Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasining tahlili


Download 19.7 Kb.
bet1/2
Sana26.12.2022
Hajmi19.7 Kb.
#1066576
  1   2
Bog'liq
Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasining tahlili


Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasining tahlili
Hozirgi bozor iqtisodiyoti chiqarilayotgan maxsulot sifatiga printsipial
jihatdan o’zgacha talablar qo’yadi. Bu hol shu bilan bog’liqki, zamonaviy dunyoda
istalgan korxonaning yashovchanligi uning tovar va xizmatlar bozoridagi
raqobatbardoshlik darajasi bilan aniqlanadi. O’z navbatida raqobatbardoshlik ikki
ko’rsatkich baho darajasi va maxsulot sifati darajasiga bog’liqdir. Ikkinchi omil
sekin-astalik bilan birinchi o’ringa chiqdi. Mehnat umumdorligi, barcha turdagi
resurslar iqtisodi maxsulot sifatiga o’rin bo’shatdi.
Sifat – korxona obro’yi, foydaning o’sishi, ravnaqi bo’lib, korxonada sifatni
boshqarish barcha xodimlar, boshliqdan aniq bajaruvchigacha bo’lganlar uchun
bosh vazifadir.
Maxsulot – sifati korxona faoliyatining eng muhim ko’rsatkichidir. Maxsulot
sifatini oshirish korxonaning bozor sharoitidagi yashovchanligini, fan-texnika
taraqqiyoti sur’atlarini, ishlab chiqarish samaradorligini oshishini, korxonada
ishlatiladigan barcha resurslar iqtisodini belgilaydi. Maxsulot sifatini o’sishi
jahondagi barcha yetakchi korxonalar faoliyatining xarakterli xususiyatidir. U
butun dunyoning, hoh Yevropa, hoh Amerika, yoki Osiyoniki bo’lsin korxonalarni
qamrab oldi va nihoyat, chiqarilayotgan maxsulot sifati – korxonalar orasidagi
asosiy raqobatdir.
Xo’sh, maxsulot sifati nima? Uni qanday aniqlash mumkin?
Sifat – bu maxsulotning undan foydalanish yo’nalishga mos holda ma’lum
extiyojlarni qondirishga qodir ekanligini belgilaydigan xususiyatlari yig’indisidir.
Sifat – tushunchasi bilan maxsulotning texnik darajasi tushunchasi uzviy
ravishda bog’langandir. Maxsulotning texnik darajasi deganda baholanayotgan
buyumning texnik takomillashuv darajasini belgilovchi ko’rsatkichlar kattaligini
bazaviy mos ko’rsatkichlar bilan solishtirishga asoslangan sifatining nisbiy
xarakteristikasi tushuniladi.
Maxsulot sifati faqat bitta xususiyat bilan chegaralanadi, bu xususiyatlar
yig’indisidir. Ushbu xususiyatlarni ajrataylik. Maxsulot xususiyatlari miqdoran
sifat ko’rsatkichlarida namoyon bo’ladi. Hozirda 10 tu gurux xususiyatlari va
shunga mos ko’rsatkichlar klassifikatsiyasi ham olingan.
1. Maxsulotdan foydalanish yo’nlishlarini belgilovchi ko’rsatkichlar. Ular
maxsulotni undan foydalanish yo’nalishiga ko’ra ishlatilishidan olinadigan foydali
samarani xarakterlaydi va maxsulotni qo’llash sohalarini belgilaydi. Ishlab
chiqarish – texnik maqsadlarda ishlatiladigan maxsulotlar uchun asosiy
ko’rsatkichlarga unumdorlik, ya’ni baholanayotgan buyum yordamida qanday
maxsulot hajmi yaratilishi yoki ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarish
xizmatlarining qanday hajmi bajarilishi mumkinligini xarakterlovchi kattalikni
kiritish mumkin.
2. Ishonchilik ko’rsatkichlari-buzilmasdan ishlash, saqlanuvchanlik, uzoq
muddatli chidamlik. Baholanayotgan maxsulot xususiyatlariga ko’ra ishonchlilik
xarakteristikasi uchun to’rtala ko’rsatkichning barchasi yoki ba’zilari ishlatilishi
mumkin. Insonlar xavfsizligi bilan bog’liq bo’lgan ba’zi buyumlar uchun
buzilmasdan ishlash asosiy, ba’zida esa yagona ishonchlilik ko’rsatkichi bo’lishi
mumkin. Maishiy elektr asboblari, avtomobillar baozi mexanizmlarining (tormoz
tizimi, rul boshqaruvchi) buzilmasdan ishlashi nihoyatda muhimdir. Havo kemalari
uchun buzilmasdan ishlashi ular sifatining yagona va eng muhim ko’rsatkichi
bo’lib hisoblanadi. Saqlanuvchanlikni – buyumning o’z ko’rsatkichlarini uni
saqlash va transportlash davomida saqlab qolish xossasini – xarakterlash uchun
saqlashning o’rtacha muddati, chama-foizli saqlash muddati kabi ko’rsatkichlar
keng tarqalgan. Saqlanuvchanlik oziq-ovqat sanoatida muhim rol o’ynaydi.
Ta’mirlashga yaroqlilikni texnik xizmat ko’rsatishining o’rtacha qiymati, berilgan
vaqtda ta’mirlashni bajarish ehtimoli kabi ko’rsatkichlar xarakterlaydi. Uzoq
muddatli chidamlilik buyumning ishlash qobliyatli holda tutib turish harajatlari
bilan aniqlanadi.
3. Texnologiyaga moslashgan ko’rsatkichlari maxsulotni ishlab chiqarish va
ta’mirlash jarayonlarida yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash uchun
konstruktorlik – texnologik qarorlarning samaradorligini xarakterlaydi. Aynan
texnologiya moslashganlik orqali maxsulot ishlab chiqarishning ommaviyligi
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, maxsulot ishlab chiqarish va ishlatish
jarayonlarida materiallar, mablag’lar, mehnat va vaqt sarflarining ratsional
taqsimoti ta’minlanadi.
4. Standartlashlashtirish va unifikatsiyalash ko’rsatkichlari – bu maxsulotning
standartlar, unifikatsiyalshgan va original tarkibiy qismlari bilan ta’minlash,
Shuningdek, boshqa buyumlarga nisbatan unifikatsiyalash darajasidir.
Maxsulotning hamma detallari standart, unifikatsiyalashgan va original turlarga
bo’linadi. Original buyumlar qanchalik oz bo’lsa shuncha yaxshi, bu maxsulot
ishlab chiqaruvchi uchun ham, iste’molchi uchun ham muhimdir.
5. Ergonomik ko’rsatkichlar insonning buyum bilan o’zaro ta’sirni va uning
buyumdan foydalanish jarayonida namoyon bo’ladigan gigienik, antropomerik,
fiziologik va psixologik xususiyatlari majmuini o’zida aks ettiradi. Bu traktorni
boshqarish uchun zaruriy kuch, muzlatkich tutqichining joylashuvi, minora krani
kabinasidagi konditsioner, velosiped rulining joylashuvi va yortilganlik, harorat,
namlik, changlanish, yonish maxsulotlarida bo’g’uvchi gaz va suv pari
kontsentratsiyasi kabi ko’rsatkichlar bo’lishi mumkin.
6. Estetik ko’rsatkichlar axborot ifodaliligi, shaklning ratsionalligi,
kompozitsiyaning butunligi, bajarilishning mukammalligi va maxsulotning tovar
ko’rinishining muhimligini xarakterlaydi.
7. Transportlashtirishga moslashganlik ko’rsatkichlari maxsulotning transport
vositasida tashish uchun moslashish darajasini ko’rsatadi.
8. Patent – huquqiy ko’rsatkichlar maxsulotning patent bilan himoyalanishni
va patent sofligini xarakterlaydi va raqobatbardoshligini aniqlashda muhim omil
bo’lib hisoblanadi. Patent huquqiy ko’rsatkichlarini aniqlashda – buyumda yangi
texnik qarorlarning, hamda mamlakatda patentlar bilan himoyalangan qarorlarning
mavjudligini, sanoat nusxasining va tovar yorlig’ining ishlab chiqaruvchi
mamlakatda hamda eksport ko’zda tutilgan mamlakatda qayd etilganlik
to’g’risidagi xujjatning borligini xarakterlaydi.
9. Ekologik ko’rsatkichlar maxsulotni ishlatilishi yoki iste’mol qilish
natijasida vujudga keladigan atrof muhitga zararli ta’sir etish darajasidir. Masalan
zararli qo’shimchalar mavjudligi, zararli zarralar, gazlarning maxsulotni saqlash,
jo’natish va ishlatishda chiqishi.
10. Xavfsizlik ko’rsatkichlari iste’molchi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar
xavfsizligi uchun maxsulot xususiyatlarini xarakterlaydi, ya’ni maxsulotni montaj
qilish, xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, saqlash, jo’natish va ishlatishdagi xavfsizlikni
ta’minlaydi.
Sanab o’tilgan ko’rsatkichlarning majmui maxsulot sifatini shakllantiradi.
Xalqaro standart ISO 9001 ning ta’rifga ko‘ra,
Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling