Sifatni boshqarishdagi standartizatsiya


Mahsulot sifatini boshqarishda standartlashtirishning ahamiyati


Download 125.35 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi125.35 Kb.
#1526850
1   2   3   4
Bog'liq
Sifatni boshqarishdagi standartizatsiya

Mahsulot sifatini boshqarishda standartlashtirishning ahamiyati.

Standartlashtirish - mahsulot sifatini yaxshilashda davlat tashkiliy-texnikaviy siyosatini amalga oshirish imkonini beradi va mamlakat iqtisodini boshqarishning barcha sohalarida hamda mahsulot hayot tsiklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishning ilmiy-uslubiy birligini ta’minlaydi.


Tarmoqlararo sifatni boshqarish hayot tsiklining barcha bosqichlari va boshqaruv funktsiyalari bo’yicha ishlab chiqilgan davlat standartlari asosida amalga oshiriladi. Bu standartlarda xalq ho’jaligining barcha tarmoqlari faoliyatida mahsulot sifatini boshqarish bo’yicha umumiy reglamentatsiya beriladi: sifat bo’yicha terminlar, tushunchalar, sifatni baholash, sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazish, sifatni boshqarishning komples sistemasini yaratish va boshqalar.
Tarmoq ichida sifatni boshqarish davlat standartlari va texnikaviy shartlarga, shuningdek tarmoq xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish tarmog’i korxonalari va tashkilotlari faoliyatining uzviyligini ta’minlash maqsadida standartlarni chegaralash yoki ularni rivojlantirishga asoslanadi.
Korxona yoki firmada standartlashtirish ishlab chiqarishning o’ziga xos tomonlarini: mahsulot turini, seriyalilikni, texnologik jarayonning o’ziga xos tomonlarini e’tiborga olishi kerak. Korxonada standartlashtirish mahsulot sifatini boshqarishda tarmoq hamda tarmoqlararo sifatni boshqarish bilan uzviyligini ta’minlaydi.
Mahsulot hayot tsiklining barcha bosqichlarida sifatni boshqarishni amalga oshirish uchun sifatni boshqarish sistemasining tashkiliy, texnikaviy hamda usludiy asosi bo’lib xizmat qiladigan standartlar va texnik shartlar komplesi zarur.
Tadqiqot o’tkazish va loyihalashtirish bosqichida standartlashtirish yordamida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • mahsulotning, shuningdek, xom ashyo, yarim fabrikatlarning sifat tavsiflarini kompleks standartlash asosida tayyor mahsulotning sifatiga nisbatan shartlari o’rnatiladi;

  • mahsulotning ishlatilish maqsadlari va shartlariga bog’liq holda mahsulot sifatining yagona ko’rsatkichlari sistemasi aniqlanadi;

  • optimal sifatni ta’minlash uchun me’yorlar, shartlar va mahsulotni loyihalash usullari ishlab chiqiladi;

  • ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, mahsulot ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini oshirish, iste’mol va ta’mirlashning samaradorligi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning muhim sharti sifatida unifikatsiyalashtirish darajasini oshirish ta’minlanadi.

Konstruktorlik hujjatlashtirishning yagona sistemasi (ESTD), ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona sistemasi va boshqalar.
Standartlashtirishni tadbiq etish texnologiyani ishlab chiqish jarayonini yaxshilash va jadallashtirish, ishlab chiqarishning texnikaviy va tashkiliy darajasini oshirishga imkon beradi va sifatning muqimligini ta’minlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bosqichida davlat standartlari mahsulot ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish, ishlab chiqarishni tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqaruvchilar bilan buyurtmachilar o’rtasida uzviy aloqa orqali yangi, yuqori sifatli mahsulotlarni yaratish va o’zlashtirishga qaratilgan.
Standartlashtirish sistemasi yangi mahsulotga yuqori sifatli loyiha hujjatlashtirish ishlarini, korxonaning berilgan sifat ko’rsatkichlari bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga tayyor bo’lishi hamda o’z vaqtida mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashini taqozo qiladi.
Muomala va sotish bosqichida standartlashtirish mahsulotni o’rash-joylash, joydan- joyga tashish, omborxonalarda saqlash ishlarining yaxshi yo’lga qo’yilishiga shartlarni o’rnatilishiga qaratilgan.
Iste’mol va ekspluatatsiya bosqichida standartlashtirish mahsulotni ishlatishga, ta’mirlashga (shu jumladan kafolatli) nisbatan yagona shartlarni o’rnatadi, ekspluatatsiya bosqichida mahsulotning sifati to’g’risidagi ma’lumotlarni to’playdi va tahlil qiladi, ta’mirlash va xizmat ko’rsatishni yaxshilaydi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish xarakatlarini qisqartirib, undan foydalanish samaradorligining ortishiga imkon beradi.
Sanoat mahsulotini attestatsiyadan o’tkazishda standartlar sistemasi zarur va uni ob’ektiv baholash uchun zarur bo’lgan sifat ko’rsatkichlari ro’yxatini va o’tkazilish tartibini o’rnatadi.
Mahsulot sifati muammosining hal etilishi metrologik ta’minlanish darajasiga bog’liq. Mamlakatimiz bo’ylab o’lchamlarning yagona va ishonchli bo’lishini ta’minlash uchun rivojlangan etalon bazasi yaratilgan, o’lchamlar yagonaligini ta’minlovchi standartlar sistemasi ishlab chiqilgan.
Standartlashtirishni rivojlantirishning zamonaviy bosqichining o’ziga xos tomoni alohida standartlarni ishlab chiqishdan kompleks standartlashtirish dasturiga o’tishdir.
Mahsulot sifatini oshirish. Standartlashtirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tipi va tiporazmerlari nomenklaturasini tartibga soladi. Seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda odatda, konstruktsiyasi, sifat ko’rsatkichlari, razmeri standartlashtirilgan mahsulotlarnigina ishlab chiqarishni tashkil etadi. Mahsulotga nisbatan standartlarning bekor qilinishi uni ishlab chiqarishdan olib tashlanganligini bildiradi.
Kompleks standartlashtirish usuli agregatlashtirish printsipini keng qo’llashga imkon beradi, xom ashyoga, materiallarga, komplektlovchi buyumlarga, texnologik jarayonga, dastgohlarga, o’lchov asboblariga va boshqa mahsulot sifatini ta’minlovchi ob’ektlarga nisbatan o’zaro bog’langan shartlarni qo’yadi.
Standartlashtirish natijasida mahsulotlar nomenklaturasining qisqarishi ixtisoslashtirishning rivojlanishiga, korxonalarning tarmoqlar hamda tarmoqlararo kooperatsiyalashuvning chuqurlashuviga imkon beradi.
Ishlab chiqarishda iqtisod qilishni oshirish.
Unifikatsiyalangan va standartlashtirilgan agregatlar va mashinalar elementlarini qo’llash mehnat unumdorligini va ularni loyihalashtirish sifatini oshiradi. Bunda loyihalashtirish ishlariga ketadigan xarajatlar qisqaradi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona sistemasini joriy etilganda standart instrument va asboblardan foydalanish hisobiga ishlab chiqarishni tayyorlash muddati qisqarib, xarajatlar kamayadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, standartlashtirish mahsulot sifatini oshirishda yagona davlat tashkiliy texnikaviy siyosatini amalga oshirish imkonini beradi va mamlakatimiz iqtisodini boshqarishning ilmiy-uslubiy birligini ta’minlaydi. Korxona miqyosida standartlashtirish sifatni boshqarishda tarmoq hamda tarmoqlararo
standartlashtirish bilan uzviy bog’liqlikni ta’minlaydi.
Download 125.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling