daraja deyiladi. Qiyosiy daraja sifatlarga -roq 
qo'shimchasini qo'shish bilan shakllanib: a) belgini oddiy darajadagi sifatlarga 
nisbatan ham kamligini ifodalaydi. Masalan, bu yo'l,narigi yo'lga nisbatan qisqaroq, 
bu uy narigi uyga nisbatan pastroq; b) belgini ortiqligini ifodalaydi. Bu o'zidan ham 
ko'ra Saidiyga qattiqroq ta'sir qildi. (A.Q.) Havo musaffo bo'lgani uchun pastda 
yoqilayotgan 
olovning 
tutuni 
odatdagidan 
tiniqroq 
ko'rindi. 
(P. 
Q.) 
Belgini yanada ortiqligini ko'rsatishda - roq qo'shimchali sifatdan oldin yana ham 
so'zlari keltiriladi. Nigora bu sehrli manzarada, oydinda yana ham sirliroq tuyilgan 
ko'hna 
qo'rg'onga 
tikilib 
uzoqroq 
turdi. 
(O 
Yo.) 
Orttirma daraja. Predmet belgisini boshqa predmetdagi xuddi shunday 
belgidan juda ko'p ekanligini ifodalaydigan daraja orttirma daraja deyiladi. Orttirma 
daraja oddiy daraja sifatlaridan oldin eng, juda, g'oyat, g'oyatda, nihoyatda
benihoyat 
so'zlarini 
keltirsh 
bilan 
hosil 
bo'ladi. 


Qiyosiy daraja sifatlar morfologik usul bilan, orttirma daraja sifatlar esa sintaktik 
usul bilan hosil bo'ladi. 

Download 104.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling