Miya. Chekuvchi o’smirlarda xotira zaiflashadi, chunki miyada kislorod yetishmasligi kuzatiladi.
Ko’rish. Chekish natijasida ko’rish buziladi, ranglar xiralashadi. Vaqt o’tishi bilan bu holat to’liq daltonizmga olib kelishi mumkin.
Reproduktiv tizim. Hatto 20-25 yoshga kelib bu odatni tashlagan bo’lishsa ham, bu toifa shaxslar ko’proq bepushtlikka duchor bo’ladi. Ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig’lanishi og’irroq kechadi, erkaklar esa 1,5 marta ko’proq impotentsiyadan aziyat chekadi.
Passiv chekish
Passiv chekish — havo bilan birga boshqalar tomonidan chiqarilgan tutunni yutish tushuniladi. Uning zarari odatiy chekishnikidan ko’ra kamroq emas. Passiv chekuvchilar ham zararli smola, zahar va kantserogenlar ta’siriga duchor bo’ladi, yagona farq — ular bu yo’lni ixtiyoriy tanlashmagan. Ular uchun chekadigan kishilar: ota-ona, do’stlar, hamkasblar, avtobus bekatida oddiygina yo’lovchilar qaror qabul qilib bo’lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |