Sifatni boshqarish uchun shart-sharoitlar


Download 25.08 Kb.
bet1/2
Sana15.03.2023
Hajmi25.08 Kb.
#1269592
  1   2
Bog'liq
2-amaliy mashg`ulot


Sifatni boshqarish uchun shart-sharoitlar
Boshqarish nazariyasining asosiy tamoyillari nuqtai nazaridan bir qancha birlamchi sharoitlarni har qanday obyektga qo‘llash mumkin. Bunday asosiy sharoitlarga quyidagilami qiritish mumkin:
- boshqarilayotgan obyekt holati (xarakteri) yoki uning holatini rejalashtirilgan darajasida belgilangan dasturlarining mavjudligi;
- berilgan parametrlar va dasturlarga munosabati bo‘yicha obyektning o‘zgaruvvchanligi ya’ni obyekt o‘matilgan dasturlar yoki parametrlaming rejali qiymatlardan chetga chiqmasligi lozim;
- belgilangan dasturlar yoki parametrlar qiymatlaridan obyektni aniqlash va o‘lchash uchun vosita va usullarining mavjudligi;
- og‘ishlami yuzaga kelishini bartaraf qilish maqsadida boshqariladigan obyektga ta’sirlarining mavjudligi.
Boshqarishning umumiy nazariyasiga muvofiq boshqaruv mcxanizmi 3.1-rasmda keltirilganidek ko‘rinishga ega.
Sifat bo‘yicha ishlami tashkillashtirishga boshqarish mexanizmi sxemasiga va boshqarishning umumiy nazariyasining asosiy tamoyillari nuqtai nazaridan birlamchi shart-sharoitlari sifatida boshqarishning umumiy nazariyasi ya’ni kibemitika g‘oyalari va qoidalarini sifatni boshqarish ishlariga mumkin qadar qo‘llash lozim. Bundan tashqari sifat bo‘yicha ishlaming istiqboli unga o‘xshash va mos bolgan ilmiy usullardan foydalanib, o‘zining bir qator masalalarini hal etish uchun fundamental nazariya va uning imkoniyatlariga tayanadi. Boshqarishning umumiy nazariyasiga tayangan mahsulot sifatini boshqarish mexanizmi 3.2-rasmda keltirilgan.
Hurmatli kitobxon, mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillari va sharoitlami bundan oldingi bo‘limda ham keltirib o‘tgan edik, ulami yana bir bor eslang.
1980-yillaming ikkinchi yarmida bir qancha yirik kompaniyalar masalan, «General Motors», IBM kabi kompaniyalaming ko‘p yillik tajribalariga ko‘ra sifatni boshqarish sohasida yagona bo‘lgan asosiy yo‘nalishlami ishlab chiqishgan. Bu yo‘nalishlami mutaxassislar sifatni boshqarish uchun asosiy shart-sharoitlar sifatida ta’kidlashgan bo‘lib, ular quyidagilar:
- yuqori rahbariyatning qiziqishi;
- sifatni yaxshilash bo‘yicha rahbariy kengashni yaratish;
- korxonaning barcha rahbariy tarkibini jalb etish;
- ishchi va xizmatchilaming jamoalik ishtirokini ta’minlash;
- sifatni oshirishda ishchilaming shaxsiy ishtirokini ta’minlash;
- tizim va jarayonlami takomillashtirish guruhini yaratish;
- sifat uchun kurashishga ta’minotchilami jalb qilish;
- boshqaruv tizimining ishchi holatining sifatini ta’minlash;
- korxona faoliyatini yaxshilash strategiyasi va taktikasini shakllantirish;
- xizmatlami tan olish va kengaytirish tizimini yaratish.
Sifatni yaxshilash bo‘yicha bu yo‘nalishdagi faoliyatlar har bir korxonaning asosiy faoliyatini tarkibiy qismi bo‘lishi lozim. Korxonani boshqarish tizimini sifatni boshqarish tizimiga yaqinlashishining zamonaviy istiqbollarini hisobga olib, yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar tashkiliy-iqtisodiy, o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan kelib chiqib, mahalliy korxonalar faoliyatini takomillashtirishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Sifatni boshqarishga umum tizimli yondashish bo‘limida bu yo‘nalishlardan ayrimlarini batafsil ко‘rib chiqamiz


Download 25.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling