Sifatni boshqarish


Download 111 Kb.
bet1/4
Sana29.12.2022
Hajmi111 Kb.
#1072117
  1   2   3   4
Bog'liq
Sifatni boshqarish FAN dasturi 2-kurs




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING KATTAQO’RG’ON FILIALI


Ro’yxatga olindi №_BB-60411300.2.04.__



TASDIQLAYMAN” Direktor _________Sh.R.Urakov 2021-yil “___” _________



SIFATNI BOSHQARISH
FAN DASTURI

Bilim sohasi:

400 000

- Biznesni boshqarish va Huquq

Ta’lim sohasi:

410 000

- Biznes va Boshqaruv

Ta’lim yo’nalishlari:

60411300

- Biznesni boshqarish


Kattaqo’rg’on-2021

Fan/modul kodi
SB2004



Oʻquv yili
2022-2023

Semestr
4

ECTS – Kreditlar
4

Fan/modul turi
Tanlov fan

Taʼlim tili
Oʻzbek

Haftadagi dars soatlari
4



1.

Fan nomi

Semestr

Auditoriya mashgʻulotlari (soat)

Mustaqil taʼlim (soat)

Jami
(soat)

Sifatni boshqarish

4

60

60

120

2.

I. Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad - Hozirda dunyoda sifatni boshqarishning turli tizimlaridan foydalanilmoqda. Lekin bu tizimlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun ilg'or xalqaro kompaniyalar tomonidan o'zlashtirilgan sifatni tizimli boshqarishning sakkizta asosiy tamoyiliga asoslanib tashkil etilishi kerak. Bu tamoyillar sifatni boshqarish sohasidagi ISO — 9000 seriyali xalqaro standartlarni yangilashga asos bo'lib xizmat qiladi.
Fanning vazifasi - menejerlarni tayyorlash, mahsulot, tovarlar, xizmatlar
va ishlar, jarayonlar va boshqaruv tizimlari sifatini boshqarishning zamonaviy
usullarini o'rganish va o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
II. Asosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Sifat — XXI asr bo‘sag‘asida raqobatning umumjahon maydoni.
Raqobatbardoshlikni ta’minlash. Jahon bozorida mahsulotlarni xarid qilayotganda sifatni narxdan ustun qo’yilishi. Global iqtisodiyotda ikkinchi jahon urishidan so’ng AQSHning yetakchiligi. Sifatga bog’liq tashkiliy iqtisodiy va texnik muammolar.Ilmiy texnik taraqqiyot. Yevropa mamlakatlarida iqtisodiyotning rivojlanishi.  Mahsulot sifatini boshqarishning birlashgan tizimlari
2-mavzu. Sifatni boshqarishga ma’muriy va iqtisodiy yondashuvlar.
Sifatni boshqarish usullari. Shaxsiy usullar bilan bir qatorda, ularning kombinatsiyalarini ifodalovchi murakkab usullar. Murakkab usullardan farqli o'laroq, kontseptsiyalar va tizimlar nafaqat ma'lum uslublar to'plamini qo'llash. Axborot, ijtimoiy tizimlar, uskunalar. Ma'lum bir ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlari, shu jumladan o'lchash usullari, sozlamalar va boshqalar bilan bog'liq. Ijtimoiy tizimlarni boshqarish, qoida tariqasida, iqtisodiy, tashkiliy, ma'muriy va ijtimoiy-psixologik usullarga bo'linadi.

3-mavzu. Faoliyatni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Yuqori rahbariyatning qiziquvchanligi. Faoliyatni yaxshilash ishlarining о‘zaro hamkorlik asosida boshqarilishini tashkil qilish. Boshqaruv jamoasining barcha a’zolarini ushbu faoliyatga jalb qilish. Jamoaning qatnashishini ta’minlash. Shaxsiy ishtirokni ta’minlash. Tizimlar va jarayonlarni takomillashtirish guruhini tashkil qilish. Ta’minotchilarni jalb qilish. Boshqaruv tizimlarining sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash. Faoliyatni yaxshilashning taktika va strategiyasini ishlab chiqish. Xizmatlami e’tirof etish va rag'batlantirish tizimini yaratish.
4-mavzu. Strategiya, taktikani shakllantirish va qisqa muddatli rejalashtirish
Tashkilot rivojlanishining umumiy strategiyasi. O‘sishning dinamik (stabilligi)ligi. Tashqi muhitning tashkilotga ta’sir darajasi. Boshqaruv konsepsiyalarini iste’molchilar talablariga yo‘naltirilishi. Umumiy strategiya. Umumiy strategiya tashkilotning yuqori darajasiga taalluqliligi. Strategik boshqaruv sohasi. Xarajatlarda yetakchilik strategiyasi.
5-mavzu. Joriy davrdagi talablar va erishilgan natijalarni baholash.
Didaktik jarayonni loyihalash. Ta’lim maqsadini aniq o‘rnatishi, o‘tilayotgan o‘quv materiallarini mazmunan saralash. Fanni bayon qilishning ilmiy tili. Takomillashuvning mavjud darajasi. Faoliyat sifati va uning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi jarayonning tashkil qilinishini baholash, yaxshilash ishlari. Korxonalarning katta xarajatlar talab qiladigan faoliyat sohalari. Ishlab chiqarish. Sifatni ta’minlash. Buxgalteriya hisobi. Profilaktika xarajallari. Sifatni baholash xarajatlari. Nuqsonlar va qaytarilishlar oqibatida ichki yo‘qotishlar.
6-mavzu. Rahbarlik qilishning obyektlari, resurslari va usullari
Rahbarlik qilishning obyektlari, resurslari va usullari. Funksional bo'linmalar faoliyatini yaxshilash. Zarur bo'lgan resurslar va boshlang‘ich xarajatlar. Faoliyatni yaxshilash bo'yicha boshqaruv kengashi tekshiruvi. Yillik rejaning to'liqligi, unga qo'yilgan talablarga javob berishi. Keng ko'lamda qo'llanilayotgan tajribaviy dasturlardan foydalanish zarurati.
7-mavzu. Mehnatni tashkil qilish va haq to‘lashning tamoyillari
Insonga hurmat. Hodimlarni o‘qitish va tayyorlash. Mehnatni tashkil etish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni tashkil etishni amalga oshirish. Shaxs ni kamol toptirish. Xavfsizlik. Adolat. Ishlarning tarkibi, mazmuni, hajmi va intensivligi. Ish vaqtidan foydalanish darajasi va asbob-uskunalar murakkabligi. Xodim va rahbarning kelishuvi asosida ish rejalarining tuzilishi. Xodimning ijodiy kamol topishi va kasbiy o'sish rejasining mavjudligi. Ishbay ish haqi. Vaqtbay ish haqi.
8-mavzu. Takliflarni bildirish va ishni yaxshilash dasturlari
Takliflarni bildirish dasturi. Takliflarni bildirish dasturini amalga oshirish. Ishni yaxshilash dasturi. Ishni yaxshilash dasturlarining tartiblari. Pullik mukofotlar. Ishni yaxshilashda rahbariyatning o‘rni. Ishni yaxsilash bo‘yicha yutuqlarni e’tirof etish. Ishchilar va xizmatchilarning aksiyalarni sotib olishi.
9-mavzu. Qo‘shimcha pul tovarlari va foydani taqsimlash dasturlari.
Qo‘shimcha pul mukofotlari. Foyda taqsimlash dasturi. Skelon dasturi. Skelonning ratsionalizatorlik tizimi. Rakerning dasturlari Shaxsiy pullik mukofatlar. Foydani taqsimlash yo‘li bilan unumsorlikni oshirish dasturi. Firmaning boshqaruv qo‘mitasi majburiyatlari.
10-mavzu. Jarayonlarni statistik tartibga solish va tizimli yondashuv
Jarayonlarni statistik tartibga solish. Teskari aloqaning o‘lchanish nuqtalari va liniyalarini aniqlash. Statistik tartibga solish. Tartibga solish tizimining shakllanishi. Tizimli yondashuv. Sistemotexnikadan foydalanish amaliyot. Sifatni ta’minlash xizmati. Sinov jihozini ishlab chiqish bo‘limi.
11-mavzu. Boshqaruv tizimlari amal qilinishining sifatini ta ’minlash
Boshqaruv tizimlari amal qilinishining sifatini ta’minlash. Samarali ish yurituvchi boshqaruv organlarining mavjudngi. Boshqarishning o'rnatilgan usullariga rioya qilinishini nazorat qdish. Tashkilotda boshqaruvni tartibga soluvchi talablami tahlil qilish. Qoniqarsiz va haddan tashqari byurokratik bo'lgan tadbirlami aniqlash.


12-mavzu. Ta’minotchilar bilan shartnoma asosida hamkorlik qilish
Ta’minotchilar bilan shartnoma asosida hamkorlik qilish. Ta’minotchilarning raqobati. Ta’minotchilar sonining qisqarishi. Uzoq muddatli shartnomalari. Loyihalarni ishlab chiqish va himoyalash. Axborotning xavfsizligini ta’minlash.
13-mavzu. Ta’minotchilarni o‘qitish va rag‘batlantirish
Ta’minotchilarni o‘qitish va tag‘batlantirish. Ta’minotchilar uchun seminarlar. Seminarlarning tuzilishi shartnomalar va muhandislik hisoblari. Ta’minotchilar uchun rag‘batlantirish dasturlari. Mukofotlar. Jarimalar. Sug‘urtalash muammolari. Rag‘batlantiruvchi shartnomalar yordamida muammolarni hal qilish. Xodimlarni tayyorlash va o‘qitish. Nazorat jihozlarini tekshirishni ta’minlovchi tizim. Hisobotni olib borish tizimi. Tshlab chiqarish jarayonining amal qilishiga oid ma’lumotlarni to'plash. Jarayonni statistik nazorat qilish tizimi haqida.
14-mavzu. Ta’minotchilar faoliyatini attestatsiyalash va baholash
Ta’minotchi faoliyatini attestatsiyalash va baholash. Ta’minotchini boshlang‘ich attestatsiyalash. Ta’minotchi mahsulotining sifati haqida hisobotlar. Ta’minotchining faoliyatini miqdoriy baholash. Ta’minotchilar sonini qisqartirish va ular bilan uzoq m uddatli shartnomalarni imzolash
15-mavzu. Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish.
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash. Sertifikatlashtirish. Sertifikat. Sifatga talablami standartlashtirish. Sertiflkatlashtirish darajalari. Sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi. Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish. Sertifikatlashtirish to‘g‘risida axborot.

Download 111 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling