Sifatli rang usuli. Belgilar usuli
Download 1.11 Mb.
|
Sifatli rang usuli. Belgilar usuli
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-rasm.
2-rasm. Belgilarni shakli, holati, katta-kichikligi, rangi va strukturasidan foydalanish.
CHiziqli belgilardan ham har xil holatlarda foydalanish mumkin. Masalan, chiziqlar ingichka va yo’g’onligi bilan, rangi va chiziqning shakli bilan farq qilishi mumkin. Maydonli belgilar esa rangi, maydonning ichidagi shaklari maydondagi chiziqlarning holati bilan farq qiladi. SHu xususiyatlarni e’tiborga olish zarur 3-rasm. Belgilarni har xil ko’rinishda ishlatilishi. Kartografik belgilardan foydalanishda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning xususiyatlariga qaraladi. Ba’zi voqea va hodisalar bir joyga tegishli bo’ladi, masalan, zavodning o’rni va uning ishlab chiqarayotgan mahsulotini miqdori tasvirlanadi. Ba’zi belgilarda voqea va hodisalarni haqiqiy o’rni emas hududi bilan bog’liq bo’lib, statistik ma’lumotlar asosida tuman, viloyat chegaralariga asoslanib, doirada aholi soni, yetishtirilgan yalpi mahsuloti va uning strukturasini ham ko’rsatish mumkin. Kartografik belgilarni o’z o’rnida xususiyatiga qarab, karta mazmuniga moslab tanlash kerak. Hozirgi vaqtda foydalanilayotgan kartografik usullar o’n bitta: belgilar, chiziqli belgilar, teng chiziqlar, sifatli rang va miqdor ko’rsatkichli rang, bir joyga tegishli diagramma, nuqtalar usuli, areallar, harakatni ifodalaydigan chiziqlar, kartogramma va kartodiagrammalar. Ba’zan kartografik belgilar o’rnini kartadagi yozuvlar ham bosishi mumkin 4-rasm. Miqdor ko’rsatkichlarning geometrik belgilar orqali ko’rsatilishi. Belgilar usuli Bu usulda kartalardagi hamma voqea va hodisalar belgilar bilan ko’rsatiladi. Topografik va obzor topografik kartalarda esa bu belgilar faqat sifatni anglatadi, ammo miqdor ko’rsatkichlarini ifodalamaydi. CHunonchi, topografik kartada un zavodining binosigina shartli belgi bilan ifodalangan xolos. Mavzuli kartalarda esa zavodning o’rnigina emas, uni ishlab chiqaradigan mahsulotini salmog’i (tonna yoki pul hisobida), undagi ishchilar soni, mahsulotini qaerlarga yuborilishi ham ko’rsatilishi mumkin. Ta’kidlaganimizdek, mayda masshtabli mavzuli kartalarda ishlatiladigan belgilar topografik kartalardagi belgilardan shakli, mazmuni jihatidan farq qiladi. Belgilar usulida voqea va hodisalarning geografik o’rni, miqdori va sifati ko’rsatilib, ular geometrik, badiiy, harfli va ko’rgazmali bo’ladi. Geometrik belgilardan sodda shakllar (aylana, kvadrat, to’rtburchak, uchburchak, kub, romb, sektor, parallellogram va boshqalar) tanlanadi. CHizish va esda saqlash hamda taqqoslash oson bo’lgani uchun bu usul kartografiyada juda keng qo’llaniladi. Oddiy geometrik belgilar uncha ko’p emas, ularni turli ranglarga bo’yab, shtrixlar bilan va ichiga har xil shakllar tushirib sonini ko’paytirish mumkin Belgilar usulida voqea va hodisalarning geografik o’rni, miqdori va sifati ko’rsatilib, ular geometrik, badiiy, harfli va ko’rgazmali bo’ladi. Geometrik belgilardan sodda shakllar (aylana, kvadrat, to’rtburchak, uchburchak, kub, romb, sektor, parallellogram va boshqalar) tanlanadi. CHizish va esda saqlash hamda taqqoslash oson bo’lgani uchun bu usul kartografiyada juda keng qo’llaniladi. Oddiy geometrik belgilar uncha ko’p emas, ularni turli ranglarga bo’yab, shtrixlar bilan va ichiga har xil shakllar tushirib sonini ko’paytirish mumkin Ko’rgazmali belgilar voqea va hodisalarning shakllaridan iborat bo’lib, karta o’qishini ancha osonlashtiradi, lekin bunda geometrik aniqlik uncha sezilmaydi. Bu usuldan targ’ibot va tashviqot kartalarida ko’proq foydalaniladi. Ob’ektlar belgilarda tasvirlansa, ob’ektni haqiqiy o’rni muayyan shaklning markazi bo’lishi kerak. Lekin ba’zi kartalarda ob’ekt o’z o’rnidan bir oz siljigan holatda ham bo’ladi. Bu usulni geografik kartalarda qo’llash birmuncha murakkabroq. O’rta yoki oliy yquv yurt kartalarini yoxud ilmiy ma’lumotnoma tipidagi kartalarni tuzishda belgilarning bir xil variantlarni ishlatish to’g’ri emas, chunki ob’ektlarning eng kichik va eng katta ko’rsatkichlar orasidagi farq katta bo’lsa belgilardan foydalanish qiyinlashadi. Voqea va hodisalar absolyut (mutlaq) va nisbiy miqdorda tasvirlanadi. Absolyut ko’rsatkichlar belgining uzunlik, maydon va hajm o’lchamlarida berilishi mumkin. Ko’rsatkichlar uzunlik o’lchamida berilsa, uni o’qish va taqqoslash oson, ya’ni o’lchagich yoki chizg’ich bilan aniqlab masshtab asosiga ko’paytirilsa, ko’rsatkichning miqdori ma’lum bo’ladi. Bu usul qo’llanilganda masshtab asosi oldindan belgilanib olinadi, ya’ni 1000 tonna mahsulot 1 mm uzunlikka teng deyilsa, masshtab asosi 1 mm balandlik 1000 tonnaga to’g’ri keladi deb belgilanadi. Agar masshtab asosida olingan belgi juda kattalashib hududga sig’may qolsa, unda maydon o’lchami olinadi. Agar bu variant ham «torlik» qilsa, unda ko’rsatkichlar uch darajali ildizdan chiqarilib, kub o’lchamida berilib, hajm orqali ko’rsatiladi. Qaysi variantdaligidan qat’i nazar tasvirlanayotgan ko’rsatkich belgilarning kattaligiga mutanosib tushsa, ya’ni aniq ko’rsatsa u absolyut ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi. Miqdorlar absolyut va shartli ko’rsatkichlarda tasvirlanib, uzluksiz shartli va uzluksiz pog’onali shkalada ko’rsatilishi mumkin Mamlakat shaharlarini kartaga tushirishda pog’onali shkala qo’llanilganda deyarli bir xil aholi soniga ega bo’lgan va soni bir-biridan ancha farq qiladigan shaharlar ham bir pog’onaga tushib qolib, ular orasidagi tafovut bilinmay qoladi. Masalan, O’zbekison geografik atlasidagi (1999) Aholi kartasida, pag’onada 100 mingdan 500 000 gacha aholi soni olinsa, shu pog’onaga 382 ming bo’lgan Namangan shahri ham va aholisi 110 ming bo’lgan Termiz ham kirib ketadi. Lekin aholisi 90 ming bo’lgan Bekobod esa (20 ming farq bo’lsa ham) boshqa pog’onaga o’tib qolib, kartaning aniqligi bir oz pasayadi. SHuning uchun bu usul faqat o’quv kartalari tuzishda qo’llanilib, karta legendasida belgilarning aniq qiymatlari beriladi Mamlakat shaharlarini kartaga tushirishda pog’onali shkala qo’llanilganda deyarli bir xil aholi soniga ega bo’lgan va soni bir-biridan ancha farq qiladigan shaharlar ham bir pog’onaga tushib qolib, ular orasidagi tafovut bilinmay qoladi. Masalan, O’zbekison geografik atlasidagi (1999) Aholi kartasida, pag’onada 100 mingdan 500 000 gacha aholi soni olinsa, shu pog’onaga 382 ming bo’lgan Namangan shahri ham va aholisi 110 ming bo’lgan Termiz ham kirib ketadi. Lekin aholisi 90 ming bo’lgan Bekobod esa (20 ming farq bo’lsa ham) boshqa pog’onaga o’tib qolib, kartaning aniqligi bir oz pasayadi. SHuning uchun bu usul faqat o’quv kartalari tuzishda qo’llanilib, karta legendasida belgilarning aniq qiymatlari beriladi Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling