Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasining tahlili


Download 19.7 Kb.
bet2/2
Sana26.12.2022
Hajmi19.7 Kb.
#1066576
1   2
Bog'liq
Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasining tahlili

sifat tizimi - bu sifatning
umumiy boshqaruvini ta’minlovchi tashkiliy tarkib. javobgarlik, jarayonlar,
protsedura va resurslar taqsimotining majmuidir.
Maxsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish uchun xorijlik xaridor
ishlab chiqaruvchida sifat tizimining mavjudligini va bu sifat tizimiga taniqli
sertifikatlash organi tomonidan berilgan sertifikat hujjatini ko‘rsatishni talab qiladi.
Sifat tizimi korxona oldiga qo‘ygan maqsad va belgilangan siyosatni olib borishni ta’minlovchi omil sifatida tashkil qilinadi va amalga joriy etiladi.
Korxona sifat bo‘yicha siyosati korxonaning yuqori rahbariyati tomonidan
ishlab chiqiladi.
Sifat tizimining asosiy vazifalari bo‘lib: sifatni ta’minlash, sifatni boshqarish,
sifatni yaxshilash hisoblanadi. U korxona rahbariyati tomonidan sifatni ta’minlash
bo‘yicha siyosatni amalga oshirishning vositasi sifatida tashkil qilinadi.
Sifat tizimida buyurtmachi (xaridor) va ta’minotchi (tayyorlovchi) faoliyat olib
boradi.
Sifat muhitida korxona siyosati va maqsadini ta’minlash uchun sifat tizimida:
1) marketing, bozorni o‘rganish;
2) texnik talablarni loyihalashtirish va ishlab chiqish;
3) material-texnik ta’minot;
4) texnik jarayonlarni tayyorlash va ishlab chiqish;
5) ishlab chiqarish;
6) nazorat, sinov va tadqiqotlar o‘tkazish;
7) o‘rash va saqlash;
8) sotish va taqsimot;
9) montaj va ishga tushirish;
10) xizmat ko‘rsatishga texnik yordam;
11) foydalanib bo‘linganidan keyin utilizatsiya qilish ishlari olib borilishi
kerak.
Korxona rahbarlari sifat siyosatini olib borishda birinchi navbatda, uni
shakllantirib olish va rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.
Sifat bo‘yicha siyosatni shakllantirishda quyidagi yo‘nalishlarni tanlab olish
mumkin:
1. Sifatni yaxshilash hisobiga korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash.
2. Bozorni kengaytirish va yangilarini egallash.
3. Maxsulot texnik darajasini ilg‘or korxona va kompaniyalar darajasiga olib
chiqish.
4. Maxsulot nuqsonini kamaytirish va boshqalar.
Sifat bo‘yicha siyosat dastur ko‘rinishida maxsus hujjatlarda bayon etilishi
kerak.
Sifat kafolati bo‘yicha faoliyat ushbularni o‘z ichiga oladi:
rejalashtirish va loyihalashtirish;
texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishga tayyorgarlikni loyihalashtirish;
maxsulotni tayyorlash;
sifatni nazorat qilish;
sifatning yomonlashishini oldini olish;
reklama;
sotish;
sotishdan keyin xizmat ko‘rsatish;
iste’molchidan axborot olish;
sifat kafoloti tizimini nazorat qilish.
Korxonada maxsulot sifatini nazorat qiluvchi sifat xizmati bo‘limini tashkil
qilish, korxonada olib borilayotgan sifat bo‘yicha barcha faoliyatni
muvofiqlashtirishga imkon beradi. Sifat xizmati sifat bo‘yicha uslubiy takliflarni
ishlab chiqadi. Bu xizmat turi faqatgina bosh direktorga bo‘ysunadi.
Korxona rahbariyati bu xizmat orqali nafaqat maxsulot sifatining xalqaro
standartlarga javob berishini nazorat qilib boradi, balki maxsulot sifatini doimiy
ravishda takomillashtirib borish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
Maxsus xizmat turi orqali iste’molchilar ehtiyojini va ularning maxsulot
sifatiga qo‘yadigan talabini o‘rganadi.
Maxsulot sifatining aniq standartlarga javob bermasligi bevosita ishlab
chiqarishning o‘zidayoq aniqlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun
korxonada sifatni nazorat qilish jarayoni quyidagi texnologik zanjir bo‘yicha
amalga oshirilishi kerak:
material va butlovchi qismlarning kirish nazorati laboratoriyalar asosida
amalga oshirilishi;
korxona ishlab chiqarish jarayonining texnologik jihozlarini faol nazorat
qilish uslublarini ishlab chiqishi, Shuningdek, operatsiyalar bo‘yicha tanlama yoki
to‘liq nazorat olib borilishi va tayyor maxsulotning yakuniy nazoratini olib borishi;
korxona laboratoriyalari maxsulotning davriy sinovlariga oid maxsus
ko‘rgazmalar bilan ta’minlanishi kerak.
Korxona rahbarlari maxsulot sifatining standartdan chetga chiqishini emas,
balki uni oldindan aniqlashga va bartaraf etishga alohida e’tibor qaratishi kerak.
Barcha xodimlar sifat bo‘yicha ishlarga jalb etilishi va buning uchun
ishchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olinishi kerak.
Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling